O‘zbekicton respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 0.94 Mb.
bet2/8
Sana11.10.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1697523
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
89361 Адабиёт назарияси 2020 2021 3 курс фан дастур!

Fanning maqsadi va vazifalari
Fanning asosiy maqsadi talabaga adabiyot nazariyasi bo‘yicha bilim berish bo‘lib, unda badiiy asar mohiyati, badiiy ijod qonuniyatlari, ijod psixologiyasi, adabiy tur va janrlar, badiiy asarning shakli va mazmuni, poetik nutq, uslub va shu kabi bir qator nazariy masalalarni aniq badiiy asarlarga tatbiq etgan holda o‘rgatishdan iboratdir. SHu ma’noda quyidagi vazifalar muhim sanaladi:
-San’atning estetik tabiati haqida ma’lumot berish;
-Adabiy-nazariy tafakkur tarixini tushuntirish;
-Adabiyot nazariyasining boshqa fanlar bilan aloqadorligini o‘rgatish;
-Adabiyot va san’atning turlari, xususan, badiiy adabiyotning ijtimoiy-estetik mohiyatini tushuntirish;
-Adabiy tur va janrlar genezisi masalasini talqin etish;
-Adabiyot nazariyasi dasturida berilgan mavzularni yangiliklar bilan boyitib borish;
-Epik, lirik va dramatik turlar sinkretizmini tushuntirish;
-Adabiyot nazariyasi vositasida adabiy jarayonni baholab borish masalalarini o‘rganish va boshqa qator nazariy masalalar talqinidan iboratdir.
Fan bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmagaqo‘yiladigan talablar
“Adabiyot nazariyasi” fani dasturi Davlat ta’lim standartlari, namunaviy dasturlarga qo‘yiladigan ilmiy-metodik talablar asosida shakllantirilgan.
“Adabiyot nazariyasi” fani bo‘yicha bakalavr talaba badiiy adabiyotning umuminsoniy mohiyati, adabiy-nazariy tafakkur tarixidagi o‘ziga xosliklar, badiiy asar mavzusi va poetik g‘oyasi, poetik tafakkurga xos belgilar, badiiy ijod qonuniyatlari va ijod psixologiyasi, badiiy adabiyotning ijtimoiy hayotdagi o‘rni, badiiy asarni qabul qilish masalalari, jahon adabiyotshunosligida kechayotgan jarayonlarhaqida tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Ushbu fan doirasida talaba adabiyotshunoslik nazariyasining tarix, falsafa, psixologiya va boshqa ijtimoiy fanlar bilan bog‘liqligini, adabiyotshunoslik ilmi va adabiy jarayondagi nazariy masalalarni, badiiy asarning shakl va mazmuniga oid nazariy qarashlarni, lirikaning poetik mohiyatini, badiiy asar tili, poetik nutq va uslubiy individuallik masalalarini bilishi va ulardan foydalana olishi lozim. SHuningdek, nazariy bilim olgan bakalavr talaba adabiy manbalarga nazariy baho bera olish, badiiy asarni filologik nuqtai nazardan talqin va tahlil etish, badiiy adabiyot va san’atning mazmun-mohiyati bo‘yicha adabiy suhbatlar o‘tkazish, mavjud adabiy manbalar asosida ilmiy xulosa va nazariy umumlashmalar chiqara olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling