O’zbek xonliklari iqtisodiy va siyosiy tarixining tarixshunoslik va manbashunoslik masalalari


O’zbek xonliklari iqtisodiy va siyosiy tarixining tarixshunoslik va manbashunoslik masalalari


Download 490.85 Kb.
bet5/13
Sana30.04.2023
Hajmi490.85 Kb.
#1403323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Samardinov O. O’ZBEK XONLIKLARI IQTISODIY VA SIYOSIY TARIXINING MANBASHUNOSLIK MASALALARI

O’zbek xonliklari iqtisodiy va siyosiy tarixining tarixshunoslik va manbashunoslik masalalari
“Bahr ul-asror fi manoqib ul-ahyor”
“Bahr ul-asror fi manoqib ul-ahyor” (“Olijanob kishilarning jasorati haqidagi sirlar dengizi”) nomli asar muallifi XVII asrda о‘tgan balxlik yirik qomusiy olim Mahmud ibn Validir. Uning otasi Mir Muhammad Vali asli farg‘onalik, kosonlik bо‘lib, Shayboniylardan Pirmuhammadxon avval (1546-1567 yy.) davrida Balxga borib qolgan. U о‘qimishli va keng ma’lumotli kishi bо‘lib, asosan fiqh ilmida zamonasining peshqadam kishilardan hisoblangan. U Mir Xislat taxallusi bilan she’rlar ham yozgan.
Mahmud ibn Valining amakisi Muhammad Poyanda (1602 yili vafot etgan) Samarqand hokimi Boqi Muhammad (1603-1606 yillari Buxoro xoni) dnvonida xizmat qilgan. Akasi amir Abulboriy esa fiqh, tafsir va tibb ilmini yaxshi egallagan olim kishi edi.
Mahmud ibn Vali 1596 yili tug‘ilgan. 19 yoshga borganda, ya’ni 1614 yili u yirik fiqh va hadis olimi MMahmud ibn Valirakshoh Husayniyning xizmatiga kiradi va qariyb о‘n yil undan saboq oladi. Mirakshoh Husayniyning boy kutubxonasi bо‘lib, unda, Mahmud ibn Valining sо‘zlariga qaraganda, tarix, geografiya, mumtoz adabiyot, fiqh, hadis va boshqa ilmlarga doir juda kо‘p kitoblar saqlanar edi. Bu ilmga chanqoq yosh olim uchun bkbaho xazina bо‘ldi, albatta. Keymnchalik Mahmud ibn Valining о‘zi kutubxonadagi kо‘p kitoblarni о‘qib kо‘p foyda topganini aytadi.
1634-1640 yillar orasida yozilgan “Bahr ul-asror” asari mundarijasida kо‘rsatilishicha, yetti jilddan iborat bо‘lgan. Uning II-VII jildlari jahon tarixiga bag‘ishlangan bо‘lib, О‘zbekiston va u bilan qо‘shni mamlakatlarning qadim zamonlardan to 1640 yilgacha kechgan tarixidan baxs yuritadi. Asarning birinchi jildi ilmi nujum, geografiya, ma’danshunoslik va botanika fanlariga oid ma’lumotlarni о‘z ichiga oladi. Afsuski, bu muhim va qimmatli asarning faqat I va VI jildlarigina topilgan, xalos.
O’zbek xonliklari iqtisodiy va siyosiy tarixining tarixshunoslik va manbashunoslik masalalari

Download 490.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling