O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus


Bibliografik kartotekalarni tuzish


Download 371.04 Kb.
bet33/42
Sana12.11.2020
Hajmi371.04 Kb.
#144075
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42
Bog'liq
bibliografiya

Bibliografik kartotekalarni tuzish


Kartotekalar MBAning tarkibiy qismi bo‘lib, aniq bir tizimga ega holda tashkil etiladi. Umumiy (universal) bibliografik kartotekalar maqolalarning sistemali kartotekasi bo‘lib, vaqtli matbuot nashrlari, davomli nashrlar va to‘plamlardan olingan materiallarni, hujjatlarni bibliografiyalashning tanlangan qoidasiga amal qilgan holda aks ettirilgan bibliografik kartotekadir. Bu kartotekalar mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayoti, iqtisodi, madaniyati va san’ati, kashfiyotlar, ixtirolar, buyuk olimlari va mashhur kishilari, davlat va jamoat arboblari va kitobxonlarni qiziqtiruvchi mavzularga oid tashkil etiladi. Ularda badiiy asarlar haqidagi tanqidiy materiallar va taqrizlar ham bo‘ladi, agar ularda nishonlanadigan bayramlar, sanalar, unutilmas voqealar haqidagi materiallar, turli xil tadbirlarni tayyorlash, kinofilmlar va telepostanovkalar, teatr tomoshalari haqidagi materiallar berib borilsa, yana ham unumli bo‘ladi.

Kartoteka bir necha yillik davrni o‘z ichiga oladi. Yozuvlar sistemali va ichki alifbo tartibida beriladi. Kartoteka bilan muntazam va rejali ish olib boriladi.Uni tahrir qilib borish zarur. Buni bosh bibliograf bajaradi. Yangi bo‘limchalar kiritish, o‘zgarishlar berish, mavzular nomini o‘zgartirish, nokeraklarini olib tashlash mumkin. Ammo bu haqda eslatma yoki pasport yozib boriladi. Bu rubrikator deb ataladi. Ayrim kutubxonalarda umumiy kartoteka vazifasini Bosh axborot kartotekasi bajaradi. U kitobxonlar asosiy guruhlarining axborotga bo‘lgan talablari asosida tashkil etiladi. U predmet-mavzuli kartoteka bo‘lib, bo‘limlar alifbo tartibida joylashtiriladi. Bu kartoteka muntazam tahlil qilib boriladi va keyingi 10 yil davomidagi materiallar kiritiladi. Avval rasmiy hujjatlar, to‘plamlardagi materiallar, vaqtli matbuot nashrlaridan olingan maqolalar teskari xronologik tartibda joylashtiriladi.


O‘lkashunoslik kartotekalari


Bu mazmunan aniq olingan bir hudud (viloyat, tuman, shahar va b.)ga oid bo‘lgan materiallarning bibliografik kartotekasidir. Unga shu joyning iqtisodi, ekologiyasi, madaniyati, san’ati, adabiyoti, tarixi, tabiiy boyliklari, milliy qadriyatlari, adabiy hayoti va boshqa masalalarga oid materiallar kiritiladi. Buning uchun barcha manbalar o‘rganiladi va hujjatlar yig‘iladi. Kartoteka tashkil etishning muhim jarayoni uning sxemasini ishlab chiqishdir (rubrikator). Bunda asosiy bo‘limlar quyidagicha tashkil etilishi mumkin: umuman, o‘lka haqida, o‘lka tarixi, tabiati, tabiiy boyliklari, iqtisodi, ekologiyasi, sog‘liqni saqlash, tibbiyot, ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayoti, madaniy va ilmiy hayoti, maorif va boshqalar. Har bir bo‘lim umumiydan xususiyga qarab joylashtiriladi. Bibliografik yozuvlar annotatsiyalar, qisqa sharhlar bilan to‘ldiriladi. Kichik tuman va shahar kutubxonalarida „O‘lkamiz hayotidan“, „Chirchiqlik ijodkorlar“, „Bizning qahramonlarimiz“, „Shahrimiz shoirlari“ kabi mavzularda kartoteka tashkil etadilar.

Kartotekalarning boshqa turlari


Yangi kitoblar kartotekasi —kutubxonalar faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyasining kirib kelishi bilan elektron kataloglar tashkil etila boshlandi. Bu yangi adabiyotlar kartotekasini tashkil etib borishga chek qo‘ydi. Hali an’anaviy xizmat ko‘rsatish bilan band kutubxonalarda, elektron katalog tuzish imkoniyati bo‘lmagan kutubxonalarda bu kartotekani tashkil etish davom etmoqda. Maqsadi barcha bilim sohasi bo‘yicha kutubxona fondiga kelib tushgan yangi adabiyotlar haqida ma’lumot berishdan iborat. Uni turli xil ko‘rinishda va joyda tashkil etish mumkin. Sistemali katalogning bir qismi sifatida tashkil etilsa, alohida nom bilan ajratiladi. Ma’lum bir vaqtdan so‘ng kartochkalar olib asosiy katalogning tegishli bo‘limiga joylashtiriladi, o‘rniga yangi adabiyotlar haqidagi kartochkalar qo‘yib boriladi. Alohida „Yangi kitoblar“ nomi bilan kartoteka tashkil etish mumkin. Bu alohida katalog qutisiga joylashtiriladi va kitobxon uchun qulay joyga qo‘yiladi.

Yangi badiiy asarlar kartotekasi ham mustaqil yoki sistemali katalogning bir qismi sifatida tashkil etiladi. Maqsadi kitobxonlarni tezkorlik bilan mamlakatimizda, qo‘shni davlatlarda va xorijda nashr etilayotgan, o‘zbek tiliga tarjima qilingan yangi badiiy asarlar bilan tanishtirb borish. Kartochkalar xronologik yoki alifbo tartibida joylashtirilishi mumkin.

Bibliografik qo‘llanmalar kartotekasi, asosan, xizmat kartotekasi va kutubxona xodimlariga bibliografik xizmat ko‘rsatish jarayonida yordam beradi. Bunda alohida bibliografik qo‘llanmalar bilan birgalikda jurnal ichi, kitob ichi ro‘yxatlari, gazetalarda berilayotgan ro‘yxatlar ham yig‘ib boriladi. Qoidaga ko‘ra undagi kartochkalar 5 yilgacha saqlanadi. Materiallar bilim sohalari bo‘yicha, ichki xronologik yoki alifbo tartibida joylashtiriladi.

Notali nashrlar kartotekasi musiqa bo‘limi mavjud yoki musiqa kutubxonalarida tashkil etiladi. Bunda kutubxona fondida mavjud notali nashrlarning bibliografik yozuvlari yig‘ib boriladi. Bu maxsus kartotekalar turiga kiradi.

Òaqrizlar kartotekasida vaqtli matbuot va davomli nashrlarda adabiy, badiiy va boshqa bilim sohalariga oid asarlarga berilgan taqrizlar aks etadi. Bu mustaqil yoki sistemali katalogning bir qismi sifatida tashkil etiladi. Kartochkadagi bibliografik yozuv 2 qismdan iborat bo‘ladi: taqriz berilayotgan asarning tavsifi va taqriz uchun tavsif. Taqriz berilayotgan asarlar mualliflari alifbo tartibida joylashtiriladi. Masalan, A. Qodiriyning „O‘tkan kunlar“ romaniga berilgan taqrizlar „Qodiriy A.“ familiyasida joylashtiriladi. Shu asar haqida materiallar juda ko‘p bo‘lsa, u alohida ajratkich orqasida ichki alifbo tartibida joylashtiriladi, ba’zan xronologik tartib ham qo‘llaniladi.

Shaxs kartotekasi alohida mashhur kishilar, tarixiy shaxslar, siyosat va jamoat arboblari, olimlar, rassomlar, bastakorlar, yozuvchi va shoirlar uchun tashkil etiladi. Bu asosiy katalog va kartotekani takrorlamaydi, balki ularda bo‘lmagan shu shaxsga oid hujjatlarni topishda yordam beradi. Bunga barcha manbalardagi shu shaxs hayoti va ijodiga, faoliyatiga oid hujjatlar olinadi.

Savol va topshiriqlar


  1. Bibliografik qo‘llanmalarni tuzish qoidasini ayting.

  2. Matbuot asarini o‘rganishdan maqsad nima?

  3. Matbuot asarining elementlarini aytib bering.

  4. Bibliografik qo‘llanmaning tuzilishi qanday bo‘ladi?

  5. Bibliografik qo‘llanmani tayyorlash jarayonlari nimalardan iborat?

  6. O‘lkashunoslik kartotekalari haqida ma’lumot bering.

  7. Kartotekalarning yana qanday turlarini bilasiz?

  8. Umumiy va Bosh axborot kartotekasi haqida gapiring.

XV BOB. ÒAVSIYA KO‘RSATKICHLARINING KICHIK SHAKLLARINI TUZISH

Mavzuning maqsadi talabalarga kutubxonalar faoliyatida eng ko‘p qo‘llaniladigan tavsiya bibliografik ko‘rsatkichlarini tuzish qoidasini o‘rgatish, ularning xususiyatlarini tushuntirish.

Asosiy tushunchalarro‘yxatlar, o‘qish rejalari, esdaliklar, bulletenlar.

Download 371.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling