O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Korxonaning umumiy natijasi bo'yicha o‘rganiladi


Download 1.1 Mb.
bet4/149
Sana25.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1227687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
Bog'liq
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1

Korxonaning umumiy natijasi bo'yicha o‘rganiladi


Real voqelikda - tabiat va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni tahlilsiz o‘rganib bo‘lmaydi. Eslab ko‘ring-a, Sizga yoshlik chog‘ingizda ota-onalaringiz muruwatini burab qo‘ysa harakatlanuvchi o‘yinchoq mashina yoki yotqizib - turg‘izsangiz tovush chiqarib “yig‘laydigan qo‘g‘irchoq” sovg‘a qilganlarida, albatta Siz uni nima harakatga keltirayotganligini yoki nima yordamida tovush chiqariiay0tganligini bilmoqchi bo‘lib uni pachoqlab “bo‘laklarga bo‘lib”, “qismlarga- ajratib” ko‘rgansiz. Ko'rinib turibdiki, insonning analitik qobiliyati uning aqlini tanigan dastlabki kunlardanoq boshlanar va bunda u hodisa va jarayonlarni o‘rganishda qo‘llaydigan dastlabki usullardan biri ham tahlil bo‘lar ekan. Tahlilning vujudga kelishining tarixiy chegaralarini tavsiflashib “Yong‘oqni bo‘lishni o‘ziyoq - tahlilning boshlanishidir” deb aytishadi.
Shunday qilib, tahlil deganda, keng ma'noda butunni tarkibiy qismlarga ajratish va ulami barcha o‘zaro aloqalari hamda bogTiqliklarini o‘rganishga asoslangan atrof muhitdagi hodisa va prcdmetlami bilish usuli tushiniladi.
Ma'lumki, tahlil tushinchasi juda keng ma'noga ega bo‘lib, u turli soha va yo‘nalishlarda qo‘llanadi. Fan va amaliyotda tahlilni juda ko‘p turlarini uchratish mumkin: kimyoviy, fizik, matematik, statistik, iqtisodiy va h.k. Ular albatta bir-biridan o‘rganayotgan obyektlari, maqsadlari va o‘rganish uslublari bilan farq qiladi.
Yuqoridagi fikrlarga tayanadigan bo‘lsak, iqtisodiy tahlil o‘z faoliyatida dialektikaning asosiy tamoyillariga asoslanadi. Ular quyidagilardan iborat:
-doimo harakat;
-o‘zaro aloqa va o‘zaro bog‘liqlik;
-sabab-oqibat;
-koordinatsiya va subkoordinatsiya;
-qarama-qarshilik;
-miqdor o‘zgarishidan sifat o‘zgarishi;
-inkomi-inkor va boshqalar.
Tahlilning xususiyati, zaruriyligi va qimmatli tomoni, u voqea- hodisalami dinamikasini o‘rganadi.
Bu jarayonda mazkur fan tadqiq qilish mumkin bo‘lgan obyektiv reallik; predmet va hodisalar u yoki bu tomon hamda jihatlarga ko‘ra boshqalar bilan bevosita va bilvosita bog‘liq bo‘lgan holda, doimo harakatda, o‘zgarishda deb o‘rganiladi.
Iqtisodiy hodisalarni bir-birlariga bogTiqligini, o‘zaro harakat- larini, alohida yuzaga chiqishini va boshqa tomonlarini o‘rganmas- dan turib, ulaming tuzilishi, harakat qonunlari, xususiyatlarini o‘rganib bo‘lmaydi. Bu esa muayyan iqtisodiy obyektni muhim belgilarga ko‘ra bo‘laklarga bo‘lib, so‘ngra ulami umumiyligini ta'minlovchi jihatlarini tahlil yordamida aniqlab tegishli xulosalar olishda hamda ulardan amaliyotda foydalanishda juda muhimdir.
Inson tomonidan iqtisodiy faoliyatdagi turli voqealar kuzatilib ulaming natijalari to‘g‘risida ma'lumotlar olinadi ya'ni faktlar to‘planadi.
MaTumki fanda voqealar bevosita o‘zi tahlil etilmaydi, balki ular qayd etilgan faktlar bo‘yicha o‘rganiladi.

Emperik bilishlar bo‘yicha qayd etilgan faktlar fanga kiradi, qayta ishlanadi va saqlanadi. Lekin inson tomonidan qayd etilgan faktlar bir butun voqea yoki predmetni o‘rganish uchun yetarli hisoblanmaydi. Buning uchun o‘rganilayotgan obyekt muayyan belgilar bo‘yicha guruhlar va yoki bo‘laklarga ajratilishi zarur. Bulardan ma'lum bo'lmoqdaki aniq obyekt to‘g‘risida ilmiy faktlar to‘plash, ulami tahlil qilishdan boshlanar ekan. Yuqorida aytilgan- lardan shu xulosaga keUsh mumkinki tahlil, jamiyat yoki tabiatdagi voqea va hodisalami o‘rganish usuli bo‘lib yuzaga chiqadi.
Bir butun obyektni fikran bo‘laklarga bo‘lib o‘rganish tahlilda o‘ta ahamiyatli tadqiqot usuli bo‘lib hisoblanadi. Mazkur usul o‘rganilayotgan hodisani ichki mohiyatini ochishda va uni turli omillarga bog‘liqligini aniqlashda juda muhimdir. Bunday fikrlash- da falsafaning abstrakt usul-uslublaridan keng foydalaniladi.
Tahlilda bir butun hodisa yoki predmet bo‘laklarga bo‘linib, uning har bir alohida tomonlari o‘rganiladi. Lekin, bu bilan o‘rga- nilayotgan obyektni to‘la ma'noda tavsiflab bo‘lmaydi. Buning uchun, obyektni o‘rganilayotgan tomonlarini umumlashtirib, umumiy jihatlami xosil qilish kerak. Mazkur masala sintez usuli bilan amalga oshiriladi.
Ta'kidlash kerakki, hodisa yoki jarayonlar o‘rganilib ilmiy xulosalar chiqarilishida tahlil va sintez usuli birgalikda harakat qiladi. Mazkur tartib obyektning dialektik birligini ta'minlaydi. Bu bilan tadqiq etilayotgan predmet yoki hodisalaming dialektik birligini har tomonlama bilish mumkin.
Faktlar tahlilidan nazariy sintezga o‘tish induksiya va deduksiya metodlari yordamida amalga oshiriladi.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling