O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Download 1.1 Mb.
bet2/149
Sana25.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1227687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
Bog'liq
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1

Ihi'Ih'iisi Imxgalter-auditorlar hamda magistraturaning «Soliq va miIii|i|ii lortish», «Buxgalteriya hisobi», «Audit», «Bank auditi», oInvcslilsiyalarni boshqarish» kabi mutaxassisliklari uchun ham oIqtisodiy tahlil nazariyasi» darsligidan foydalanish, o‘z kasbini i lmqur cgallashiga yordam beradi.
«Iqtisodiy tahlil nazariyasi» nomli darslik 0‘zbekiston Respublikasi Oliy va 0‘rta maxsus ta'lim vazirligi buyurtmasi nsosida tayyorlandi va uslubiy kengash tomonidan oliy o‘quv yurtlarida foydalanishga tavsiya etildi.
Kitobxonlami iqtisodiy tahlil uslubiyati bilan chuqur tanishtirish maqsadida har bir yoritilgan mavzudan so‘ng tukrorlash uchun savollar va test variantlari berilgan.
Darslikda keltirilgan analitik jadval ma'lumotlari va raqamlar rcspublikamizda faoliyat olib borayotgan aniq bir aksionerlik jamiyatining 2013-yillik ma'lumotlariga asoslangan holda olindi.
Ushbu darslik Toshkent moliya institutining ilmiy-uslubiy Kengashi tomonidan chop etishga tavsiya etilgan.
Mualliflar jamoasi mazkur darslikni tayyorlashda o‘zlarining qimmatli maslahatlari bilan yaqindan yordam bergan Toshkent moliya institutining «Moliyaviy tahlil» kafedrasi mudiri, dotsent Hakimov Bunyodjon Jo‘rayevichga, kafedra dotsenti Shog‘iyosov TaPat Shaxabovichga hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining «Iqtisodiy tahlil va audit» kafedrasi mudiri, professor Hasanov Bahodir Akramovichlarga chuqur minnat- dorchilik bildiradi.
I bob. IQTISODIY TAHLILNING RIVOJLANISH TARIXI
VA FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI


  1. Bilish nazariyasi va iqtisodiy tahlil

Bilish - falsafa fanining fundamental uslubiy bo‘limi bo‘lib, u obyektiv borliqni inson ongida aks etishining o‘rganilishini o‘rgatadi.
Awalo, mazkur nazariyada bilishning obyekti va subyekti tushunchasi aniqlanadi.
Birinchi tushuncha mazmunini bevosita obyektiv xatti-harakat, amaliyot, insonning moddiy faoliyati, ya'ni jamiyat rivojlanishi- ning asosini tashkil etuvchi shaxslar tashkil etadi.
Ikkinchi tushuncha esa insonning o‘zi, jamiyat, insoniyat ya'ni bilish obyektiga ijodiy yondashuvchi shaxslami bildiradi.
Bilish obyekti va subyektining dialektik birligi uning ishonchliligini va haqqoniyligini ta'minlaydi.
Amaliyot va uning seziluvchi predmetlari - moddiy buyum- lashgan, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik mazmundagi tomonlari bilishning obyekti hisoblanadi.
Zamonaviy fanlaming usul va uslublarini umumlashtirib aytish mumkinki, bilish jarayonida quyidagi vositalardan keng foydalaniladi: analiz va sintez, eksprement, modellashtirish. Ta’kidlash kerakki, bulaming barchasini asoslaydigan hamda amalga oshiradigan shaxslardir, ya'ni mutaxassislardir. Ular mohiyatiga ko‘ra barcha holatlami yuqori darajada analiz-sintez etadigan insonning fikrlash qobiliyatidir.
Fikrlash, ijodiy jarayon sifatida tushuncha, hukm, xulosalami o‘z ichiga oladi.
Obyektiv reallik: hodisalar, buyumlar, munosabatlar, ko‘rsatkichlar o‘z shakli va mazmuniga hamda xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi, guruhlarga ajratiladi hamda fikrlash vositasida muayyan tushunchani hosil qiladi.
Hukm orqali nimadir tasdiqlanadi yoki inkor etiladi.
Tahlil etilgan jarayonlar sintez etilib, xulosa chiqariladi.
Aytilganlardan ma'lum bo‘lmoqdaki, bilish nazariyasi orqali o‘rganilayotgan borliqni muayyan obyekti to‘g‘risida ishonchli va haqqoniy ma'lumotlarga ega bo‘lamiz.
Barcha tarmoq fanlarning uslubiy asosi sifatida bilish nazariyasi iqtisodiy tahlilning ham mohiyati, zaruriyligi va natijasini aniqlab beradi.
Iqtisodiy tahlil - amaliy fandir. Agar u bilish nazariyasiga tayanib rivojlansa, msonning amaliy faoliyatida naflilik va iqtisodiy samaradorlik oshadi. Bu esa fanning amaliy hayotda o‘z o‘mini topganidan dalolat beradi.
“Tahlil” so‘zi grekcha “analyzis” so‘zining o‘zbek tilidagi tarjimasi bo‘lib, u “bo‘laman” yoki “ajrataman” degan ma'noni bildiradi. Demak, tahlil deganda, tor ma'noda butunni qismlarga (unsurlarga) ajratish, bo‘laklarga bo‘lish yo‘li bilan uning tarkibiy qisimini o‘rganish tushiniladi.
Shuni ham alohida ta'kidlash kerakki, real voqelikda yuz berayotgan hodisa va jarayonlami o‘rganishda faqat tahlilning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Inson tafakkuriga mos keluvchi boshqa usullardan foydalanishga ham juda ko‘p hollarda katta zarurat tug‘iladi. Ushbu ma'noda tahlilga juda yaqin keluvchi “sintez” usuli bo‘lib, uning yordamida o‘rganilayotgan to‘plamning ayrim birliklari orasidagi aloqalar va o‘zoro bog‘liqliklar aniqlanadi.
“Sintez” atamasi grekcha “syntezis” so‘zidan olingan bo‘lib, “birlashtiraman”, “qo‘shaman” degan ma'noni bildiradi. Hozirgi zamon dialektikasi, sintez va tahlilga real voqelikda yuz bera- yotgan hodisa va jarayonlami o‘rganishning ilmiy metodlari sifa- tida qaraydi. Faqat tahlil va sintez birgalikdagina hodisalami har tomonlama dialektik bog‘liqlikda ilmiy o‘rganish imkonini beradi.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling