O’zbek xalq musiqasi to’plamlari Reja O’zbek qo’shiq-ashulalari va cholg’u musiqasi janrlari Mehnat qo’shiqlari


Download 41.55 Kb.
bet15/21
Sana14.11.2021
Hajmi41.55 Kb.
#174473
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
O’zbek xalq musiqasi to’plamlari

ALLA
Alla qo’shiq san’atining eng qadimiy turi bo’lib yosh bolalarni uxlatish, orom oldirish uchun beshikka; belab, belanchakka solib, tebratib, onalarning allalab kuylaydigan qo’shig’idir. Qo’shiqning bu turi ham cholg’usiz mayin orom beruvchi ohang bilan kuylanadi. Tibbiyot olamining allomasi Abu Ali ibn Sino o’zining «Tib qonunlari» asarining 1-kitobida shunday yozadi: «Bolaning mizojini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo’llamoq kerak. Biri bolani sekin-sekin tebratish, ikkinchisi, uni uxlatish uchun odat bo’lib qolgan musiqa va ashuladir. SHu ikkisini kabul qilish mikdoriga qarab bolaning tanasi bilan badan tarbiyaga va ruhi bilan musiqaga bo’lgan iste’dodi hosil kilinadi».

Allaning xar bayti yoki har bandidan keyin «Alla, bolam, alla», «Jonim, bolam, alla» misralari takrorlanadi. O’g’il bolani «arslonim, bolam, qoplonim, toyim, toychog’im, qulunim» kabi iboralarni qo’shib allalaydilar.

Tol ichinda tanlab olgan,

Tol chovkonim bolam, alla.

Gul ichinda iskab olgan,

Guli rayhonim, bolam, alla.

Yo’lbarslarday yuraklim,

Qoplonlarday bilaklim, alla,

Yaxshi-yomon kunimda,

Menga juda keraklim, alla.

Qiz bolani «shirin so’zim», «jonu dilim», «quralay ko’zim» kabi iboralarni qo’shib allalaydilar.
Alla, bolam, alla,

Jonu dilim alla.

Ipaklar bo’lib eshilgin,

Kelin bo’lib qo’shilgin.


Alla, oppoq gavhar, qizim, alla,

Ovunchog’im, oy, yuldo’zim, alla.

Men sening onang mushtipar, alla,

Sensan mening ikki ko’zim, alla.



Download 41.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling