biznes-reja va h.k.
Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish uchun quyidagi tashqi manbalardan ham foydalaniladi:
davlatning iqtisodiy sohadagi siyosatini ifodalovchi siyosiy xarakterdagi manbalar, masalan, tijorat faoliyati bilan shug‘ullanuvchilami soliq yukini pasaytirish orqali rag‘batlantirish yoki ayrim turdagi faoliyatlami cheklashlarni keltirish mumkin;
ayrim turdagi tovarlar, xizmatlarga bo‘lgan talab va ehtiyojlar, kredit stavkalari foizi, chet el valyuta kursini o‘zgarishi, ayrim kompaniya va tijorat banklari reytingi to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
mol etkazib beruvchilar, xaridorlar, investorlar, kreditorlar- ning moliyaviy ahvoli to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
rahbar lovozimdagi yuridik shaxslaming ishbilarmonlik va shaxsiy sifat ko‘rsatkichlarini ifodalovchi ma'lumotlar;
gazeta, jumal, biija byulletenlari, televidenie va radio, internet ma'lumotlari va h.k. °
Tahlil manbalari gunjhlarga ajratiladi, hisobotlarda aks etgan ma'lumotlar har tomonlama chuqur tekshiruvdan o‘tkazilib, so‘ng ma'lumotlarga analitik ishlovlar beriladi.
Funksional qiymat tahlili
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo'jalik subyektlari ko‘zda tutilmagan hodisa va jarayonlarga ko‘plab duch kelishi muqarrar. Bu sharoitda har bir korxona, firma o‘z faoliyatini chuqur tahlil qilib noan'anaviy qarorlar qabul qilishni, ko‘zda tutilmagan chora- tadbirlami qo‘llashni talab qiladi. Bunga faqat funksional-qiymat tahlilini (FQT) qo‘llash yo‘li bilan erishish mumkin.
FQT jahon amaliyotida, ayniqsa taraqqiy etgan mamlakatlarda keng qo‘llanilib kelinmoqda. Uning samaradorligi beqiyos ekanligini jahon amaliyoti takror va takror isbotlab kelmoqda, chunki mahsulotning (ish, xizmatning) sifatini unga sarf qilina- digan xarajallami kamaytirish evaziga erishib kelinmoqda. Bu esa o‘z navbatida korxonaning ichki va tashqi bozordagi raqobatda yutib chiqishini, uning moliyaviy barqarorligi mustahkamliligini ta'minlamoqda.
FQT iqtisodiyotning barcha sohalarida (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, xizmat, savdo kabilar) qo‘llanilishi mumkin. Uning ahamiyati beqiyosdir, chunki jamiyatda manfaatlar mushtarakligini ta'minlaydi. U eng awalo mehnatkash manfaatiga mos, ulami ortiqcha samarasiz ishlashdan, nokerak funksiyalami amalga oshirishdan xoli qiladi va shu yo‘l bilan barcha qilinadigan mehnatning foydaliligini ta'minlaydi. Shu orqali ular bir xil mehnatga bir vaqt birligida ko‘p mehnat haqi olishga erishadi.
FQT mulk egasi - investorlar manfaati uchun ham xizmat qiladi. U eng avvalo, mahsulot sifatini yaxshilash evaziga mulk egasining iste'mol bozoridagi nufuzini oshiradi. B&inchidan, korxonada ortiqcha sarf-xarajatlami kamaytirish evaziga uning iqtisodiy samaradorligi oshishiga, foydaning ko‘payishiga zamin yaratadi. Korxona faoliyatida moliyaviy barqarorlik ta'minlanib, uning raqobatga bardoshliligi oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |