O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Download 1.1 Mb.
bet104/149
Sana25.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1227687
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   149
Bog'liq
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1

5. 7-chizma. Iqtisodiy tahlilning makon nuqtai nazaridan tasnifi.
Xo‘jalik faoliyatini o‘rganishga qaratilgan tahlil vositasida korxonadagi muayyan ish joyi, smena, zveno, brigada yoki sex faoliyatini alohida-alohida o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Har bir elementni alohida o‘rganish obyektga taalluqli bo‘lgan hodisa va jarayonlarni aniq bilishga hamda ko‘rsatkichlami korxonaning umumiy faoliyatiga qay tartibda, qanchalik ta'sir qilayotganini ko'rsatib beradi.
Mazkur tahlil turi korxona tarkibidagi faqat bir bo‘lim yoki sohani to‘liq va chuqur o‘rganish uchun tashkil etiladi. Xulosalari esa shu bo‘lim yoki sohaga taalluqli bo‘ladi. Yana, ushbu tahlida ko‘proq miqdor o‘lchamidagi ko‘rsatkichlar tadqiq etiladi hamda ko'rsatkichlami yanada yaxshilash evaziga yakuniy faoliyatning samarali natijalari belgilab olinadi.
Ichki xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishda asosiy manbalar bo‘lib o‘rganiladigan bo'lim yoki soha bo‘yicha tuzilayotgan hisobot ma'lumotlari hamda buxgalteriya hisobotlari, boshlang‘ich hujjatlar, statistik va tezkor hisob ma'lumotlaridan hisoblanadi. Xo‘jalik ichki faoliyatini o‘rganishdagi maqsadlardan biri korxonadagi eng ilg‘or tajriba yoki eng qoloq holatlar nimalardan iborat ekanligini bilib olishdir.
Korxonalararo tahlil o‘rganilayotgan ko‘rsatkichni ikki va undan ortiq korxonalaming xuddi shunday ma'lumotlari asosida taqqoslab o‘rganish tushuniladi. Bunday tahlilni tashkil etishning zaruriyati shundaki, korxonalar o‘rtasida o‘rtacha yoki eng yuqori natijalar darajasini bilish zaruryatidir. Muayyan korxonaning erish- gan natijasi yoki o‘rtacha ko‘rsatkichi boshqa raqobatdosh korxo- nalarda qanchalik ekanligini ko‘rish, va boshqa korxonalar o‘rtasida o‘rganilayotgan subyekt qanday mavqeiga egaligini bilishdir.
Korxonalararo tahlilni amalga oshirishda quyidagilarga e'tibor qaratilishi lozim:
korxonalar ixtisosi, hajmi va boshqa sharoitlari bir xil bo‘lishi zarar;
taqqoslanadigan ko'rsatkichlaming aniqlanish uslublari aynan bir xil bo‘lishi lozim.
Raqobatdosh iqtisodiyotda korxonalararo tahlil turining ahamiyati beqiyosdir.

  1. Hudud, tarmoq va vazirlik bo‘yicha tahlil

Hudud, tarmoq va vazirlik bo‘yicha erishilgan asosiy eng muhim ko‘rsatkichlami tahlil qilish iqtisodiyotni makro boshqarishda o‘ta muhim masaladir. Ushbu tahlil turi tegishli statistik ma'lumotlami o‘rganish asosida amalga oshiriladi. Bunda hudud, tarmoq va vazirlik bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar, ya'ni yalpi ichki mahsulot, mehnat unumdorligi, o‘rtacha ish haqi va shu kabilar ko‘rsatkichlar o‘rganiladi.
Tahlil qilishda ko‘llaniladigan uslublar ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan, ko‘rsatkichlami o‘rganishda korxonalar soni ko‘p bo‘lganligi uchun guruhlashtirish va balans usullaridan keng foydalaniladi.
Hudud, tarmoq va vazirlik bo‘yicha umumlashtirilgan iqtisodiy ma'lumotlami o‘rganish mamlakat uchun qaysi obyektlar yuqori samara keltirayotganligini yoki aksincha, makro darajada o‘rtacha natijalar qandayligini bilish uchun ham zarurdir.
Kengaytirilgan ishlab chiqarish j^miyat taraqqiyotining asosini tashkil qiladi. U to‘rtta bosqichdan iborat. Birinchisi moddiy va nomoddiy ne'matlar ishlab chiqarish bo‘lsa, ikkinchisi uning taqsimotidir. Uchinchi bosqich, muomila bosqichi va nihoyat oxirgi bosqich iste'moldir. Hamma bosqichlarda o‘ziga xoslik bor. Shu tufayli ushbu soha bo‘yicha ham tahlil turlari mavjud. Ular ishlab chiqarish sohasi tahlili, taqsimot sohasi tahlili, muomila sohasi tahlili va iste'mol sohasi tahlilidir.


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling