Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha
ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulot talabalarni adabiyot nazariyasiga doir ma’lumotlar bilan mustaqil tanishishga, ularni adabiy asarni nazariy jihatdan tahlil va talqin qilishga yo‘naltiradi. Talabalar to‘plagan bilimlarini dars vaqtida munozara yoki ma’ruza ko‘rinishida himoya qiladi. Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar adabiyot nazariyasi fanining o‘ziga xos nazariy xususiyatlarini, badiiy asar shakli va mazmuniga doir ilmiy masalalarni o‘rganadilar.
Amaliy mashg‘ulot uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1. M.Qo‘shjonovning “O‘zbekning o‘zligi” kitobida yozuvchi mahoratini kashf etish san’ati
2. Tog‘ay Murod qissalarida milliylik va umuminsoniylik konsepsiyasi
3. Satirik asarlarda fosh qilish san’ati (Muqimiy ijodi asosida)
4. YUmoristik asarlarda fosh qiluvchi kulgining o‘rni (Erkin Vohidovning “Donishqishloq latifalari” asari asosida)
5 “O‘tkan kunlar” romanida shakl va mazmun birligi
6. “Kecha va kunduz” romanida mavzu va g‘oya mutanosibligi
7. Roman janri imkoniyatlari. Said Ahmad, P.Qodirov romanlari misolida
8. Qissa janri imkoniyatlari. P.Qodirov va Odil YOqubov qissalari asosida.
9. Kichik lirik janrlar. Navoiy asarlari misolida
10. Badiiy asarda xronotop masalasi. “Lison ut tayr” asari misolida
11. Badiiy asarda psixologizm muammosi. “Sarob” romani misolida
12. Lirik dostonga xos xususiyatlar. Mirtemir va Zulfiya dostonlari misolida.
13. Dramatik asarlarda tragikomik xususiyatlar. SH.Boshbekovning “Temir xotin” asari misolida
14. Alisher Navoiy g‘azallarida ma’naviy san’atlarning qo‘llanilishi
15. Bobur g‘azallarida lafziy san’atlarning o‘rni.
16. Abdulla Qahhor hikoyalari uslubi. “Bemor”, “O‘g‘ri hikoyalari asosida
17. G‘.G‘ulomning “SHum bola” qissasini biografik metod asosida tahlil qilish
18. “Qutlug‘ qon ” romanini sotsiologik metod asosida tahlil qilish.
Izoh: Tavsiya etilgan mavzulardan amaliy mashg‘ulotlar uchun ajratilgan soatlar hajmiga mos holda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |