O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus


MBAni tashkil etish, o‘rganish


Download 371.04 Kb.
bet31/42
Sana12.11.2020
Hajmi371.04 Kb.
#144075
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42
Bog'liq
bibliografiya

MBAni tashkil etish, o‘rganish


Kutubxonalar uchun MBAni to‘ldirish, o‘rganish va joylashtirish muammosi doimo muhim masalaga aylanib kelgan. Katalog va kartotekalarni tashkil etishda bosma kartochkalar muhim ahamiyatga ega. Keyingi 15—16 yil davomida bunday kartochkalar nashr etilmay qo‘ydi. Shuning uchun har bir kutubxona o‘z bilganicha kartochkalarda bibliografik yozuvlarni olib bormoqda. Bu esa kutubxonachilik va bibliografik ishlardagi qonun-qoidalarning buzilishiga, ayniqsa, sistemali katalog uchun ma’lumotlarni berishda xatoliklarga sabab bo‘lmoqda. Shifr indeksi bir nomdagi kitobga turli kutubxonalarda turlicha beriladi, bu bibliografik so‘roqlarni bajarishda ham murakkabliklarga olib keladi. MBFni ma’lumotnoma nashrlar bilan to‘ldirishda, kitobxonlar so‘rog‘idagi, o‘zgarishlar e’tiborga olinadi. Bu o‘zgarishlar ishga oid faktografik so‘roqlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Bu kutubxonalarga savdo-sanoat kataloglarini, biznes-ma’lumotnomalarni, prays-varaqalar, reklama-bukletlari va ko‘rgazmalarning va turli yo‘nalishdagi yoymalar kataloglarining tezda muomaladan chiqib qolishiga qaramasdan o‘z fondlarini to‘ldirib borishni taqozo qiladi. Ikkinchidan, keyingi yillarda turli xil mazmundagi va yo‘nalishdagi CD-ROMlar ko‘payib bormoqda, bular — mamlakatimiz hayotiga oid va o‘zimizda, qo‘shni mamlakatlarda va xorijda tayyorlangan hujjatlar.

Bibliografik qo‘llanmalar keyingi yillarda mamlakatimizda deyarli nashr etilmayapti, nashr etilsa ham 200—300 nusxada, buning ustiga juda qimmat. Demak, tijorat asosida kutubxonalarning bibliografik faoliyatini kengaytirish zarurati tug‘iladi. MBAni o‘rganish uning har bir qismi va unga kiruvchi har bir elementning ta’sirini, samarasini, ahamiyatini tahlil qilib borish uchun kerak. Bu narsa ular fondga kelib tushishi bilanoq amalga oshadi, o‘z navbatida ular doimo yangilanib, yaroqsiz holga, mazmunan eskirgan paytda fonddan chiqarishga moslarini aniqlashda kerak. MBAni joylashtirish muhim masala. Uni kitobxonga qulay bo‘lgan joyga, xonaga joylashtirish zarur. Imkoni bor kutubxonalarda bu apparat yaxlit holda alohida xonada joylashtiriladi va alohida bo‘lim sifatida tashkil etiladi. Boshqa bir hollarda axborot zali sifatida katalog va kartotekalar alohida xonada joylashtiriladi, bunda kitobxon va kutubxonachi, bibliograf uchun ishlash qulay bo‘ladi. Katalog va kartotekalarning, ma’lumotlar bazasi yoki bankining ma’lumotlari alohida olib qaraganda majburiy hujjat-pasportda aks etadi. Bu shu hujjatlar soni oshib borgan sayin ularni almashtirish, sotish, internetga joylashtirish, zarur ma’lumotlarni qidirib topishda qiyinchilik tug‘ilgan hollarda yordam beradi. Pasportda katalog yoki kartotekaning nomi, mavzusi, tashkil etilgan yili, komplektlash manbasi, xronologik chegarasi, hajmi, yillik o‘sishi, muntazamliligi, yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirib borish muddati, hujjatlarning turlari, bibliografik yozuvlarning tarkibi, tuzilishi yoki sxemasi, yordamchi apparatlari, javobgar shaxsning ismi, nasabi ko‘rsatiladi. Zamonaviy MBA muntazamlilik, ishonchlilik, iqtisodiy tejamkorlik kabi sifatlarga ega bo‘lishi va rejali, ijodiy, muntazam tashkil etib borilishi zarur.

MBA ishini tashkil etishda ishtirok etuvchi maxsus bo‘limning bibliograflari yoki xodimlari axborotni to‘la yig‘ishga va saqlashga mas’uldir. Shundagina iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish jarayonida tashqi axborot resurslaridan o‘z vaqtida va maksimal darajada foydalanish imkoni paydo bo‘ladi. Har bir bo‘lim o‘zining axborot vazifasini bajaradi va bir-birini takrorlashga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Yangi texnologiya bilan ishlash jarayonida, dasturlarni qo‘llashda har bir kutubxona axborotlarning to‘la bo‘lishiga, ulardan unumli va samarali foydalanishga, ayniqsa, dasturlarni qo‘llashga mas’uliyat bilan yondashishlari talab etiladi.

Ma’lumot-bibliografiya fondi (MBF)


Kutubxonaning MBF an’anaviy ma’lumot-bibliografiya apparatining bir qismi bo‘lib, o‘zida kutubxona-bibliografik faoliyatining hamma jarayonlarini olib borish uchun zarur bo‘lgan va turlituman axborotni o‘zida to‘plagan nashrlar va materiallardan iborat. MBFga kutubxona fondidan quyidagi materiallar ajratib olinadi:

—rasmiy va nodavriy nashrlar —O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsion Sudining materiallari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Axborotnomasi, kutubxonachilik ishiga oid Davlat va hukumatimiz qarorlari, Prezident Farmonlari, buyruqlari aks etgan to‘plamlar;

—kitob ichi va kitobdagi bibliografiyalarga ega bo‘lgan ayrim ilmiy nashrlar;

—ijtimoiy sohaga oid o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari;

—biror bilim sohasiga oid yangi axborotga ega bo‘lgan ilmiyommabop nashrlar, masala yoki muammoga oid qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati;

—ma’lumotnoma nashrlar—qomusnomalar (ensiklopediya), qomusiy lug‘atlar, ma’lumotnomalar (spravochnik), lug‘atlar, yo‘l ko‘rsatkichlar;

—hududdagi yirik axborot markazlarining axborot va bibliografik nashrlari, ilmiy-yordamchi, kasbiy-ishlab chiqarishga oid, nashriyot va kitob savdosi, o‘lkashunoslik, tavsiyaviy va ommabop ko‘rsatkichlar;

—kutubxonachilik va bibliografik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish haqidagi va boshqa maxsus masalalarga oid amaliy va uslubiy nashrlar;

—kutubxonachilik ishi, bibliografiya ishi va kitob ishiga, axborot xizmati ko‘rsatishga oid gazeta va jurnallar (masalan, „Biblioteka“, „Bibliografiya“, „Ìèð áèáëèîãðàôèè“, „O‘zbekiston matbuoti“, „Kitob dunyosi“, „Íàó÷íûå è òåõíè÷åñêèå áèáëèîòåêè“, „Èíôîðìàòèêà è îáðàçîâàíèå“ va boshqalar), ularda axborot bilan birgalikda qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati ham berib boriladi;

—bajarilgan ma’lumotlar fondi ham MBAning bir qismi va o‘zida bir qancha mavzularga oid bajarilgan yozma bibliografik so‘roqlarni aks ettiradi. Unda so‘ralgan murakkab mazmundagi, alohida bibliografik qidirish va tahlilini talab qilgan savolga yoki masalaga oid bajarilgan javobning nusxasi saqlanadi, bundan tashqari, dolzarb hamda muntazam so‘ralishi mumkin bo‘lgan siyosiy va ilmiy mazmundagi so‘roqlarning javobi ham to‘planadi. Bu materiallar nafaqat shu kutubxona, balki boshqa kutubxonalarning kitobxonlari uchun ham zarur bo‘lib qolishi mumkin.



Bajarilgan ma’lumotlar arxivi yoki fondi xizmat xarakteriga ega, u turli kutubxonalarda turlicha tashkil etiladi. Ba’zi kutubxonalar bilim sohalari yoki mavzular bo‘yicha katalog yashiklarida saqlasa, ayrim kutubxonalar alohida hujjatlar saqlanuvchi jildlarda (papka) yoki konvertlarda saqlaydi. Bu fonddan foydalanishni osonlashtirish uchun kartochkalar ko‘rinishida alifbo-predmet ko‘rsatkichi tuziladi, unda mavzusi, so‘roqning maqsadi, predmet rubrikasi, so‘roqning tartib raqami, uning bajarilgan vaqti ko‘rsatiladi. Kitobxonning talabiga ko‘ra axborotlashgan kutubxona kataloglarini, bibliografik qo‘llanma va ko‘rsatkichlarning elektron shakllarini ham to‘plab borish hozirgi kun talabi bo‘lib qoldi. MBF kutubxona fondining bir qismi bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatga va ahamiyatga egaligi uchun alohida bo‘lim sifatida tashkil etilgan xonada yoki axborot bibliografiya bo‘limida joylashtiriladi.

Savol va topshiriqlar


  1. An’anaviy MBAning xususiyatlari nimada?

  2. MBAning tarkibiy qismlarini ayting.

  3. MBF va uning xususiyatlari haqida to‘xtaling.

  4. Katalog va kartotekalar tizimi haqida nimalarni bilasiz?

  5. Avtomatlashgan MBAning xususiyatlarini gapiring.

  6. Bajarilgan ma’lumotlar fondining vazifasi va ahamiyatini ayting.

  7. MBAga qanday talablar qo‘yiladi?

XIV BOB. KUTUBXONALARDA BIBLIOGRAFIYA ISHINI TASHKIL ETISH


Mavzuning maqsadi kutubxonalarda, axborot-kutubxona markazlarida bibliografik qo‘llanmalar bilan ishlash, ularni tuzish, ularning turlari va xususiyatlarini o‘rgatish.

Asosiy tushunchalarmetodika, o‘lkashunoslik kartotekasi, qo‘llanmani tuzish dasturi.

Download 371.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling