O’zbek xalq musiqasi to’plamlari Reja O’zbek qo’shiq-ashulalari va cholg’u musiqasi janrlari Mehnat qo’shiqlari


Download 41.55 Kb.
bet14/21
Sana14.11.2021
Hajmi41.55 Kb.
#174473
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
O’zbek xalq musiqasi to’plamlari

Birinchisi – mavsum marosimlari bilan bog’liq folьklor janrlari.

Ikkinchisi turkumdagi marosim, ommaviy maishiy turmush bilan bog’liq xolda ijro etiladi.

LAPAR

O’zbek to’y-marosim qo’shiqlarida lapar muhim o’rin egallaydi. Laparlar boshqa qo’shiqlardan vokeabandligi, raqsbop kuyga ega bo’lishi hamda dialog shaklida ikki qo’shiqchi tomonidan ijro etilishi bilan ajralib turadi. Laparlarda asosan ishq-muhabbat, hazil, ro’zg’ordagi totuvsizlik, ota-onalarning farzandlari bilan bo’lgan munosabatlari kabilar ba’zan yengil, ba’zan achchiq kulgi orqali aks ettiriladi. Lapar qo’shiq sifatida asosan kichik diapazonli, shakl tuzilishi jihatidan ikki qismli buladi.

Laparlarning musiqiy asoslari ko’pgina belgilari bilan qo’shiq uchun xosdir.

Lapar aytish Farg’ona, Toshkent, Xorazm, CHimkent va O’sh viloyatlarida keng tarkalgan. Biz Farg’ona vodiysi va Xorazm laparlarini bir-biriga qiyos qilib, musiqiy ritmining o’ynoqiligi, ko’yining ta’sirchanligi va ijro uslubining o’ziga xosligi bilan bir- biridan ajralib turishini kuzatamiz. Xorazm laparlarida xalq ruxi, oliyjanob niyat, barchaga hurmat, yaxshilik, baxt tilash, xalq saodati uchun intilish kabi g’oyalar aks etadi.

Agar Farg’ona vodiysida laparlar ijrosi ikki qo’shiqchi tomonidan dialog shaklida dutor, doyra jo’rligida aytilsa, Xorazmda garmon, bulaman, g’ijjak, dutor va doyra jo’rligida yakka ijrochi xolalar tomonidan ijro etiladi.

Bunga respublika professional va xavaskor ansambllar repertuarlaridan mustahkam o’rin olgan va xalq orasida keng tarqalgan Xorazm laparlaridan «Xiva du dori», «Og’a doram», «Qora ko’z», «Dilbar», «Galmadi, galmadi» kabilarni misol sifatida ko’rsatish mumkin.

Farg’ona vodiysi laparlarining o’ziga xos musiqiy ijro uslubi mavjud bo’lib, bu uslub kuyning oxangdorligi, ritmik tuzilmaning ravonligi, cholg’u asboblarining o’ziga xos jo’rnavozligi, laparning dialog shaklida ijro etilishi bilan belgilanadi.

Xalq orasida keng tarqalgan Farg’ona laparlarida «Qora soch», «Qilpillama», «Bilakuzuk», «Ililla yor» va boshqalarni misol sifatida ko’rsatish mumkin.




Download 41.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling