O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi
Download 1.1 Mb.
|
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Omilli tahlil metodikasi
3.1-chizma. Korxonaning iqtisodiy tahlil usullari
Ulaming orasida va boshqa fanlarda ham axborotlami qayta ishlash va o‘rganish uchun keng qo‘llaniladigan (taqqoslash, grafik, balans, o‘rtacha va nisbiy miqdorlar, analitik guruhlash, instru- mentar moliyaviy hisoblashlar, intuitsiya asosida iqtisodiy vazifani evristik yechish metodlari, o‘tmish tajribasi, mutaxassislaming ekspert bahosi, an'anaviy mantiqiy usullami ajratish mumkin. Hozirgi vaqtda, mutlaqo qandaydir fanga taalluqli uslub va usullami asoslash juda qiyin, chunki tadqiqotning turli sferalarida ilmiy instrumentariylaming o‘zaro kirishib ketishi kuzatiladi. Omillaming xo‘jalik yuritish natijalariga va rezervlar hisobiga ta'sirini o‘rganish uchun tahlilda determinatsiyalashgan va stoxastik omilli tahhl usullari, iqtisodiy masalani maqbul yechish metodlari qo‘llaniladi. U yoki bu usulning qo‘llanilishi tahlilning maqsadi va chuqurligiga, tadqiqot obyekti, analitik hisoblashlami bajarish texnik imkoniyatlari va boshqalarga bog‘liq. Iqtisodiy tahlil instrumentariysini takomillashtirish juda katta ahamiyatga ega va analitik ishlaming asosiy muvaffaqiyati hamda samaradorligi hisoblanadi. Inson o‘rganilayotgan hodisalaming mohiyatiga qanchalik chuqur kirib borsa, unga tadqiqotning shunchalik aniq metodlari talab buladi. Bu barcha fanlar uchun tegishlidir. So‘nggi yillarda fen barcha sohalarida tadqiqot metodikasi yanada mukammallashdi. Tadqiqotning matematik metodlaridan foydalanish iqtisodiy fanning muhim yutuqlaridan biri bo‘lib, korxonaning faoliyati natijalarini belgilovchi omillaming yanada ko‘lamdor kompleksini tadqiq qilishga imkon beradi, hisoblashlar aniqligini oshiradi. Uning sharofati bilan ko‘p o‘lchamli va maqbul vazifalami hal qilish, ilmiy asoslangan boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun asos yaratuvchi imkon paydo boidi. Omilli tahlil metodikasi Korxonalar xo‘jalik faoliyatidagi barcha hodisa va jarayonlar o‘zaro aloqador, o‘zaro bog‘liq va o‘zaro shartlangandir. Ular bir- birlari bilan o‘zaro bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘ladilar. Masalan, operatsion faoliyatdan foyda hajmi mahsulotlar birligi narxi va tannarxiga, savdo hajmi va strukturasiga bog‘liq. Barcha boshqa omillar ushbu ko‘rsatkichga bilvosita ta'sir qiladi. Tahlilda har bir hodisani sabab sifatida ham, natija sifatida ham ko‘rib chiqish mumkin. Masalan, mehnat unumdorligini, bir tomondan, mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishi sababi, uning tannarxi darajasi sifatida, boshqa tomondan esa - ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi o'zgarishi natijasi, mehnatni tashkil qilish takomillashtirilishi va boshqalar tarzida ko‘rib chiqish mumkin. Har bir natijaviy ko‘rsatkich ko‘p sonli omillarga bog‘liq. Natijaviy ko‘rsatkich kattaligiga omillar ta'siri qanchalik batafsil tadqiq qilinsa, tahlil natijalari va korxonalar mehnat sifatini baholash shunchalik aniq boTadi. Shuning uchun xo‘jalik faoliyati tahlilida o‘rganilayotgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar kattaligiga omillar ta'sirini o‘rganish va o‘lchash muhim metodologik masala hisoblanadi. Omillami chuqur va har tomonlama o‘rganmasdan faoliyat natijalari haqida asoslangan xulosalar qilish, ishlab chiqarish rezervlarini aniqlash, reja va boshqaruv qarorlarini asoslash mumkin emas. Omilli tahlil - bu natijaviy ko‘rsatkichlar darajasiga omillar ta'sirini kompleks hamda tizimli tadqiq qilish jarayonidir.
Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling