O’zbek xonliklari iqtisodiy va siyosiy tarixining tarixshunoslik va manbashunoslik masalalari
XVI- XIX asrning о‘rtalarigacha yaratilgan xonliklar tarixiga oid manbalar
“Тарихи Рашидий” асарига ишланган миниатюра
O’zbek xonliklari iqtisodiy va siyosiy tarixining tarixshunoslik va manbashunoslik masalalari
Kamoliddin Binoiy “Shayboniynoma”
“Shayboniynoma” fors tilida bitilgan she’riy doston bо‘lib, uning muallifi atoqli shoir va tarixnavis olim Kamoliddin Binoiydir (1453-1512 yy.). Uning asli ismi Ali ibn Muhammad al-Haraviy. Kо‘proq Kamoliddin Binoiy nomi bilan mashhur. Hirotda kо‘zga kо‘ringan me’mor ustod Muhammadxon Sabz oilasida dunyoga kelgan. Yoshlik paytlari og‘ir sharoitda, Shohruh Mirzo vafotidan keyin mamlakatda kuchayib ketgan toju taxt uchun kurash va о‘zaro urushlar sharoitida kechdi.
Ma’lumki, 1458 yili Qora qо‘yunlular sulolasidan bо‘lgan Jahonshoh (1438-1467 yy.) Xurosonga bostirib kirdi va Hirotni egalladi. Lekin oradan kо‘p vaqt о‘tmay, 1459 yili Temuriyzoda Sulton Abu Said Mirzo qо‘shinlarining tazyiqi ostida poytaxt shahar va mamlakatni bо‘shatib chiqishga majbur bо‘ldi. Ushanda Jahonshoh yuz nafar hunarmand oilani о‘zi bilan birga Fors viloyatiga olib ketdi. Bular orasida me’mor Muhammad Sabz va uning oilasi qariyb uch yil Sherozda istiqomat qilib, 1461 yili yana Hirotga qaytib keldi.
Manbalarning guvohlik berishiga qaraganda, Kamoluddin Binoiy keng ma’lumotli kishi bо‘lib, she’riyat, insho, ilohiyot, musiqa va tarix ilmlarini chuqur bilgan. Bundan tashqari u me’morchilik san’atida ham о‘z zamonasining peshqadamlaridan hisoblangan. Muhammad Sabz va uning о‘g‘li ishtirokida qurilgan binolar Hirotda va mamlakatning boshqa shaharlarida juda kо‘p bо‘lgan. Masalan, 1481 yili hozirgi Afg‘onistonning Mozori sharif shahrida, eski nomi Xoja hayron, Ali ibn Abu Tolib (656-661 yy.) mozori tepasiga qurilgan muhtasham maqbara va boshqa binolar shular jumlasidandir. Shoir va olimning “Binoiy” deb taxallus tanlashi ham mana shundandir. Қора қўюнлу – 1380-1468 йиллари Ироқи Ажам ва Озарбайжонни идора қилган сулола, асосчиси Қора Муҳаммад Турмуш (1380-1389 йй.).
Do'stlaringiz bilan baham: |