O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


FQT mohiyati, mazmuni va xususiyatlari


Download 1.1 Mb.
bet98/149
Sana25.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1227687
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   149
Bog'liq
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1

FQT mohiyati, mazmuni va xususiyatlari. FQTni qo‘llashdan maqsad korxonaning xarajatlarini kamaytirish evaziga uning faoliyatida yuqori samaradorlik va sifat ko‘rsatkichiga erishishdan iboratdir. Bunga iqtisodiy hodisa, jarayon va faoliyat sodir bo‘lmasdan oldin sistemali ravishda tahlil qilish orqali erishiladi. Natijada mahsulotning yuqori sifati, ishning yuksak samaradorligi ta'minlanadi. Shu tufayli FQT iqtisodiy tahlilning eng samarali va ilg‘or shakllaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Tahlilning bu shakli asosan mikroiqtisodiyot darajasida qo‘llaniladi. Bunda ham aniq bo‘g‘inlami, mahsulotni, jarayonni, faoliyatni obyekt qilib oladi, Masalan, biror mahsulotni ishlab chiqarish, tovar harakatini boshqarish, yoki biror mutaxassis fao- liyatini takomillashtirish kabilar. Demak, FQTning qo‘llanilish doirasi qisqa va aniq maqsadlami ko‘zda tutar ekan.
Shunday qilib, FQT deb ish, faoliyat mehnatning samara- dorligi va sifatini oshirish maqsadida, ulami sistemali ravishda, sodir bo‘lmasdan oldin, mantiqiy (evristik) yo‘l bilan, tahlil qilish orqali mahsulotni ishlab chiqarishda unga sarflanadigan xarajatlami va bajariladigan ftmksiyalami kamaytirish evaziga uning foy.daliligi va rentabelligini ko‘paytirishga qaratilgan tadbirlami amalga oshirish jarayoniga aytiladi.
FQT o‘aga xos xususiyatlarga ega. Bular quyidagilardan iborat:

  1. Tahlil qilinayotgan obyekt hali ishga tushmagan, faoliyat ko‘rsatmayotgan, loyihalashtirish, rejalashtirish bosqiehida bo‘lishi mumkin. Shu tufayli FQT iqtisodiy jarayon sodir bo‘lmasdan oldin o‘tkaziladi.

  2. Har bir tahlil qilinayotgan obyektda birorta hodisa yoki iqtisodiy jarayonning to‘liq sodir bo‘lishi uchun u qanday funksiyalardan iboratligi aniqlanadi. Bunday tahlilda, abstrakt tafakkur, evristik tahlillardan foydalanish mumkin.

  3. FQTda barcha funksiyalar uchga bo‘lib o‘rganiladi: asosiy, qo‘shimcha, nokerak. Tahlil qilinadigan obyekt faoliyatini loyihalashtirishda nokerak fimksiyalami bartaraf qilish yo‘llari ishlab chiqiladi. Bu esa xarajatning o‘z-o‘zidan kamayishini ta'minlaydi.

  4. Har bir asosiy va qo‘shimcha funksiyalaming qanday amalga oshishi belgilanadi. Imkoni boricha bu funksiyalar ham tejamli yo‘llar bilan mahsulot (ish, xizmat) sifatini oshiradigan darajada bajarilishini ta'minlaydi.

  5. FQT samaradorligi oldindan aniqlanadi, chunki ta'kidlan- ganidek, oldindan aniqlangan nokerak funksiyalar sodir bo‘lmas- dan, ularga mablag‘, vaqt yo‘qotilmasdan bartaraf qilinadi. Bu ham uning o‘ta samarali iqtisodiy dastak ekanligidan dalolatdir.

Ushbu tahlilda axborot manbai bo‘lib o‘tgan, sodir bo‘lgan iqtisodiy jarayonni ifodalovchi hisobotlar emas, balki bajarilishi lozim bo'lgan, ko‘proq ilmiy va mantiqiy yo‘l bilan aniqlangan, hali sodir bo‘lmagan funksiyalar tizimi hisoblanadi.
Faoliyat ko‘rsatayotgan obyektlarda FQT biznes-rejani tuzishda qo‘llaniladi. Uning har bir ko‘rsatkichini asoslash uchun fimksiyalami tarkiblash (asosiy, qo‘shimcha, nokerak) tamoyiliga asoslanadi. Bu esa iqtisodiy ko‘rsatkichlarning ham yaxshilanishini, iqtisodiy o‘sishni samarali yo‘llar bilan ta'minlash imkonini beradi.
FQTda tahlilning ham, tahlil qilinayotgan obyektning ham maqsadini, kutilayotgan natijasini, funksiyasini, mohiyatini, ta'sirini va aloqasini aniqlab olishni taqozo qiladi. Obyektning maqsadida u orqali nimaga erishilishi ko‘zda tutilsa, natijada shu obyekt nimaga erishilganligi ko'rsatiladi. Uning fimksiyasida shu obyektning nima qilishi ko‘zda tutilsa, mohiyatida shu obyekt nima qila olishini ko‘rsatadi, Obyektning ta'siri, deganda obyektning nimani o‘zgartira olishi tushunilsa, uning aloqasida FQT boshqa ko‘rsatkichlarga ta'sir qilish nimalar orqali amalga oshishi ko'rsatiladi. Shu tufayli FQTni amalga oshirish jarayonida ushbu iboralardan to‘g‘ri va aniq foydalanish lozimdir.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling