O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi
Download 1.1 Mb.
|
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qayd etib o‘tilgan tahlil turlari korxona faoliyatini o‘rganish va boshqarishda o‘z ahamiyatiga ega.
texnik-iqtisodiy;
ijtimoiy-iqtisodiy; iqtisodiy-ekologik; diognostik tahlil; ichki tahlil; tashqi tahlil va shu kabilar. Qayd etib o‘tilgan tahlil turlari korxona faoliyatini o‘rganish va boshqarishda o‘z ahamiyatiga ega. Moliyaviy tahlil Dialektika tushunchasidan ma'lumki borliqdagi har bir obyekt garchand alohida mavjuddek bo‘lib ko‘rinsada, u son-sanoqsiz jihatlari bilan boshqa obyektlar bilan chambarchas bog‘liqlikda harakat qiladi yoki yashaydi. Iqtisodiy obyekt sifatida korxonalar ham ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda boshqa obyektlar bilan o‘zaro aloqada va doimo birgalikda faoliyat yuritadi. Demak, korxona bilan birgalikda faoliyat olib borayotgan, u bilan hamkorlik qilayotgan yoki qilmoqchi bo‘lgan, raqobatdosh bo‘lgan va shu kabi turli obyektlar fikrimizga misol bo‘la oladi. Har bir alohida olingan obyektlar o‘z maqsadi, manfaati hamda ehtyojidan kelib chiqib o‘zlarini qiziqtirayotgan korxonalarni qaysidir tomonlarini o‘rganadilar. Bozor munosabatlarida korxonalaming mulkining ko'p bo‘lishi, ulardan samarali foydalanish holati, mulkni shakllanish manbalari hamda ulaming tarkibi, moliyaviy natijalar holati va dinamikasi, pul oqimlari harakati va miqdori, ulaming faoliyat harakati bilan mutonosibligi, xususiy kapital va uning tarkibi, o‘zgarish holati, to‘lov qobilyati, aktivlar likvidligi shu kabi moliyaviy holatni ifodalovchi axborotlar juda ko‘p turdagi hamkorlami qiziqtiradi. Misol uchun, kredit beruvchi institutlar uchun moliyaviy holatni barcha tomonlari zarur bo‘Isa, mol yetkazib beruvchi uchun to‘lov qobilyati hamda likvidlik ko‘rsatkichlari, aksionerlar uchun moliyaviy natijalar hamda xususiy kapitaldagi o‘zgarishlar, qarz beruvchilar uchun garrov bilan ta'minlanganlik, xaridorlar uchun shartnoma hajmidagi mahsulot ishlab chiqarish uchun korxonaning moliyaviy imkoniyati mavjudligi kabilardir. Demak, korxonaning moliyaviy holati tashqi hamkorlar uchun juda ham muhim ahamiyatga ega. Ular o‘zlari uchun zarur bo‘lgan ma'lumot va axborotlami tahlil qilib, zarur xulosalar olib so‘ngra biznes qarorlarini qabul qiladilar. Moliyaviy holat nafaqat tashqi foydalanuvchilar, balki korxonaning ichki ehtiyojlari uchun ham zarurdir. Mulkdorlar, boshqaruvchilar, menejerlar, xodimlar doimo korxonaning moliyaviy jihatdan ahvoli yaxshi bo‘lib borish ta'rafdorlaridir. Chunki, moliyaviy holatni yaxshilanishi mulkdomi yanada boy qiladi, boshqaruvchilar, menejerlar hamda xodimlarning maoshini hamda boshqa daromadlarini oshiradi, korxonani raqobatchilar orasida mulki hamda imijini oshiradi. Korxona muayyan mamlakat yoki mamlakatlar hududida joylashgan bo‘ladi. Demak, u mamlakat iqtisodiyoti uchun o‘z ahamiyatiga ega. Jamiyatdagi korxonalaming moliyaviy holatini takomillashib borishi tarmoqlami, umuman milliy iqtisodiyotni yaxshi holatda rivojlanayotganidan dalolat beradi. Korxonada muayyan mahsulotlar ishlab chiqariladi, xizmatlar ko'rsatiladi yoki ish bajariladi, u soliq to‘laydi hamda ajratmalami amalga oshiradi, xodimlar ish haqi oladi, turli tadbirlarga homiylik qiladi. Demak, korxonalar milliy iqtisodiyotdagi, tarmoqdagi yoki hududdagi ahamiyatiga ko‘ra ham tegishfi vazirliklar yoki qo‘mitalar tomonidan o‘rganiladi. ,Bu bilan ularga zaruratga ko‘ra turli moliyaviy imtiyozlar (foizi past bo‘lgan kreditlar, soliq bo‘yicha, bojxona yig‘imlari) yoki yordamlar (subsidiya, subvensiya, grantlar) beriladi. Muxtasar qilib aytganda moliyaviy natijalar va holat, ularga bog‘liq bo‘lagan ko‘rsatkichlar tahlili davlat, tashqi hamkorlar va korxonaning o‘zi uchun ham zarur ekan. Moliyaviy tahlil - korxonaning aktivlari, majburiyatlari, kapitali, moliyaviy natijalari, asosiy vositalari, pul oqimlari va ulaming holati, tarkibi, o‘zgarishlarini ta'sir qiluvchi omillar hamda maxsus ko‘rsatkichlar tizimi asosida tadqiq etish va o‘rganishdir. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling