O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


-chizma. Iqtisodiy tahlil fanining vujudga kelishi va tarixiy taraqqiyot jarayonida atalgan nomlari


Download 1.1 Mb.
bet10/149
Sana25.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1227687
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   149
Bog'liq
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1

1.1-chizma. Iqtisodiy tahlil fanining vujudga kelishi va tarixiy taraqqiyot jarayonida atalgan nomlari

30-yillarga kelib tahlilning ko‘lami kengaya bordi. Tahlil qilish uchun faqat buxgalteriya balansi moddalari emas, balki
xo‘jalik faoliyatining boshqa ko‘rsatkichlari ham tahlil etila boshlandi. Natijada tematik tahlil vujudga keldi va ba'zi mavzularga bag‘ishlangan adabiyotlar nashrdan chiqa boshladi. Bunga misol qilib N.E.Kolosovning «Ochobm OKOHOMmecKoro aHanH3a cebecTOHMOCTH b npegnpHMTHax» (1931-y), A.R.Alek- sandrovskiyning «KanKyn»UH» h aHanH3 paboTM npeanpHBTHH» (1932-y), A.F.Masanovning «EanaHC u aHanH3 xo3HHCBeHHOH geaTentHOCTH npegnpHaTHH» (1934-y), A.A.Afanasevning «AHa- hh3 oTneTa npOMMrnaeHHMx npeanpnsTHH» (1938-y) kitoblarini keltirishimiz mumkin.
1940-yillarga kelib sobiq ittifoqda «Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish» fani fan sifatida to‘liq shakllandi. Bu davrga kelib ushbu fan bo‘yicha darsliklar yaratildi va oliy o‘quv yurtlarida mustaqil fan sifatida o‘tila boshlandi.
60-70 yillardan boshlab esa iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha tahlil fani ixtisoslashib bordi va tahlil fanining bir qancha turlari vujudga keldi. Keyingi yillarda esa iqtisodiy tahlil fanining nazariyasi ustida ko‘p ishlar olib borildi va tahlil nazariyasi fan sifatida shakllandi.
80-yillaming xususiyati shundaki, bu davrda iqtisodiy tahlil fanining nazariyasini yaratish bo‘yicha hududiy maktablar vujudga keldi. Jumladan, Moskvada M.I.Bakanov va A.D.Sheremet rahbarligidagi maktab. Bular «Teopns 3KOHOMHHecKoro aHaaH3a» kitobini 1987, 1990, 1995 va 1997-yillarda qayta nashrdan chiqardilar. Minsk olimlaridan V.V.Osmolovskiy, V.I.Strajev,

  1. LKravchenko, N.A.Rusak hamkorlikda 1989-yilda «Teopna aHanH3a xo3«HCTBeHHOH gesTeHBHocTH» darsligini yaratdi. Kiyevlik olimlardan I.LKarakoz va V.I.Samborskiy hamkorligida 1989-yilda «Teopna 3KOHOMHHecKoro aHanH3a» degan darslik yozildi. 0‘zbekistonlik olimlardan I.T.Abdukarimov, M.Q.Par- daev, M.M.To‘laxo‘jaeva, A.T.Ibragimov, A.Shoalimovlar hamkorlikda tahlil fanining o‘zbek maktabiga asos soldilar. Endilikda barcha MDH davlatlarida «Iqtisodiy tahlil» mustaqil fan sifatida oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilib kelinmoqda. Bu albatta korxonalar faoliyatini boshqarishda, uning moliyaviy barqarorligini

va raqobatbardoshliligini ta'minlashda eng muhim tadbirlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Fanning yuqorida ta'riflangan tadrijiy rivojlanish yoHlidan ham ko'rinadiki, bugungi kunda iqtisodiy tahlil muhim ikkita qismga ajratilgan. Ya’ni boshqaruv tahlili va moliyaviy tahlil qismlariga. Boshqaruv va moliyaviy tahlil birgalikda xojalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy tahlilini tashkil etadi.
Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida, iqtisodiy tahlil (moliyaviy va boshqaruv tahlili) ham yangilanish davrini boshdan kechirmoqda. Uning mazmuni rejaning bajarilishini tahlil qilishdan jahon andozalari talablariga javob beradigan ko‘rsatkichlami o‘rganishga qaratilmoqda. Bu borada ijtimoiy mahsulotdan yalpi ichki mahsulot va shundan kelib chiqadigan ko‘rsatkichlar tizimiga o‘tish ko‘zda tutilmoqda.

  1. O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy tahlilni
    tashkil topishi va rivojlanishi


Tabiat va jamiyatdagi hodisalar singari iqtisodiy hodisalaming ham tarkibiy qismlarini bilmay turib, ya'ni tahlil qilmay turib, ularni ilmiy jihatdan o‘rganib bo‘lmaydi.
Analiz iborasi «analisys» so‘zidan olingan bo‘lib, «bo‘laman», «hal etaman» degan ma'noni bildiradi. Binobarin, tahlil murakkab hodisa va predmetlami tarkibiy qismlarga bo‘lish, ajratib qo‘yish asosida ko‘rsatkichlami taqqoslash va o‘rganish demakdir. Ma'lumki, korxonalarda iqtisodiy samaradorlikni oshirish, faoliyat- ning sifat va miqdor ko‘rsatkichlari bo‘yicha muvaffaqiyatlami o‘rganish va uni takomillashtirishning qulay yo‘llarini belgilash - iqtisodiy tahlilni tashkil qilishning zaruriy shartlaridan biridir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tahlilning roli keskin oshadi, chunki boshqarishda oldingi ma'muriy-buyruqbozlik tizimidan voz kechilib yangi, erkin iqtisodiy mexanizmlar orqali boshqarish tizimi shakllanadi. Oldingi tahlil asosan, reja ko‘rsatkichlarini asoslashga, uning bajarilishini ta'minlashga qaratilgan edi. Bugungi kunda esa, har bir xo‘jalik subyekti o‘z faoliyatini mustaqil ravishda boshqaradi. Bu o‘z navbatida tahlilning rolini oshiradi. Iqtisodiy tahlil orqali har bir subyektda mavjud bo‘lgan ichki va tashqi imkoniyatlar aniqlanadi, ulami amaliyotga safarbar qilish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.
Iqtisodiy tahlil orqali ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi hamda mamlakatning iqtisodiy salohiyati aniqlanadi. Bunda, tahlil uchun manba bo‘lib, yig‘ma statistik ma'lumot asos bo‘la oladi. Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishdan maqsad korxona va birlashmalarning ish faoliyatiga obyektiv baho berish va xo'jalik yuritishning samaradorligini yanada oshirishdan iboratdir. Bunday tahlil natijalari korxonaning xo‘jalik faoliyatini doimo nazorat qilib turishni, unga rahbarlik qilishda xatoga yo‘l qo‘ymaslikning oldini olishga xizmat qiladi. Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish quyidagi tamoyillarga amal qilgan holda amalga oshiriladi:

  • Ilmiy asoslangan tamoyil;

  • Obyektivlik tamoyili;

  • Tizimli va komplekslik tamoyili;

  • Operativlik tamoyili;

  • Umumiylik tamoyili.

Iqtisodiy tahlilning vazifasi - ushbu bandlarda keltirilgan vazifalar bilan cheklanmaydi. Korxona faoliyati shu darajada serqirraki, tahlil jarayonida uning hamma jihatlarini o‘rganish lozim. Shunday ekan, tahlil vazifasi ham ko‘p qirralidir.
Tahlil jarayonida barcha kamchiliklar aniqlanadi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda esa aniqlangan kamchiliklarga kelgusida yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. Shu tariqa kamchiliklar bartaraf qilinib, xo‘jalik faohyatining uzluksiz ravishda takomillashuvi va samaradorligi oshib borishi ta'minlanadi.
Iqtisodiy tahlilining asosiy vazifasi - bu korxonalar faoliyatida foyda miqdorini ko‘paytirishning to‘g‘ri va optimal yo‘llarini aniqlab berishdir. Agar korxona faoliyatida foyda miqdorining oshishiga narx-navoning ko‘tarilishi yoki atrof muhitga zarar yetkazish evaziga erishilsa, buni hech qachon korxona muvaf- faqiyati deb bo‘lmaydi.
Iqtisodiy tahlil oldida turgan muhim vazifalardan yana biri - bu korxona mehnat jamoasi faoliyatining iqtisodiy natijasini aniqlashdir. Tahlil qilish jarayonida tashqi va mehnat jamoasiga bog‘lik omillar ahamiyatini o‘rganish lozim. Bunda faqatgina erishilgan natijalami me'yoriy yoki hisobot davri natijalari bilan taqqoslash bilan chegaralanib qoUsh kerak emas. Eng muhimi - mamlakat erishgan yutuqlari, raqobatbardosh mahsulot ko‘rsatkichlari va dunyo ilmiy-texnika darajasi bilan solishtirish muvaffaqiyatlar garovi ekanligini unutmaslikdir.
Masalan, tahlilni quyidagi masshtablarda amalga oshirish mumkin:

  • xalq xo‘jalik tahlili;

  • korxonalar xojalik faoliyatining tahlili.

Xalq xo‘jaligi tahlilida iqtisodiyotning butun tarmog‘i, ayrim regionlaming iqtisodiy ko‘rsatkichlari dinamikasi, o'sish darajasi va ulaming rivojlanishdagi o‘ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlari o‘rganiladi.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida hisob va hisobotni ikki qismga bo‘lish qabul qilingan:

  1. Boshqaruv hisobi:

  2. Moliyaviy hisob (umum buxgalteriya hisobi, xususan, soliq hisobi).

Shunga muvofiq iqtisodiy tahlil ham ikki qismga: moliyaviy va boshqaruv tahliliga bo‘linadi. 0‘z navbatida moliyaviy tahlil tashqi va ichki moliyaviy tahlilga, boshqaruv tahlili esa ichki boshqamv tahlilga bo‘linadi.
Tashqi moliyaviy tahlil buxgalteriya hisobi va hisoboti asosida, ichki moliyaviy tahlil buxgalteriya hisobi va hisoboti va tezkor hisobotlar asosida olib boriladi. .
Ichki boshqaruv tahlili esa tezkor hisobotlar va boshqaruv hisoboti asosida olib boriladi.
Iqtisodiy tahlilning maqsadi bu korxonani hisobotlar orqali o‘tgan davrda, tahlil qilinayotgan vaqtda va kelajakda erishilgan va erishiladigan moliyaviy natijalari va moliyaviy holatiga baho berish hamda iqtisodiy tashxis quyidagidan iboratdir.
Iqtisodiy tahlilning asosiy bosqichlari:
Tahlilning maqsadini aniqlash va unga yondoshish yo‘llarini belgilash. Bu bosqichda korxonani ko‘rsatkichlari ulaming xalq xo'jaligi, tarmoq bo‘yicha miqdorlariga, o‘tgan davr va rejadagi hajmlariga. Boshqa turdagi korxonalar ko‘rsatkichlariga solish- tirish.
Tahlil uchun qilingan axborotlar sifatiga baho berish. Bu bosqichda axborotlaming to‘g‘riligini hisobotlardagi ko‘rsatkich- laming tahlil talablariga javob bera olishligi tekshiriladi.
Tahlilning usullaridan foydalangan holda tahlil o‘tkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish. Ushbu bosqichda bevosita tahlil o‘tkaziladi va unda uning usullari majmuasidan foydalaniladi, tegishli xulosa chiqariladi.

  1. jadval

Korxonaning iqtisodiy tahlilini o‘tkazuvchilar va ularni
maqsadi va manfaatlari






Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling