O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus


N.V. Dmitrovskiy rahbarligida „Turkiston to‘plami“ning tuzilishi


Download 371.04 Kb.
bet16/42
Sana12.11.2020
Hajmi371.04 Kb.
#144075
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42
Bog'liq
bibliografiya

N.V. Dmitrovskiy rahbarligida „Turkiston to‘plami“ning tuzilishi


„To‘plam“ni tiklash haqidagi masala o‘n yildan keyin 1898yili ko‘tarildi. 1907- yilga kelib, Òurkiston general-gubernatori N. I. Gardskov buyrug‘i bilan ish Òoshkentda davom ettirila boshlandi. 1907-yili na Moskva, na Peterburgda bunday muhim ahamiyatga ega ishni olib boruvchi fidoyilar bor edi, ammo Òoshkentda O‘rta Osiyoga bag‘ishlangan adabiyotlar bilimdoni N. V. Dmitrovskiy (1841 —1910) kabi bibliograflar va Rus geografiya jamiyatining Òoshkent bo‘limi atrofida jiðslashgan bir qator taniqli o‘lkashunoslar bor edi. Bu davrga kelib xalq kutubxonasining fondi ham boyib bordi va mustahkamlandi.

Shunday qilib, „Turkiston to‘plami“ tarixida „Peterburg“ davri o‘rniga „Toshkent“ davri keldi. „To‘plam“ni tuzish bo‘yicha ishlarning barchasi, asosan, Òurkiston xalq kutubxonasi qoshida yetisha boshlagan mahalliy jonkuyarlar ishtirokida olib borildi. O‘lkashunos bibliograf N. V. Dmitrovskiy boshchiligida „Turkiston to‘plami“ni tuzish uchun Òurkiston xalq kutubxonasi nazorat qo‘mitasi a’zolaridan byuro tashkil etildi. Byuroning birinchi majlisida uning har bir a’zosiga vazifalar berildi. N. V. Dmitrovskiy byuroga rais etib saylandi va „Îðåíáóðã“, „Ñèáèðü“ gazetalarini, „Íîâîå âðåìÿ“, „Òîâàðèù“ kabi jurnallarni ko‘rib chiqishni o‘z zimmasiga oldi. Òurkmanistonda rus tilida chiqqan hamma gazetalarni I. I. Geyer, „Òóðêåñòàíñêàÿ òóçåìíàÿ ãàçåòà“ni A. A. Divayev va I. A.Òimeyevlar ko‘rib chiqishlari kerak edi. O‘sha majlisdayoq „Òóðêåñòàíñêèå âåäîìîñòè“ gazetasi materiallarini, O‘rta Osiyo haqidagi ba’zi asarlar (kitob, to‘plam)ni to‘plamga kiritmaslikka kelishdilar, chunki ularning to‘liq nusxalari kutubxonada saqlanar edi. Bundan tashqari, N. V. Dmitrovskiy „Òóðêåñòàíñêèå âåäîìîñòè“ gazetasiga yillik yordamchi ko‘rsatkich tayyorlash vazifasini ham bajardi.

Ma’lum vaqt o‘tgach, byuroga I. A. Valiyevich, A. D. Kammikov, A. A. Zvarkinalar, 1910- yildan A. A. Semyonov kirdi. Òurkiston ilmiy jamiyatlarining a’zolari S.V. Bartold, BonchBruyevich, P.P. Semyonov-Òyanshanskiy va boshqalar byuro a’zolariga imkon boricha yordam berib turdilar.

Mejovdan keyingi davrdagi „Turkiston to‘plami“ jildlarining nomi o‘zgargan. Mejov bergan „Òóðêåñòàíñêèé ñáîðíèê ñî÷èíåíèé è ñòàòåé, îòíîñÿùèõñÿ äî Ñðåäíåé Àçèè è Òóðêåñòàíñêîãî êðàÿ â îñîáåííîñòè, ñîñòàâëÿåìûé ïî ïîðó÷åíèþ ã. Òóðêåñòàíñêîãî âîåííîãî ãåíåðàë-ãóáåðíàòîðྠÂ. È. Ìåæîâûì, ÑÏ“ deb berilgan chiqish joyi o‘rniga keyingi 175jildning titul varag‘ida „Òóðêåñòàíñêèé ñáîðíèê ñòàòåé è çàìåòîê èç ðóññêèõ è èíîñòðàííûõ ãàçåò. Ñáîðíèê ñîñòàâëÿåòñÿ ïî ïîðó÷åíèþ Òóðêåñòàíñêîãî ãåíåðàë-ãóáåðíàòîðà“ yozuvi bor, pastda chiqish joyi Òoshkent shahri deb ko‘rsatilgan. Dastlabki 34 tasiga (417—450) „Í. Ê. Ãîðîäåíêîãî“ so‘zi va „1907- yil“ yozilgan. 451- jilddan boshlab general-gubernator familiyasi qo‘yilmagan, „1906- yil“ 492 jildgacha ko‘rsatiladi. 494-jildga ham shu yil yozilgan, lekin 493, 495-jildlarida negadir „1907-yil“ yozilgan, 496-jilddan to oxirigacha chiqqan yillari ko‘rsatilmagan. Bu jildlarning tuzuvchilari imperiya markazidan uzoq hisoblangan O‘rta Osiyoda, rus madaniyati markazlaridan uzoqda bo‘lsa-da, gazeta qirqimlari byurosi xizmatidan foydalandilar va qirqim materiallari bilan to‘plamning keyingi jildlarini to‘ldirib bordilar. Òurkiston matbuotidan ham juda ko‘p materiallar olindi. Shuning uchun ham 127 jilddan 81 tasi, ko‘proq 1907 va shunga yaqin yillarda chiqqan gazetalardan olingan maqolalar bo‘lib, 423, 446, 452 va 467- jildlarga o‘zbek va rus tilidagi materiallar kiritilgan.

Eng muhim materiallar jurnal maqolalari, risolalar, kitoblar bo‘lib, 46 ta jildga kiritilgan, ulardan 5 tasi gazetadan olingan. Bu jildlarning hammasi Mejov to‘plamlariga nisbatan ilmiy jihatdan ancha bo‘sh ishlangan. N. V. Dmitrovskiy tuzgan „Òurkiston to‘plami“ning taqdiri og‘ir bo‘ldi, ularning qanchaligi va qayerdaligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Hozir Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasida N. V. Dmitrovskiy tuzgan 5 ta to‘plam saqlanmoqda, bu 1871—78-yillarda chiqqan „Òóðêåñòàíñêèå âåäîìîñòè“ gazetasidan olingan o‘lkashunoslik mazmunidagi maqolalarni o‘z ichiga oluvchi, hajm jihatidan kichik bo‘lgan to‘plamdir. Ko‘chirmalar bir xil hajmdagi risolalar shaklida jildlangan. Òo‘plamlar bosmaxona usuli bilan ishlangan sarvaraqqa ega: „Òóðêåñòàíñêèé ñáîðíèê. Òîì I (äëÿ äâóõ êíèã)“ va „Òóðêåñòàíñêèé ñáîðíèê. Òîì II (äëÿ äâóõ êíèã)“ ramkasida 1872- yil ko‘rsatilgan to‘plamlarda mundarijalar yo‘q edi, keyinchalik ular Y. K. Betger tomonidan qo‘l bilan yozilgan.

Kutubxonada saqlanayotgan N. Dmitrovskiyning boshqa, ko‘lami jihatidan har xil bo‘lgan, 17 jildli to‘plamiga ham gazetalardan qirqib olingan xabarlar kiritilgan. Ular, asosan, nashr qilingan vaqtiga muvofiq, xronologik tartibda joylashtirilgan, ba’zi bir vaqtli matbuot nashrlarining nomlari yo‘q, ular tasodifan qirqilib ketgan bo‘lishi ham mumkin. Lekin tuzuvchi u ma’lumotlarni qo‘lda yozib qo‘yishni ep ko‘rmagan. Òo‘plamlarning tashqi ko‘rinishi Mejov to‘plamlaridan sodda ishlanganligi bilan ajralib turadi. Qirqib olingan materiallar qog‘ozga yelim bilan yopishtirilmay, muqovalangan. Faqat 4 ta jild „Òóðêåñòàíñêèé ñáîðíèê“ sarlavhali sarvaraqqa ega. Yozuvlar hamma jildlarning tikilgan joyida bosilgan, undan tashqari, 6 ta jildning muqovalarida raqami ham bosilgan, birortasining mundarijasi yo‘q. Òo‘plam Y. K. Betger tomonidan raqamlagan, hamma jildlarni bezatib, maqolalarning „Òóðêåñòàíñêèé ñáîðíèê Í. È. Äìèòðîâñêîãî“ nomli alifbo kartotekasini tuzdi.

E. K. Betger „Íîâûå ìàòåðèàëû Òóðêåñòàíñêîãî ñáîðíèêà“ maqolasida „N. V. Dmitrovskiyning 17 jildli to‘plami 1840 —1890- yillarda nashr etilgan 186 maqolani o‘z ichiga oladi. Materiallarning 72%i V. I. Mejov to‘plamiga kirmagan, shuning uchun ham N.V. Dmitrovskiy to‘plamlari O‘rta Osiyo o‘lkasini har tomonlama o‘rganuvchi tadqiqotchilar uchun qiziqarli ma’lumotlar bera oldi“, deb yozgan edi.

A. A. Semyonov boshchiligida „Turkiston to‘plami“ning tuzilishi


1910- yildan „Turkiston to‘plami“ni tuzishni bibliograf A.A.Semyonov 1916-yil oxirigacha davom ettirdi. A.A.Semyonov 1888- yildan keyin chiqqan to‘plamlarning oldin tushirib qoldirgan muhim materiallarni yig‘ish bilan shug‘ullandi. „Turkiston to‘plami“ning Òoshkent davridagi mazmuni keskin o‘zgardi, 544 jilddan butunlay boshqa rejada tuzila boshlandi. „Turkiston to‘plami“ning bu davri, — deb yozadi O‘zbekistonning taniqli kitobshunos-bibliografi E. K. Betger, —haqli ravishda „Semyonov davri“ deb ataladi“.

1906-yil iyul oyidan boshlab Òurkiston xalq kutubxonasi nazorat qo‘mitasining a’zosi bo‘lib kelgan A. A. Semyonov bu kutubxonaning ilmiy ishida faol qatnashdi. „A. A. Semyonovga „Turkiston to‘plami“ni tuzishga boshchilik qilishning topshirilishi,—deb yozadi Y. K. Betger,—eng oliyjanob ishdir, chunki Òoshkentda undan boshqa hech bir kishi bu ishga Semyonovchalik tayyor emas edi“.



XX asr boshlariga kelib, ijtimoiy-siyosiy ahvol o‘zgardi: gazetalar soni ko‘paydi, ayrim gazetalar o‘zining ilgarigi mavqeyini yo‘qotdi („Òóðêåñòàíñêèå âåäîìîñòè“ gazetasi 1910-yil.). Eng asosiy va ayrim nashrlarda O‘rta Osiyoga bag‘ishlangan ko‘plab yangi jiddiy ilmiy ishlar paydo bo‘la boshladi. Shuning uchun Mejovdan keyin dastlabki 127 jildni, gazetadan qirqib olingan materiallar bilan to‘ldirib tashlashga A. A. Semyonov chek qo‘ydi, u uzoq yillar davomida yig‘ilgan materiallarni to‘plab, o‘rganib, saraladi, 544—545-jildni esa 1914- yilda nashr ettirdi. Shunga qaramay, 545-jildga gazetadan qirqib olingan 30 ga yaqin eng muhim materiallarni kiritdi. Shu jildga iqtisodchi olim V. V. Dininning Zarafshon daryosi yuqori qismida yashayotgan tog‘li aholining iqtisodiy hayotiga bag‘ishlangan tadqiqotini ham qo‘shadi. „Turkiston to‘plami“ni isloh qilish bilan uning har bir jildini muayyan mavzu bo‘yicha bir tizimga keltirdi. Agar bu holat Mejov ishlarida oz-oz sezilgan bo‘lsa, Semyonov davridagi to‘plamda avvalgi bibliograflarning xatolari hisobga olingan edi. Maxsus „Èçâåñòèÿ Ðóññêîãî Ãåîãðàôè÷åñêîãî îáùåñòâa“ga mansub hamma jurnallarning Òurkiston o‘lkasiga doir maqo-lalari bir izchillikda yig‘ilganligi bunga misol bo‘ladi. Uning rahbarligida tuzilgan jildlar materiallarini sistemalashtirish g‘oyasi o‘zidan oldingilarning an’anasiga qo‘shilgan yangilik va o‘ziga xos prinsið bo‘lib qoldi. U O‘rta Osiyo haqidagi barcha ma’lumotlarni yig‘ish qiyinligini tushunib, „To‘plam“ jildlarida o‘sha vaqt Òurkistondagi eng muhim narsa va hodisalar axborotini berishga intildi. Shu nuqtayi nazardan, A. A. Divayev ishlariga bag‘ishlangan 566 —569- jildlar diqqatga sazovor, olimning etnografiyaga tegishli 59 asari kiritilgan. 556, 557 va 587-jildlarda o‘sha davr O‘rta Osiyo lingvistikasi bo‘yicha olimning filologiyaga oid 15 ta ishi kiritilgan. Shuni ta’kidlash kerakki, material yig‘ish vaqtida A. A. Semyonov to‘plamga mualliflar o‘z imzosi bilan unga taqdim qilgan asarlarni ham kiritib, kitob mualliflarining taxalluslariga baho va eng yaxshi asarlarga izoh bergan. Bevosita o‘zi tuzgan jildlar uchun mundarija bergan, faqat oxirgi 112- jildda Òoshkentdan ketib qolishi tufayli bu ish bajarilmay, „Turkiston to‘plami“ ustidagi ish to‘xtatildi.

Download 371.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling