O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Download 1.1 Mb.
bet1/149
Sana25.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1227687
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
Bog'liq
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1



O‘ZBEK1STON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INST1TUTI
N.F.Ishonqulov, M.Q.Pardayev, A.T.Ibrohimov,
K.M.Misirov, U.A.Nurmanov
IQTISODIY TAHLIL
NAZARIYASI

O ^:beKk>Sa^n Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirltgi huzuridagi
O'quv-uslubiy bitiashmalarfaoiiyatini Mzaofiqiashtiibachi kengashi
tomonidan 5230900 - “Buxgaitetiya hisobi aa azait ” (tatmoqiai bo ‘ yicha)
ta 'iim yo ‘naiishi uchun aatsiik sifatiaa taasiya etiigan

«Sano-standart» nashriyoti
Toshkent
- 2014
UO‘K: 338:657.1(075)
KBK: 65.053
1-98
Taqrizchilar:
Xasanov Baxodir Akramovich,
iqtisod fantari doktori, professor
Qurbonov Ziyat Niyazovich,
iqtisodfantari doktori, professor
Ushbu darslik 5230900 — «Buxgalteriya hisobi va audit» (tarmoqlar bo‘yicha) ta'lim yo‘nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo‘lib, unda «Iqtisodiy tahlil nazariyasi» fanining nazariy va uslubiy asoslari bayon qilingan. Ushbu darslikda moliya-xo‘jalik faoliyatini yurituvchi xo‘jalik subycktlarida iqtisodiy tahlilning tashkiliy va huquqiy asoslari, iqtisodiy tahlilning fan sifatida shakllanish tarixi va rivojlanish bosqichlari, iqtisodiy tahlilning predmeti va uning oldiga qo'yilgan asosiy vazifalar, iqtisodiy tahlilning turlari va shakllari, tahlil jarayonida qo‘llaniladigan usullar va ulaming tasniflanishi, iqtisodiy tahlilda foydalaniladigan axborotlar va ularga qo‘yiladigan talablar, fan-texnika rivojlanayotgan davrda iqtisodiy tahlil jarayoniga axborot texnologiyalarini qoillashning samarali yo‘nalishlari hamda boshqa shu kabi masalalar chuqur yoritib bcrilgan.
Darslik 0‘zbckiston Respublikasi Fan va texnologiyalami rivojlanti- rishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining ilmiy-texnik dasturlari doirasida Toshkcnt moliya institutida bajarilayotgan F-l-93-raqamli «O‘zbckiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov fundamental asarlari negizida iqtisodiy sistemologiyaning naz.ariy-metodologik asoslari va qo'llanilishi tamoyillarini rivojlantirish» mavzusidagi fundamental grantining ilmiy-tadqiqot natijalari asosida tayyorlangan.
Iqtisodiy tahlil nazariyasi / darslik: N.F.Ishonqulov va boshq. -T.: «Sano-standart», 2014-yil. 336 b.
LO‘K: 338:657.1(075)
KBK: 65.053
© «Sano-standart» nashriyoti, 2014-y.
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasida jamiyat taraqqiyotining barcha jabhalarida, eng avvalo iqtisodiy sohada islohotlarni yanada chuqurlashtirish va erkinlashtirish borasida aniq dastur ishlab chiqilgan. Bu dastuming joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad - 0‘zbekistonning demokratik va bozor islohotlarini amalga oshirish, jahon hamjamiyatiga keng integratsiyalashuvi va barqa- ror olg‘a borishi uchun mustahkam zamin yaratishdir.
Prezidentimiz I. Karimov: «Oldimizda turgan birinchi va asosiy vazifa - bu izchil iqtisodiy o‘sish, chuqur larkibiy o‘zga- rishlami amalga oshirish, ishlab chiqarishni mukammallashtirish va ilg'or texnologiyalar bilan qayta qurollantirishning bosh sharti bo‘lgan makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish muammosidir» deb ta'kidlagan. Bu, Respublika iqtisodiyotida faoliyat yuritayotgan barcha soha korxonalarining foyda ko‘rish maqsadida, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishi yoki xizmat ko‘rsatishini talab etadi.
Respublikaning iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka crishishida muhim omillar bo‘lib, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi, pul qadrsizlanishini pasaytirish, eksport hajmini oshirish va boshqa shu kabi makroiqtisodiy o‘sishni ta'minlash bilan birga mamlakatda faoliyat yuritayotgan har bir korxona, firma, kompaniyalaming xo‘jalik subycktlari sifatida rivojlantirishni taqozo etadi.
Korxona, firma va kompaniyalaming iqtisodiy mustaqil hamda moliyaviy barqaror faoliyat ko‘rsatishlarida ulami oqilona boshqarish, hisob-kitob yuritilishini bozor iqtisodiyoti talablariga moslash, moliyaviy menejment ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo'yish, bor moddiy, moliyaviy va mehnat boyliklaridan samarali foydalangan holda ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, natijada yuqori foyda olib, davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish, rezervlar tashkil etish eng dolzarb vazifalardan sanaladi.
Shu bois, bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish har birimizdan buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit haqida ma'lum bilimga ega bo‘lishimizni talab etadi. Tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyati hisob-kitoblaming puxtaligiga, pul oqimlarini oqilona boshqarishligiga, moliyaviy masalalardagi qarorlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida qabul qilinishligiga hamda moliyaviy tahlilning sifatli tashkil etilishiga uzviy bog‘liqdir. Ayniqsa, bozorni to‘g‘ri o'rgamshda. hamkorlami moliyaviy ishonchliligini bila olishda, o‘zaro hisob-kitob ishlarida yutqazib qo‘ymaslik va boyliklardan o‘rinli foydalana olishda kompleks iqtisodiy tahlilning natijalariga asoslanib boshqaruv qarorlarini belgilash, foyda olishning zaruriy sharti ekanligi tajribada bir necha bor isbotlangan. Bu esa, xo‘jalik subyektlarida iqtisodiy tahlilni to‘g‘ri tashkil etish va samarali o‘tkazilishi bilan bog‘liq. Bunda iqtisodiy tahlilning fundamenti hisoblangan nazariy va uslubiy jihatlarini puxta o‘rganish, tahlilni samarali tashkil etilishiga olib keladi.
E'tiboringizga havola etilayotgan «Iqtisodiy tahlil nazariyasi» darsligida iqtisodiy tahlilning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari, fan sifatida tan olinishi, O‘zbekiston Respublikasida tahlil fanining rivojlanish jarayoni, iqtisodiy tahlilning mazmuni, predmeti va vazifalari, fanlar tizimida iqtisodiy tahlilning tutgan o‘mi, tahlilning eng asosiy prinsiplari, iqtisodiy tahlil jarayonida qo‘llaniladigan usullar va ularning mohiyati, iqtisodiy tahlilning turlari va shakllari, tahlil jarayonida foydalaniladigan axborot manbalari, iqtisodiy tahlil ishlarini tashkil etishning nazariy va uslubiy tomonlari, kompleks iqtisodiy tahlil tizimi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash uslubiyoti, iqtisodiy tahlilda informatsion texnologiyalardan foydalanish zaruriyati va ulami o‘rganishning uslubiy asoslari atroflicha keng yoritib berilgan.
Shuningdek, «Iqtisodiy tahlil nazariyasi» darsligini toiiq o‘rgangan talaba “Moliyaviy va boshqaruv tahlili” fanini ham chuqur o‘zlashtirishiga zamin yaratgan bo‘ladi hamda kelgusida xo‘jalik yurituvehi subyektlar faoliyatini iqtisodiy tahlil etish uchun muhim dastak boTadi.
Oliy o‘quv yurtlarining «Biznes va boshqaruv» taiir sohasidagi 5230900 - “Buxgalteriya hisobi va audit” (tarmoqlar bo‘yicha) ta'lim yo‘nalishida bilim olayotgan talabalar, ya'ni

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling