O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus


Ommaviv axborot vositalari (OAV) uchun obzor tayyorlash. Press reliz


Download 371.04 Kb.
bet36/42
Sana12.11.2020
Hajmi371.04 Kb.
#144075
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42
Bog'liq
bibliografiya

Ommaviv axborot vositalari (OAV) uchun obzor tayyorlash. Press reliz


Radio, televideniya va vaqtli matbuot sahifalarida muntazam ravishda yangi adabiyotlar sharhi berib boriladi. Ko‘pincha, bunday sharhlarni tahririyatning o‘zi tayyorlaydi. Sharhning samarali va sifatli o‘tishi uchun, albatta, axborot-resurs markazlari bilan hamkorlikda tayyorlash lozim. Bunda sharhning mavzusi aniqlanadi, mavzu uchun axborot-resurs markazida mavjud hujjatlar tanlanadi. Ular sharhni tayyorlash qoidasiga ko‘ra tayyorlanadi. Òayyor matn OAV tizimiga uzatiladi. Ba’zi hollarda televideniya orqali berilayotgan sharhlarda ketma-ketlik noto‘g‘ri tanlanadi, muntazamlilikka e’tibor berilmaydi yoki hozirjavoblik yo‘qoladi.

Press reliz OAV uchun yirik tadbirlarni reklama qilish maqsadida tayyorlanadigan axborot qog‘ozi bo‘lib, firmalar, korporatsiyalar, tashkilotlarning maxsus bo‘limlari, xizmatchilari, PR byurolari, PR agentligi vositasida bepul tarqatiladigan qisqa axborot. Bu, asosan, yarim, yoki bir sahifaga mo‘ljallanadi va buning uchun quyidagi talablarga javob berishi lozim: mazmun va jumlalar tushunarli va oddiy tilda berilishi; fikrlarning qisqa va yig‘ma holda berilishi; asosiy fikrlarning belgi yoki qora chiziq bilan ajratilishi; asosiy fikrni 15 —20 ta so‘zda bera olish; bosh abzasdagi g‘oyaning keyingi abzaslarda davom ettirilishi. Bosh abzasning vazifasi iste’molchini birinchi fikrdanoq qiziqtirishdan iborat. Keyingi vazifasi tashrif qog‘ozi o‘rnini egallashdir. Bosh abzas jurnalistikada tashrif qog‘ozi deb ham yuritiladi. Bosh abzasda birorta oshiqcha so‘z bo‘lishi mumkin emas, uslub sodda bo‘lishi shart. Press relizning xususiyatlari: shu kunning muhim yangiligini aks ettirishi; o‘z vaqtida berilishi, hozirjavobligi. Kutubxona tomonidan o‘tkaziladigan yirik tadbirlar—yubileylar, kitobxon benefisi, kitobxon marofoni, turli uchrashuv kechalari, ilmiy-amaliy anjumanlar, kitobxonlar konferensiyasi munosabati bilan uni keng jamoatchilikka ma’lum qilish, reklama qilish, targ‘ib qilish maqsadida ilg‘or kutubxonalar OAV bilan hamkorlik o‘rnatganlar.



Press reliz uch qismdan iborat bo‘ladi: 1-qism bosh abzas bo‘lib, murojaat qismi, unda rahbariyatga Press relizni jo‘natish maqsadi, asosiy g‘oya, uning ahamiyati tushuntiriladi. 2-qismida aniq va ravon, qisqa matnda qachon, qayerda, nima maqsadda, kimlar uchun tadbir o‘tkazilayotgani, undan kutilayotgan natija ko‘rsatiladi. 3- qismda tadbirni o‘tkazish joyi, vaqti, yordami uchun avvaldan minnatdorchilik bildiriladi. Press reliz, albatta, korxonaning rasmiy qog‘oziga yozilishi, tashkilotning birinchi rahbari imzo qo‘yishi shart.

Savol va topshiriqlar


  1. Bibliografik sharh va uning xususiyatlari haqida to‘xtaling.

  2. Bibliografik sharhlarning turlarini ayting.

  3. Yangi adabiyotlar sharhi va uni tayyorlash qoidasini tushuntiring.

  4. Mavzuli adabiyotlar sharhi qanday tayyorlanadi?

  5. Shaxslarga oid sharhlarning xususiyatlari nimalardan iborat?

  6. Qo‘llanmalar sharhining xususiyatlari haqida gapiring.

  7. Press reliz kimlar uchun tayyorlanadi va uning maqsadi nima?

XVII BOB. ISTE’MOLCHILARGA MA’LUMOT-BIBLIOGRAFIYA XIZMATI (MBX)


Mavzuning maqsadi ma’lumot-bibliografiya xizmati, uni tashkil etish, turli bilim sohalari va yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotbibliografiya xizmati ko‘rsatish qoidalari haqida ma’lumot berish.

Asosiy tushunchalar — ma’lumot-bibliografiya xizmati, bibliografik so‘roqlar, faktografik so‘roqlar.

Download 371.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling