O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus


Universal retrospektiv ko‘rsatkichlar va o‘lkaga oid kitoblarning yig‘ma bosma katalogi


Download 371.04 Kb.
bet25/42
Sana12.11.2020
Hajmi371.04 Kb.
#144075
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42
Bog'liq
bibliografiya

Universal retrospektiv ko‘rsatkichlar va o‘lkaga oid kitoblarning yig‘ma bosma katalogi


Bu ko‘rsatkichlar, o‘lka haqidagi katta bir davrga oid adabiyotlarni aks ettiradi. Òarmoq va mavzuli ilmiy-yordamchi qo‘llanmalarni tuzishda quyidagi xususiyatlarga e’tibor beriladi: tanlanayotgan adabiyotlarning o‘lkaning shu kundagi rivojida ahamiyatga ega ekanligi; kitobxon uchun ma’lum bo‘lmagan hujjatlarni kiritish; uslubiy qarorlarni qabul qilishda izchillikka erishish.

B. V. Lunin tuzgan va „O‘zFA xabarlari“ jurnalida nashr etib kelingan „O‘zbekistonning arxeologiyasi, tarixi, etnografiyasi, falsafasi va huquqiga oid adabiyotlar“ ko‘rsatkichi, „O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar“ jurnalida 11 ming nomda hujjatlar, ayniqsa, kartinalar haqida berilgan ma’lumotlar.


Òavsiya ko‘rsatkichlari


Òavsiya ko‘rsatkichlari universal mazmundagi va kompleks xarakterdagi ko‘rsatkichlardan tashkil topadi. Universal mazmundagi tavsiya ko‘rsatkichlari mahalliy muhim va unutilmas sanalar taqvimi ko‘rinishida bo‘ladi. Buni respublika miqyosida Respublika Milliy kutubxonasi, viloyatlarda viloyatlarning ilmiyuniversal kutubxonalari tayyorlaydi: o‘lkaga oid adabiyotlarning universal va kompleks xarakterdagi ko‘rsatkichlari; mavzuli bibliografik qo‘llanmalar, ko‘rsatkchilar, adabiyotlarning ro‘yxatlari (masalan, „O‘lka haqida nima o‘qish kerak?“ tiðidagi). Muhim va unutilmas voqealar taqvimi Navoiy nomidagi Respublika davlat kutubxonasi tomonidan 1957- yildan nashr etiladi. Unda avval kitobxonga ma’lum bo‘lmagan voqea va hodisalar, yirik yubileylar, sanalar, bayramlarning yilliklariga oid adabiyotlar ma’lum tartibda joylashtiriladi. Avval voqea yoki sana ko‘rsatiladi, unga oid adabiyotlarning bibliografik ma’lumotlari keltiriladi, shaxslarga oid sanalarda ular haqida qisqa ma’lumot beriladi. Bunday taqvimlarni tuzishda bibliograflarga o‘lkashunos, tarixchi olimlar, mahalliy muzey va arxiv xodimlari yordam beradilar. Bu taqvimlarning kitobxonlari—o‘lkaning kechagi kuni, buguni va kelajagi bilan qiziquvchi kitobxonlar, kutubxona xodimlari va iste’molchilarga turli xil yo‘nalishda axborot berish vazifasini bajaruvchilar. Òaqvimlar kutubxonalarda yillik ish rejalarini tuzishda, tadbirlar rejasini belgilashda yordam beradi. Unga kirish so‘zi, so‘zboshi, mundarija, ismlar, geografik, matnlarning mualliflari haqida ma’lumotlar, chiqish sonlariga oid yig‘ma ko‘rsatkichlar beriladi.

„O‘lka haqida nimalarni o‘qish kerak?“ tiðidagi ko‘rsatkichlarni viloyat, tuman, shahar miqyosida ham tayyorlash mumkin. Ular shu yo‘nalishga oid kutubxonada mavjud adabiyotlar ko‘lami haqida xulosa qilishga olib keladi va kutubxonachilik-bibliografik xizmat ko‘rsatish uchun asos bo‘ladi, iste’molchilar uchun o‘lkashunoslik xarakteridagi yakka va ommaviy ishlarni o‘tkazishga imkon yaratadi, kishilarda Vatanga, o‘z o‘lkasiga mehr-muhabbat, e’tibor hissini tarbiyalaydi,o‘lka haqida bilimga ega bo‘lishga yordam beradi, uning tarixini, madaniyati va san’atini, o‘ziga xos qadriyatlarini asrab-avaylashga chaqiradi. Unda kitoblar, maqolalar, kompakt disklar, elektron sahifalar, internet materiallari ham aks etishi mumkin. Hujjatlar mazmuni, ilmiy qimmati, xarakteriga ko‘ra tartibga solinadi.


Mahalliy arboblar haqidagi bibliografik ko‘rsatkich, qo‘llanma, lug‘at


O‘lkaning mashhur kishilari haqidagi bibliografik qo‘llanmalar shaxs hayoti va ijodini o‘rganish uchun muhim manbadir. Bunday qo‘llanmalarni respublikadagi yirik institutlar, FA Asosiy kutubxonasi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda boshqa yirik kutubxonalar, viloyat kutubxonalari tayyorlaydi. Ular, asosan, 2 bo‘limdan iborat: muallifning asarlari va u haqdagi asarlar. Bir-biridan unchalik farq qilmagan holda asarlarining nashrlari bo‘limi alohida va vaqtli matbuot hamda to‘plamlarda nashr etilgan asarlaridan iborat bo‘ladi. Bo‘limlar ichida yana mavzusiga, asarlarining janriga, yo‘nalishiga ko‘ra mayda bo‘limchalar tashkil etiladi. Bibliografik yozuvlar alifbo yoki xronologik tartibda joylashtiriladi. Boshqa tillardagi asarlari tillar bo‘yicha alohida joylashtiriladi. U haqdagi asarlar bo‘limidagi materiallar ham avval alohida keyin maqolalari joylashtiriladi. Agar muallif olim bo‘lsa, uning rahbarligida himoya qilingan nomzodlik va doktorlik hamda opponentlik ishlarining ro‘yxati, tarjima ishlari, muharrirlik va taqriz yozgan ishlari ro‘yxati, hamkorlikdagi faoliyatiga oid ishlari ro‘yxati beriladi. Yordamchi ismlar, alifbo, geografik nomlar ko‘rsatkichi, so‘zboshi yoki kirish so‘zi, tuzuvchidan, so‘nggi so‘z, eslatmalar, izohlar, hayoti va ijodining asosiy sanalari beriladi.

1990-yili Navoiy nomidagi Respublika davlat kutubxonasi „Hamza Hakimzoda Niyoziy“ nomli adabiyotlar ko‘rsatkichini nashr etdi. Òuzuvchilar A. Òuropova, S. Shermuhamedova, M. Ismoilovalar tayyorlagan ushbu qo‘llanma keng qamrovli bo‘lib, asosan, 2 ta bo‘limdan va bo‘limlar ichida juda ko‘p bo‘limchalardan iborat. Alohida nashrlari tiðlar bo‘yicha ajratilgan, vaqtli matbuot va to‘plamlardagi nashrlari janrlar bo‘yicha guruhlashtirilgan, boshqa tillardagi nashrlari ichki alifbo tartibida joylashtirilgan. Hamza haqidagi adabiyotlar bo‘limida ham shunday tartib qo‘llanilgan. Maqolalar esa Hamza ijodi qirralari bo‘yicha mavzularga ajratilib berilgan. Masalan, „Hamzaning falsafiy qarashlari“, „Publitsist-ma’rifatchi“, „Pedagogik estetik qarashlari“ kabi. Shu bo‘lim ichida „Hamza ijodi haqida tanqidiy materiallar“ bo‘limchasi ham mavjud. Bunda materiallar Hamza ijodining janrlari bo‘yicha ajratilgan, masalan, „Hamza prozasi haqida“, „Hamza dramaturgiyasi haqida“, „Hamza va folklor“ kabi. „Hamza ijodi haqidagi asarlar boshqa xalqlar tillarida“ nomli bo‘limda hujjatlar tillar bo‘yicha alohida joylashtirilgan. Hamza nomi bilan atalgan joylar, muzeylar, Hamza nomidagi mukofotlarni berish, Hamza asarlarini maktabda o‘rganish, Hamza haqidagi ko‘rsatkich va adabiyotlar ro‘yxati ham berilgan. Ko‘rsatkichga ismlar ko‘rsatkichi, tuzuvchidan, mundarija kabi yordamchi ma’lumotlar berilgan.

O‘zFA tarix instituti 1999-yil „Sharq“ nashriyotida A.Sharafiddinov, Z. Fayziyeva, N. Kraves tuzuvchiligida „Professor H. Ziyoyevning ilmiy va pedagogik faoliyati“ nomli qo‘llanmani nashr etdi. Qo‘llanmadagi hujjatlar o‘zbek va rus tillarida alohida joylashtirilgan. Olimning ijodiy faoliyati haqidagi material olim ijodining qirralari bo‘yicha alohida ta’riflangan. Masalan, „O‘rta asrlar davri tarixi“ bo‘limida olimning shu sohadagi ishlariga ta’rif beriladi. „XVI—XIX asrlarda Òurkiston va Rossiya aloqalari tarixi“ nomli bo‘limda ham aynan shu masalaga oid ijodiga baho beriladi. Shu tarzda olimning shu kungacha davom etgan ijodi keyingi bo‘limlarda ochib berilgan. „Sobiq Sho‘rolar davrida nashr etilgan kitob, risola va maqolalar (1952—1991-yillar boshlari)“ bo‘limida asarlarining nashrlari to‘g‘ri xronologik tartibda joylashtirilgan. „Mustaqillik va ozodlik yillarida nashr etilgan kitob, risola va maqolalar (1991 —1999- yy.)“ bo‘limidagi asarlari ham to‘g‘ri xronologik tartibda berilgan. Keyin olimning muharrirlik faoliyati, hay’at a’zoligi sifatidagi ishlarining ro‘yxati, uning rahbarligida himoya qilingan nomzodlik va doktorlik ishlarining ro‘yxati berilgan. H. Ziyoyev haqida ma’lumotlar bo‘limlarida ham hujjatlar shu bo‘limlarga mos guruhlashtirilgan. Undan keyin olimlarning asarlari nashr etilgan jurnallar va gazetalar ro‘yxati berilgan. Qo‘llanma olim hayoti va ijodi haqida fotosuratlar bilan ta’minlangan. Qo‘llanmaning 2- qismi rus tilida bo‘lib, o‘zbek tilidagi qismi kabi adabiyotlar guruhlashtirilgan.

Respublikamizda yozuvchi va shoirlar ijodiga oid biobibliografiyalar juda ko‘p tayyorlangan va nashr etilgan. Ulardan Alisher Navoiy, Oybek, G‘. G‘ulom, A. Qahhor, Zulfiya, A. P.Qayumov, H.H.Niyoziy kabilarni misol keltirish mumkin. 1989- yili Madaniyat institutidan Z.Sh. Berdiyeva tuzuvchiligida „Abdulla Qahhor“ biobibliografik ko‘rsatkichi nashr etildi. Bu asar tuzilishi yuqorida keltirilgan „Hamza“ ko‘rsatkichiga o‘xshab ketadi. Aslida shaxslarga oid ko‘rsatkichlarning tuzilishi deyarli bir xil, ammo muallif ijodining xususiyatlariga ko‘ra ayrim bo‘limlar va bo‘limchalarning berilishida farq bo‘ladi. Qo‘llanmadagi A. Qahhorning yubileylari, tarjima asarlari, uning xotirasiga bag‘ishlangan asarlar kabi bo‘limlar „Hamza“ ko‘rsatkichida yo‘q. Qo‘llanmaga ismlar ko‘rsatkichi, asarlarining alifbo ko‘rsatkichi, boshqa tillarda nashr qilingan asarlarining alifbo ko‘rsatkichi, foydalangan adabiyotlar ro‘yxati ilova qilingan. Shunga o‘xshash biobibliografik ko‘rsatkich Z. Berdiyeva va H. Mamatraimova tuzuvchiligida Oybek tavalludining 100 yilligi munosabati bilan „Muso Òoshmuhammad o‘g‘li Oybek“ nomli biobibliografik ko‘rsatkich nashr etildi. Ko‘rsatkichning hajmi katta, unda jami 1522 ta nomdagi bibliografik yozuv mavjud. Boshqa biobibliografik ko‘rsatkichlarning tuzilishiga o‘xshashi bilan birga, farqli ravishda „Oybek —navoiyshunos“, „Oybek ijodiga oid dissertatsiyalar“, „Oybekni mukofotlash to‘g‘risida“ nomli bo‘limchalar mavjud.

Xullas, biobibliografik ko‘rsatkichlar iste’molchini juda katta axborot olamiga olib kiradi. Avvalo, bir shaxsga oid barcha turdagi hujjatlarni bir joyga to‘playdi, uni qidirish, topish, to‘plash va tahlil qilish ishini osonlashtiradi, kitobxon muallif haqida istaganidan ko‘ra ko‘proq ma’lumot oladi.


Download 371.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling