O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus


O‘lkashunoslik bibliografik qo‘llanmalar tizimi haqida umumiy tushuncha


Download 371.04 Kb.
bet24/42
Sana12.11.2020
Hajmi371.04 Kb.
#144075
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42
Bog'liq
bibliografiya

O‘lkashunoslik bibliografik qo‘llanmalar tizimi haqida umumiy tushuncha


O‘lkashunoslik bibliografik qo‘llanmalar—mamlakatning bir hududiga oid adabiyotlarni aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardir. Hozirgi paytda o‘lkashunoslik bibliografik qo‘llanmalar tizimining nazariyasi, metodologiyasi ishlab chiqilgan. Bu sohada pedagogika fanlari nomzodi H. Mamatraimova maxsus ilmiy-tadqiqot ishi olib borgan. Bu qo‘llanmalar kitobxonlarning u yoki bu o‘lkaga oid ilmiy, o‘quv, ishlab-chiqarishga oid, ilmiy-ommabop axborotga bo‘lgan talablarini qondirishga mo‘ljallangan. Qo‘llanmalarning kitobxonlari ilmiy xodimlar, talabalar, professoro‘qituvchilar, maktab o‘qituvchilari, o‘quvchilar, rahbar xodimlar, madaniyat va san’at xodimlari, tashkilot va muassasalarning rahbarlari va boshqalar bo‘lib, ularning o‘z sohalarida yutuqlarga erishishlari uchun, bilim malakalarini oshirib borishlari, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishlari uchun yordam beradi. Maqsadi—kitobxonlarni o‘lkaga, Vataniga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash, tarixiy-o‘lkashunoslik bilimlarini takomillashtirib borish. O‘lkashunoslik o‘tmishdan kelajakka yo‘l ochib beradi. O‘lkashunoslik kutubxona-bibliografik manbalarining bosh bo‘g‘ini va kitobxonlarning hujjat va axborotlarga bo‘lgan talablarini qondirishning asosi—o‘lkashunoslik fondidir. Unda kitob, risola, boshqa turdagi matbuot asarlari, hatto qo‘lyozma manbalar ham to‘planadi. Bu hujjatlar mahalliy hokimiyat organlarining ish faoliyatini yoritadi, o‘lkada hayotning u yoki bu tomonini yaxshilashga, rivojlantirishga yordam beradi, bundan tashqari, o‘z kutubxonasiga ega bo‘lmagan kichik va o‘rta biznes korxonalari, ishlab chiqarish idora-tashkilotlari uchun zarur axborot manbayi ham hisoblanadi. O‘lkashunoslik fondi muntazam va retrospektiv tarzda to‘ldirib boriladi. Kundalik to‘ldirishda kutubxona fondiga kelib tushayotgan adabiyotlar va hujjatlar orasidan o‘lkaga oid adabiyotlar ajratib olinadi. Retrospektiv to‘ldirishda turli manbalardan foydalanish mumkin.

O‘lkashunoslik bibliografik manbalarning keyingi tarkibiy qismi MBA o‘lkashunoslik fondi tarkibi va mazmuni yoritib boriladi, iste’molchilarga o‘lkashunoslik kutubxona-bibliografiya xizmati ko‘rsatiladi, tashkilot va muassasalar o‘lka haqidagi bibliografik axborot bilan ta’minlanadi. MBA o‘lkashunoslik katalog va kartotekalaridan, ma’lumotnoma nashrlaridan, o‘lkaga bag‘ishlangan turli bibliografik ko‘rsatkichlardan, bajarilgan ma’lumotnomalar fondidan iborat bo‘ladi. Uning eng asosiysi o‘lkashunoslik kartotekasidir. Unda o‘lkaga oid barcha hujjatlar to‘planadi: kitoblar, risolalar, ularning bo‘limlari, boblari, qismlari, maqolalar, fotoalbomlar, xaritalar, kino-fotohujjatlar, tasviriy san’at asarlari, musiqa-nota asarlari, elektron veb sahifalar, internet materiallari, multimedialar, kompakt disklar va boshqalar. Ma’lumotnoma nashrlari fondi ensiklopediyalar, spravochniklar, lug‘atlar, fotoalbomlar, yo‘l ko‘rsatkichlari, xaritalar va boshqalardan tashkil topadi. O‘zbekistonda viloyat, shahar, tumanlarga oid „Toshkent“ ensiklopediyasidan boshqa birorta ensiklopediya yo‘q.

Spravochniklar ko‘proq nashr etilgan. XX asrning 70—80yillarida respublikamizning deyarli barcha viloyatlari, shaharlariga oid ma’lumotnoma nashrlar chop etilgan. Masalan: Andijon, Samarqand, Namangan, Buxoro, Bekobod, Angren, Chirchiq va hokazo. Yo‘l ko‘rsatkichlaridan „Ìóçåè Òàøêåíòà“, „Óëèöû Òàøêåíòà“, „Toshkent teatrlari“,„Samarqand“, „Toshkent darvozalari“ va boshqalar, fotoalbomlardan „Qashqadaryo“, „Surxondaryo“, „Termiz“, „Xiva“, „Buxoro — ochiq osmon ostidagi muzey“, „Xiva—ming gumbaz shahri“ va boshqalar, xaritalar, to‘plamlar, telefon-spravochniklar, manzillarni ko‘rsatuvchi kitoblar va boshqalar o‘lkashunoslik fondini tashkil etadi. O‘lkashunoslik qo‘llanmalari mazmuni, ahamiyati, o‘lka haqidagi adabiyotlarning nashr joyi belgilariga ko‘ra shakllanadi. O‘lkaga oid bibliografik qo‘llanmalar tuzilmasi o‘lka haqidagi adabiyotlarni aks ettiruvchi qo‘llanmalar va mahalliy matbuot ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi. 1983-yil Òoshkentning 2000 yilligi munosabati bilan „Toshkent“, „Toshkent —o‘tmishda, bugun va kelajakda“ (o‘zbek va rus tillarida), 1970-yil rus tilida nashr etilgan „Èñòîðèÿ Ñàìàðêàíäà è Ñàìàðêàíäñêîé îáëàñòè“, 1974-yilda „×òî ÷èòàòü î Õèâå“, 1969-yilda „×òî ÷èòàòü î Ñàìàðêàíäå“ ko‘rsatkichlarini misol keltirish mumkin. O‘lkaga oid adabiyotlarning bibliografik qo‘llanmalari:


  1. Ilmiy-yordamchi qo‘llanmalar: o‘lkaga oid adabiyotlarning universal mazmundagi kundalik ko‘rsatkichlari; universal mazmundagi retrospektiv ko‘rsatkichlar va o‘lkaga oid adabiyotlarning yig‘ma bosma katalogi; tarmoq va mavzuli ko‘rsatkichlar; biobibliografik ko‘rsatkichlar (lug‘atlar), o‘lkashunoslik bibliografik qo‘llanmalarning ko‘rsatkichlari.

  2. Òavsiya qo‘llanmalari: mahalliy muhim va unutilmas voqealar taqvimi; o‘lka haqidagi universal va kompleks ko‘rsatkichlar; kutubxonaning o‘lkaga oid jamg‘armasi yadrosi, o‘lkaning turli sohalariga va bir tomoniga bag‘ishlangan tarmoq va mavzuli ko‘rsatkichlar; o‘lkaning mashhur kishilari haqidagi ko‘rsatkichlar.

  3. Mahalliy matbuot ko‘rsatkichlari: vaqtli va davomli nashrlarning ko‘rsatkichlari; kitob va nodavriy nashrlarning ko‘rsatkichlari.

Ilmiy yordamchi o‘lkashunoslik bibliografik qo‘llanmalar


O‘lkaga oid adabiyotlarning universal kundalik ko‘rsatkichlari aniq, to‘la tuzilishga egaligi bilan ajralib turadi. Bibliografik yozuvlarda amaldagi tavsif qoidalariga rioya qilinishi shart, qisqa, ammo to‘la mazmunli annotatsiyalar beriladi, ma’lumot-bibliografiya apparatlaridan so‘zboshi, mundarija, yordamchi ko‘rsatkichlardan ismlar, geografik nomlar, kalitli so‘zlar, predmet rubrikalari asosida predmet va bibliografik qo‘llanmaning xususiyatidan kelib chiqqan holda boshqa ko‘rsatkichlardan foydalanish zarur. Bu qo‘llanmalar haftalik, choraklik, doimiy bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonning respublika haqidagi ilmiy yordamchi bibliografiyalari 1945- yildan keyin rivojlandi. Umumiy va tarmoqqa oid kundalik, unversal, tarmoqli, mavzuli, shaxsga oid, kitob ichi va maqola ichi bibliografiyalari nashr etila boshlandi. Navoiy nomidagi Respublika davlat kutubxonasi 1958-yildan rus tilida „Óçáåêèñòàí“ nomi bilan yilnoma nashr etadi. 1961-yildan esa bir vaqtning o‘zida o‘zbek tilida ham chiqa boshladi. Unda respublika haqidagi Vatanimizda va boshqa mamlakatlarda chiqayotgan barcha turdagi hujjatlar sobiq Butunittifoq Kitob palatasi jadvali asosida tartibga solindi, alohida bo‘limlar va bo‘limchalar respublikaning tabiiy sharoiti, ijtimoiy, tarixiy, iqtisodiy hayoti hisobga olingan. Unda ma’lumot apparati berilgan, 1968- yildan Kitob palatasi solnomalarida respublika haqidagi hujjatlar berilayotganligi sababli ko‘rsatkichning chiqishi to‘xtatildi. 1953yildan respublika ilmiy qishloq xo‘jalik kutubxonasi „Sug‘oriladigan yerlarda paxtachilik“ nomi bilan kundalik ilmiy-yordamchi tarmoq ko‘rsatkichini chiqaradi. U bir yilda 2 marta chiqarildi va har yili 2500 —3000 adabiyot haqida ma’lumot berib bordi.

Ko‘rsatkichga ilmiy kitoblar, jurnallar va to‘plamlardagi maqolalar, ilmiy ishlar haqidagi xabarlar kiritilgan. Unda paxtachilik va unga bog‘liq gidrologiya, meteorologiya, iqlim, injenerlik geologiyasi, tuproqshunoslikka oid adabiyotlar ham kiritildi.


Download 371.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling