[qdsodiy tahlilning shakli deganda uning o‘ziga xos bo‘lgan tashqi ko‘rinishi, ya'ni uni amalga oshirish yo‘llari, usullari tushuniladi.
Iqtisodiy tahlilning turi va shakli mazmun jihatidan bir-biriga juda yaqin, chunki ulaming ikkalasi ham tahlil qiluvchining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadini amalga oshirishga xizmat qiladi. Ammo ulaming bir-biridan ma'lum belgilari, shakli, va mazmuni bo‘yicha farqi bor. Tahlilning turi necha xil bo‘lishidan qat'iy nazar, ularda bir-biriga judh yaqin va o‘xshash usullardan foydalaniladi. Tahlilning shaklida esa har birida o‘ziga xos usullar majmuasi qo‘llanilishi mumkin.
Iqttsodiy tahlilning turi uning belgilari bo‘yicha guruhlanadi. Bu tahli lga qaysi nuqtai nazardan qarashga bog‘liq.
Masalan, iqtisodiy tahlil mazmun jihatidan qaralsa u global, lokal va tematik tahlilga bo‘linadi. Bulaming hammasida bir xil usullardan foydalanish mumkin. Ammo iqtisodiy tahlilning shaklini ko‘radigan bo‘lsak, uni makon va zamon nuqtai nazaridan qarab, unda qo‘llaniladigan o‘ziga xos usullaming majmuasidan kelib ehiqiladi. Maslan, kompleks tahlilda qo‘llaniladigan kompleks baholash usullari funksional qiymat tahlilida (FQT) qo‘llanilmaydi. FQTda qo‘llaniladigan usullar omilli tahlilda qoTlanilmasligi mumkin va hokazo.
Iqtisodiy tahlil turli belgilari bo‘yicha tasniflanadi. Bu masala lurli darslik va adabiyotlarda turhcha yoritilgan. Ko‘p adabiyot- larda 2-3 ta, ba'zilarida 6-7 ta, ba'zilarida 8 ta belgi bo‘yicha lasniflanadi.
Tadqiqotlar natijasida iqtisodiy tahlilning turlarini tasniflashda quyidagi belgilardan foydalanish maqsadga muvofiq, degan xulosaga kelinadi.
5.1-chizma. Iqtisodiy tahlil turlarini tasniflashdaqo ‘llaniladigan belgilar
Bularga: mazmuni bo‘yicha tasniflash makon nuqtai nazaridan qarash; tahlil qiluvchilar (subyekti) bo‘yicha; tarmoq tamoyili bo‘yicha; zamon nuqtai nazaridan tasniflash; ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlami o‘rganish bo‘yicha; kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bosqichlari bo‘yicha; kompyuterlashtirish darajasi bo‘yicha tasniflash kabi belgilari kiradi.
Yuqorida ta'kidlanganidek, iqtisodiy tahlil turlari uning shakllaridan farq qiladi. Iqtisodiy tahlilning shakillari bir-biridan ma'lum darajada o‘ziga xos bo‘lgan usullari, ketma-ketligi, maqsadi va vazifalari bilan ham farq qiladi. Masalan, kompleks tahlilda xo‘jalik faoliyati makon va zamon nuqtai nazaridan batafsil tahlil qilinadi. Unda asosiy usullar tariqasida kompleks baholash usullari qo‘llaniladi. Ushbu tahlil ma'lum darajada omilli tahlildan farq qiladi.
Omilli tahlilda xo‘jalik faoliyatiga ta'sir qiluvchi omillaming natijasini aniqlash usullari o‘rganiladi. Bu juda ko‘p tahlilda omilli tahlil usullari asosiy bo'lmasdan, balki xulosani chuqurlashtirish uchun foydalaniladi.
Shu ikki tahlil shaklidan farqli o‘laroq fuksional-qiymat tahlili (FQT) ham mavjud. FQT da ikki tahlilda ham qo‘llanilmaydigan, qo‘llanilsa ham kam qo‘Uaniladigan usullardan foydalaniladi. Boshqa tahlillar asosan ma'lum ko‘rsatkichlar, aniq raqamlarga asoslansa, FQT da ko‘p hollarda mantiqiy evristik tahlil usullaridan foydalaniladi.
Xuddi shunday holatni boshqa tahlil shakllari bo‘yicha ham keltirish mumkin. Demak, iqtisodiy tahlilning turlarida ma'lum darajada metodologik mushtaraklik bo‘lsa, shakillarida o‘ziga xoslik ustuvordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |