O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Download 1.1 Mb.
bet9/149
Sana25.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1227687
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   149
Bog'liq
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1

Tolaning chiqishi


Ushbu bobda iqtisodiy tahlilning ayrim metodologik asosla- riga to‘xtaldik. Falsafiy kategoriyalar hayot inikosi. Iqtisodiy jarayonlar esa ijtimoiy hayotning bir bo‘lagidir. Shu tufayli iqtisodiy jarayonlami o‘rganishga bag‘ishlangan iqtisodiy tahlil shu falsafiy katetoriyalarga asoslanadi.
Mazkur usullar yordamida iqtisodiy hodisalami ham xususiy, ham umumiy jihatlari o‘rganilib, tegishli xulosalar olinib, amaliyotga tatbiq etiladi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan bilishning elementlari, usullari (dialektika, analiz, sintez, induksiya va deduksiya) iqtisodiy-tahlil fanida ham iqtisodiy voqea va jarayonlaming o'rganishni asosini tashkil etadi.
Iqtisodiy tahlil aytib o‘tilgan umumiy usullar va xususiy jihat- lar bilan birgalikda alohida fan sifatida yuzaga chiqib, korxonalami tadqiq qilish tizimiga ega bo‘ladi.

  1. Iqtisodiy tahlilning fan sifatida shakllanishi va
    rivojlanish bosqichlari


Kishilik jamiyatining vujudga kelishi bilan insoniyat ongi rivojlanib va takomillashib borgan. Insoniyat ongi rivojlanishi natijasida borliqni o‘rganish borasida turli fikr va qarashlar paydo bo‘la boshlagan. Fikrlaming shakllanib, takomillashib borishi natijasida ma'lum bir fanlarga asos solingan.
Har qanday fanning vujudga kelishi uchun hayotiy zaruriyat tug‘ilishi lozim. Shu tufayli fanning shakllanishi biror shaxsning ijod mahsuli bo‘lib qolmasdan, balki obyektiv jarayonga tayanadi.
Xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish fatii ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan buxgalteriya uchyoti va statistika kabi fanlar asosida vujudga kelgan. Bu uchun esa obyektiv shart-sharoitlar yaratilgan.
Buxgalteriya hisobi bo‘yicha birinchi asar XV asrda Reguzda paydo bo‘ldi. Bunga misol qilib Vendrikt Katrulinning 1458-yilda nashr qilingan «Savdo va xususiy savdogar» nomli kitobini kcltirish mumkin. Buxgalteriya hisobiga bag‘ishlangan ikkinchi asar 1494-yilda Venetsiyada nashr qilingan Luka Pacholining «Schyotlar va yozuvlar haqida»gi kitobidir. Ushbu kitoblarda buxgalteriya hisobining savdo va kredit operatsiyalari yoritilgan. Shunday qilib, hozirgi buxgalteriya hisobi faniga o‘sha paytlarda asos solingan. Bu fan xo‘jalik yuritishda asosiy dastak sifatida hamon takomillashib va zamonaviylashib kelmoqda.
Barcha fanlar qatori buxgalteriya hisobi ham o‘z tarixi davomida takomillashib, bir qancha boshqa fanlaming vujudga kelishi uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Chunki, ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi, korxonalaming yiriklashuvi, xo‘jalik faoliyatining kengayishi iqtisodiy jarayon- laming murakkablashuvi hisob ishlarini takomillashtirish zaruratini tug‘dirdi. Shu bois, XVI-XVII asrlarda buxgalteriya hisobiga bag‘ishlangan kitoblar Gollandiya, Fransiya, Angliya kabi mamla- katlarda chop etildi. Natijada buxgalteriya yer kurrasining bir qismida emas, balki, barcha mamlakatlarda keng yoyila boshladi.
Rossiyada buxgalteriya hisobiga bag‘ishlangan asarlar XVIII asrda paydo bo‘la boshlagan. Oldin chet el adabiyotlari rus tiliga tarjima qilingan bo‘lsa, so‘ngra rus olimlari ham bu fanga bag‘ishlangan asarlarni chop etishga kirishganlar.
Rus olimlarining buxgalteriya hisobiga bag‘ishlangan asarlari XIX asrda paydo bo‘la boshlagan. Bunga V. S. Nemchinovning 1840-yilda nashr qilingan ikki qismdan iborat «Hisob fani» asarini misol keltirish mumkin. Bu kitobda savdo korxonalari hisobi tizimi batafsil yoritilgan. Asta-sekinlik bilan buxgalteriya hisobining prinsiplari boshqa tarmoqlar bo‘yicha ham yozila boshlagan. 1861- yilda Klincheriing «Qishloq xo‘jaligi buxgalteriyasi», 1863-yilda «Idora bo‘limi yo‘riqnomasi» kitoblari dunyoga kelgan. Bu asarlar safini F.V.Ezerskiy o‘zining «Uch tizimli buxgalteriya» (1870-y.), P.I.Reynbot «Fabrika schyotchiligi» (1875-y.), A.V.Prokofev «Ikkiyoqlama buxgalteriya kursi» (1884-y.) kitoblari bilan kengaytirgan.
Shu davrdagi ishlab chiqarish taraqqiyoti iqtisodiy jarayon- lami to‘g‘ri va to‘liq hisobga olishni talab qiladi. Ammo ishlab chiqarishning takomillashib borishi, korxonalar o‘rtasida erknn raqobatning vujudga kelishi buxgalteriya ma'lumotlarini chuqurroq o‘rganishni va uni to‘g‘ri tushuntirish zaruratini tug‘diradi. Bu esa o‘z navbatida tahlil elementlarining vujudga kelishini taqozo qildi, chunki «tijorat sirini» takomillashtirish borasidagi juda ko‘p savollarga buxgalteriya hisobi va statistika fani javob berishga qiynalib qoladi.
Korxonalami to‘g‘ri, oqilona boshqarish, uning moliyaviy holatini yaxshilash, raqobatbardoshlik quwatini oshirish xojalik faoliyatini chuqurroq o‘rganishni talab qildi. Bu esa buxgalteriya balansi va boshqa hisobotlarda ifodalangan ba'zi ko‘rsatkichlarga izoh berishni talab qildi. Bular esa o‘z navbatida hozirgi tahlil fanining vujudga kelishi uchun obyektiv asos bo‘lgan.
Bular esa o‘z navbatida hozirgi tahlil fanining vujudga kelishi uchun obyektiv asos bo‘lgan.
Tahlilning elementlari birinchi marta 1880-yillarga chiqa boshlagan «Schyotovodstvo» jumalida paydo bo‘la boshlagan. Shunday qilib, tahlilning ba'zi elementlari mavjud bo‘lgan fan - «Balansshunoslik» fani paydo bo‘lg£m.
Fanning «Balansshunoslik» deb nomlanishiga asos bo‘lgan, chunki o‘sha paytlarda xo‘jal‘k faoliyatining natijasi asosan buxgalteriya balansida ifoda etilgan. Balans ma'lumotlariga asosan korxonaning mablag‘i yoki ular manbaining ma'lum muddatda o‘zgarishi aniqlanadi. Lekin shu o‘zgarishlar nima evaziga sodir bo'layotganligi, ularga qaysi omillar ta'sir ko‘rsatayotganligi korxona egalari uchun muhim bo‘lib bordi. Bu esa balansdagi ko‘rsatkichlami batafsil tahlil qilish zaruratini vujudga keltirdi.
Jamiyatda ishlab chiqarishning rivojlanishi iqtisodiy krizislar va raqobatni ham vujudga keltirdi. Bu borada mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov quyidagi fikrlarini bayon etgan: “...davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini va uning mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta'sirini e'tiborga olgan holda, bank- moliya tizimining barqarorligini ta'minlash muhim ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda.
2010-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim maqsadi va asosiy ustuvor vazifasi - bu islohotlami davom ettirish
va chuqurlashtirish, mamlakatimizni yangilash va modemizatsiya qilish, 2009-2012-yillarga mo‘ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturini so‘zsiz bajarish va shu asosda iqtisodiy rivojlanishning yuqori va barqaror sur'atlarini, samaradorligini hamda makroiq- tisodiy muvozanatni ta'minlashdan iboratdir”
Bunday sharoitda har bir korxona faoliyatining moliyaviy barqarorligi, undagi «tijorat siri» muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday sharoitda buxgalteriya balansi ma'lumotlari yetarli bo‘lmasdan qoladi. Buxgalteriya balansi bilan birgalikda boshqa ko‘rsatkichlaming ifodalaydigan hisobotlar ham vujudga kela boshladi va tahlil ko‘lami kengaydi. Bu vaqtgacha faqat buxgalteriya balansi tahlil qilingan bo‘Isa, endi unga boshqa hisobotlar tahlili ham qo‘shilib «hisobot tahlili» vujudga keldi. Shu tarzda tahlil shakllanib, rivojlanib bordi va mustaqil fan sifatida shakl topa bordi.
Iqtisodiy tahlil fani mustaqil fan sifatida shakllangunga qadar o'ziga xos tarixga va bir qancha nomlarga ega bo‘ldi. Iqtisodiy tahlilning vujudga kelishi tarixi, bu bo‘yicha nashr qilingan adabiyotlar, uning fan sifatida shakllanishi va nomining ham takomillashib borganligidan dalolat beradi. Shu yo‘l bilan iqtisodiy tahlil shakllandi va mustaqil fanga aylandi. Shunday qilib tahlil fani rivojlanguncha bir qancha evolyutsion yo‘llni bosib o‘tdi. Mazkur evolyutsion yo‘l orqali tahlil fani rivojlandi va takomillashib bugungi kungi holatga keldi. Ushbu fan o‘zining evolyutsion rivojlanish yo‘li davomida bir qancha nomlar bilan atalgan. Dastawal, xo‘jalik subyektlarining asosan balans ma'lu- motlarini tahlil etish maqsadiga qaratilganligi bois sobiq ittifoq davrida tahlil fani “Balansshunoslik” deb yuritila boshlangan, ya'ni balansni o‘rganuvchi, tahlil etuvchi fan deb qaralgan. Bu evolyutsion rivojlanish yo‘lini quyidagi chizmada ham ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin bo‘ladi (1.1-chizma).
Iqtisodiy tahlilning vujudga kelish tarixini ko‘z oldimizga yaqqolroq keltirish uchun shu sohaga bag‘ishlangan adabiyotlami xronologik jihatdan ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.
1 Karimov I. “Asosiy vazifamiz - vatanimiz taraqqiyoti va yanada yuksaltirishdir”. T.: “0‘zbekiston”, 2010-y. 55-56 b.
Kishilik jamiyati rivojlanishi davomida bir qancha tuzimlami o‘z boshidan o‘tkazdi. Jumladan, jamiyat taraqqiyotida sotsialistik tuzum vujudga kelgandan so‘ng tahlil fani rejali iqtisodiyotga asoslangan ko‘rsatkichlami va buxgalteriya balansidagi moddalami batafsilroq o‘rganishga kirishdi. Bu esa tahlil fanining ahamiyatini oshirmadi.
Sobiq ittifoqda 1920-yillarga kelib, ittifoq iqtisodchi olimla- ridan R.N.Xudyakov «AHanH3 6anaHca» va «PerynapHBie ouepKH 6anaHcoBegeHH»» asarlarini, N.A. Kirarisov «Ochobm 6anaHco- BegeHM«» va «Poc-rpoeHMe 6anaHcoB h aHanH3» asarlarini chop ettirdi. Bu kitoblarda asosan iqtisodiy tahlil bir yoqlama bo‘lib, faqat buxgalteriya balansi moddalarini tahlil qilish usullari to‘g‘risida fikr yuritilgan.


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling