O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi
Download 1.1 Mb.
|
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- iqtisodiyotni
- Iqtisodiy tahlilning turi, deganda malum belgilari, xossalari, vazifasi va shu kabilar bilan umumiy bo‘lgan guruhlar yoki bir butunlikni tashkil etgan yaxlit xillari tushuniladi.
D. Integral usul.
V bob. IQTISODIY TAHLILNING TURLARI VA AXBOROT MANBALARI Iqtisodiy tahlil va uni turlarga ajratish Jahonda 2008 yildan so‘ng ro‘y bergan global moliyaviy-iqti- sodiy inqirozni ilmiy tadqiq qilish asosida uning boshlanishiga sabab bo'lgan voqeliklar birma-bir topilib, ulaming shakli hamda mazmuni aniqlanib salbiy hodisaga ko‘rsatgan ta'sirlari o‘rganilmoqda. Agar moliyaviy iqtisodiy inqirozni keltirib chiqargan sabablarga e'tibor qilsak ulami shartli ikki yirik guruhga bo‘lish mumkin. Ya'ni, makroiqtisodiy hamda mikroiqtisodiy darajadagi sabablar. Bular to‘g‘risida ommaviy, ilmiy matbuotlarda ko‘p yozilmoqda. Mikroiqtisodiy darajadagi sabablarga ko‘plab xo‘jalik subyektlari tomonidan biznes rejalami ilmiy asosda tuzilmaganligi, moliyaviy hisobotlardagi ko‘rsatkichlarini iqtisodiy assosiz oshirib ko‘rsatilishi, aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqarilgan aksiyalaming qiymati uning haqiqatdagi aktivlariga muvofiq kelmasligi, mazkur holatlarga auditorlik firmalarini jiddiy munosabatlari bildirilmagani, hamkorlar salohiyatini yetarlicha o‘rganmay ular bilan iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabilami ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin. Bunday voqeliklami ommaviy tarzda sodir bo‘la boshlagani iqtisodiy subyektlardagi xo‘jalik mexanizmida shu bilan birga uning muhim elementi bo‘lgan hisob tizimida ham bir qator jiddiy kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatib berdi. Ayniqsa, bu kamchi- liklar xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish ishlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Agarda, xo‘jalik subyektlari har bir iqtisodiy voqelikni ilmiy asosda chuqur tahlil qilib boshqaruv qarorlarini o‘z vaqtida qabul qilganlarida edi, jahon miqiyosida inqiroz tufayli o‘z faoliyatini to‘xtatgan, bankrot bo‘lgan korxonalar soni bu darajada ko‘p bo‘lmas edi. Chunki, xo‘jalik subyekti faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish uning har tomonlama bilish, rcsurslami samarali boshqarish, investitsiyalar jalb qilish, boshqa korxonalar bilan iqtisodiy munosabatlar o‘matish hamda turii maqsadlar uchun muhim ahamiyatga ega. Jahonda ro‘y bergan inqirozga qaramasdan respublikamiz hisob tizimida, xususanda xo‘jalik subyektlari faoliyatining iqtisodiy tahlil qilish borasida va uni rivojlantirishda ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirildi hamda bu jarayon hozirda ham davom ettirilmoqda. Mazkur ijobiy ishlar, ko‘plab turdagi shu kabi tadbirlar bilan birgalikda respubllkamiz iqtisodiga, jumladan xo‘jalik subyektlari faoliyatiga global jnqirozning salbiy ta'sirlarini yumshatish va uni talofatlarsiz yengib "o‘tishga qaratilgan omillar bo‘lib hisoblandi. Hatto, jahonda inqirozning davom etishiga qaramasdan 2008-2011-yillar bo‘yicha respublikamizda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi o‘rtacha 8 foizdan yuqori bo‘lishiga erishildi. Xalqaro xo‘jalik tizimidagi jiddiy o‘zgarishlar, respublika- mizda esa iqtisodiy islohotlar ko‘lamini, ham kengayib, ham chuqurlashib borishi, shuningdek, inqirozning milliy iqtisodiyot- lafga ko‘rsatayotgan ta'sirlari xo‘jalik subyektlari faoliyatini yanada obyektiv iqtisodiy tahlil qilish zarurligini talab qilmoqda. Bu esa, iqtisodiy tahlil borasidagi ishlami davr ehtiyojlari asosida takomillashtirish vazifasini yuzaga chiqarmoqda. Aynan shu paytni o'zida raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirishga erishish mazkur masalani dolzarbligi va uning ahamiyatini yanada oshirmoqda. Respublikamizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tezlashtirish innavatsion yangiliklar va uni zudlik bilan amalda qo‘llash asosida bo‘ladi. Natijada mavjud bo‘lgan moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona hamda samarali foydalanilib, turli hildagi yangi, arzon va sifatli mahsulotlar ishlab chiqishga erishiladi. Mahsulotlar diversifikatsiyasi tufayli bozordagi turli xil ehtiyojlami qondirishga harakat qilinadi. Shu asosda, maqbul foyda hajmiga erishish, moliyaviy holatni yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish kabi ijobiy natijalar qo‘lga kiritiladi hamda korxonalaming raqobatdoshligi ta'minlanadi. Qayd etib o‘tilgan masadga erishish hamda vazifalami muvaffaqiyatli bajarilishida xo‘jalik mexanizimini bo‘g‘ini bo‘lgan iqtisodiy tahlil muhim vosita bo‘lib ishtirok etadi. Iqtisodiy tahlil iqtisodiy axborot hamda ma'lumotlarini o'rganib, ulami qayta ishlab korxona faoliyatini ilmiy asosda yo‘lga solib turadi. Biroq, iqtisodiy munosabatlarda korxona murakkab tuzilish va faoliyatga ega bo‘lgan obyekt bo‘lganligi uchun, u tahlil vositasida kompleks, tizimli, joriy, tezkor, istiqbolli, mavzuga qaratilgan va shu kabi jihatlar asosida o‘rganiladi. Chunki, har bir yondashuvning obyektni alohida hamda birgalikda o‘rganishda o‘ziga xos ijobiy tomonlari mavjud. Tahlil uchun tanlab olingan muayyan yondashuv belgilangan maqsad va vazifalariga ko‘ra obyektning aniq, ishonchli, keng ko‘lamda hamda ilmiy asosda tadqiq etib, zarur xulosalami beradi. Turli yodhshuvlar esa o‘zaro biror-bir tahlil turi bajargan ishlami, aynan qaytarib bera olmaydi yoki bu borada jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Demak, korxonalar faoliyatini to‘liq va samarali o‘rganish uchun iqtisodiy tahlilning turlarga ajratish hamda har bir tahlil turini to‘liq o‘rganish zarur ekan. Bu bilan iqtisodiy tahlilning analitiklik tavsifi yanada oshadi hamda boshqaruv maqsadlari uchun etarli ma'lumotlami etkazib bera oladi. Iqtisodiy tahlilning turlarga ajratish zaruratining zamirida boshqaruv funksiyalari va ulaming murakkabligi yotadi. Iqtisodiy tahlil mazmun va mohiyati jihatidan turli shakllarga, xillarga ega. Ammo ko‘pgina iqtisodiy adabiyotlarda ular farqlanmasdan ishlatiladi. Vaholanki, ular mazmun jihatidan bir- biridan farq qiladi. Iqtisodiy tahlilning turi, deganda ma'lum belgilari, xossalari, vazifasi va shu kabilar bilan umumiy bo‘lgan guruhlar yoki bir butunlikni tashkil etgan yaxlit xillari tushuniladi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling