O’zbek xonliklari iqtisodiy va siyosiy tarixining tarixshunoslik va manbashunoslik masalalari


Download 490.85 Kb.
bet4/13
Sana30.04.2023
Hajmi490.85 Kb.
#1403323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Samardinov O. O’ZBEK XONLIKLARI IQTISODIY VA SIYOSIY TARIXINING MANBASHUNOSLIK MASALALARI

“Tarixi olamoroyi Abbosiy”
“Tarixi olamoroyi Abbosiy” (“(Shoh) Abbosning olamni bezovchi tarixi”) nomli asar garchi XVI asrda о‘tgan yirik Eron tarixchisi Iskandarbek Munshiy tomonidan yaratilgan bо‘lsa-da, unda О‘zbekistonning tarixi va uning boshqa mamlakatlar bilan munosabatini о‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Iskandarbek Munshiy о‘z asarida keltirgan ayrim dalil va ma’lumotlariga qaraganda, 1561 yoki 1562 yili tug‘ilgan. U saroy yumushiga qabul qilingunga qadar kichik moliya xizmatchisi bо‘lib ishlagan, keyinchalik devoni inshoga qabul qilingan. Bо‘lg‘usi tarixchi 1587 yili harbiy xizmatga jalb etilgan va shoh Abbos avval Safaviy (1587-1629 yy.)ning harbiy yurishlarida voqeanavis bо‘lib ishtirok etgan, 1593 yili esa saroy munshiysi lovozimiga tayinlangan va umrining oxirigacha shu lavozimda turgan. Iskandarbek Munshiy 1634 yili vafot etgan.
Iskandarbek Munshiyning “Tarixi olamoroyi Abbosiy” nomli asarida Eronning 1588-1634 yillar orasidagi tarixi xronologik, yilma-yil tartibida yuayon qilingan. Bu asar ham “Akbarnoma” singari saroyda .ritilgan kundalik daftar, rasmiy hujjatlar, bayon etilgan voqealar ishtirokchilarining og‘zaki axboroti hamda muallifning shaxsiy kuzatuvlari bilan tо‘poangan ma’lumotlar asosida yozilgan.
“Tarixi olamoroyi Abbosiy” asari tarkibi muqaddima, uch jild va xotimadan iborat. Asarning I-II jildlari 1616, uchinchi jildi esa 1628 yili yozib tamomlangan.
“Tarixi olamoroyi Abbosiy” asarining II-III jildlari mazmuni yangi bо‘lib, mustaqil ahamiyatga ega. Ularda Eronning 1588-1628 yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixi keng yoritib berilgan. Uchinchi jild oxirida shoh Abbos avval bilan zamondosh bо‘lgan shayxlar, olimlar, shoirlar va xattotlar haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.
Asar О‘zbekiston tarixini о‘rganishda ham katta ahamiyat kasb etadi. Unda О‘zbekistonning XVI asr oxiri va XVII asrning birinchi choragidagi siyosiy ahvoli haqida noyob ma’lumotlarni uchratamiz. Bundan tashqari, asar XVI asrning oxiri va XVII asrning birinchi choragida Eron bilan Buxoro xonligi о‘rtasidagi siyosiy munosabatlarni о‘rganishda muhim manbalardan biri hisoblanadi.
Asardan ayrim parchalar B.Dorn (matni) va V.V.Velyaminov-Zernov tomonidan matni va qisqartirilgan ruscha tarjimasi nashr etilgan. Kitob matni yana ikki marta Tehronda 1896 yili toshbosma va 1956 yili bosmasi chop etilgan.

Download 490.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling