O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi
Download 1.1 Mb.
|
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Makon va zamon
- MAKON
- Sabab va oqibat
Makon va zamon kategoriyalari ham iqtisodiy tahahlilning muhim metodologik asoslaridan biridir. Zero, barcha iqtisodiy jarayonlar makonda (xo‘jalik yurituvchi subyektda) ma'lum bir zamon doirasida (vaqt mobaynida) sodir bo'ladi. Shu tufayli zamonning o‘tishi bilan makondagi natija o‘zgaradi va uning teskarisi, ya'ni makonning o‘zgarishi bilan zamon o‘tgandan keyin natnja boshqacha bo‘lishi mumkin. Masalan, makonga korxonalami, ish joylarini, firma kabi xo‘jalik yurituvchi subyektlami misol keltirish mumkin. Bular tahlilning obyekti. Zamon deganda esa ulaming ma'lum bir hisobot davri tushuniladi. Makonda sodir bo‘lgan jarayonlar ma'lum bir hisobot davri (zamon) o‘tgach jamlanadi va umumlashtiriladi. Bu ham shu hisobot davrini tahlil qilish uchun ma'lumot manbai bo‘lib hisoblanadi. Makon va zamon o‘rtasidagi hamda ulaming amaliyot bilan bog‘liqligini quyidagicha ifodalash mumkin:
Sabab va oqibat kategoriyasi ham bevosita iqtisodiy tahlilning metodologik asosi sifatida namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy tahlilda natija va omillar tushunchasi mavjud. Iqtisodiy faoliyat natijasini ifoda etgan birorta ko‘rsatkich natija ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi. Buni falsafiy jihatdan qaraydigan bo‘lsak - oqibatdir. Ammo shu oqibat o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Uning zamirida bir qancha sabablar bor. Bu sabablami iqtisodiy tahlilda omillar deb qaraladi. Masalan, ishlab chiqarilgan maxsulot hajmi (oqibat) bir qancha omillarga, ya'ni xodimlar soni, ulaming malakasi, mehnat unumdorligi, qo‘llanilayotgan texnoiogik jarayon, xom ashyoning o‘z vaqtida sifatli ta'minoti kabi omillarga (sabablarga) bog'liq. Iqtisodiy tahlilda natija o‘zgarishiga omillar ta'siri aniq malumotlar asosida aniqlanadi. Demak, sababning oqibatga ta'siri o‘rganiladi. Bular o‘rtasidagi bog‘liqlikni quyidagicha ifodalash mumkin:
Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling