O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus


MBX haqida umumiy tushuncha


Download 371.04 Kb.
bet37/42
Sana12.11.2020
Hajmi371.04 Kb.
#144075
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
bibliografiya

MBX haqida umumiy tushuncha


Kishilarda axborot olamiga, turli sohaga, masala va muammolarga oid ortib borayotgan qiziqishga va intilishga atrof-muhit, mamlakat ichida va tashqarisida yuz berayotgan voqea va hodisalar, mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy ahvoli, vazifalari va maqsadi, oilaviy muhit, mehnat faoliyati, yangi ixtirolar va kashfiyotlar, OAV orqali tarqalayotgan xabarlar ta’sir etadi. Ma’lumotbibliografiya xizmati talabgorlarning turli so‘roqlariga mos bibliografik xizmat ko‘rsatishdir. Ma’lumotlar so‘roqlarning turiga qarab turlanadi, ularning xarakteriga mos bo‘ladi, axborot xarakteriga ko‘ra bibliografik, faktografik, shakliga ko‘ra og‘zaki (telefon orqali, yuzma-yuz) va yozma (murakkab so‘roqqa javob bo‘lib, maxsus qidirishni, ro‘yxat tuzib berishni talab qiladi) bo‘ladi.

Bibliografik ma’lumot turli so‘roqqa beriladigan bibliografik axborotdir, u turlicha bo‘ladi: adresli (nashrning fonddagi o‘rnini ko‘rsatish uchun berilgan ma’lumot), aniqlovchi (bibliografik tavsifidan noaniqlik yoki qo‘shimcha ma’lumotni talab etgan holda berilgan), mavzuli (biror-bir mavzu, masala, muammoga oid). MBXning mazmunini kitobxon talabi yoki so‘rog‘i, axborotni qidirish, bibliografning javobi tashkil etadi. Bibliografik qidirish bibliografik faoliyatning negizini tashkil etadi. So‘roqlarni bajarish tezligi va sifati bibliografning kasbiy bilimi darajasiga, kitobxon bilan munosabatda bo‘la olish qobiliyatiga, MBXning sifatiga, bibliografning zamonaviy axborot texnologiyalari bilan erkin ishlay olishiga bog‘liq. Bularning hammasi o‘ziga xos dasturni (algoritmni) tashkil etadi. Bu dastur quyidagi bosqichlardan iborat:

  • axborotni qidirishga tayyorgarlik ko‘rish —so‘roqni qabul qilish, hisobga olish, tahlil qilish, mavzuni va maqsadini aniq shakllantirish, kitobxonni qiziqtirgan masala bo‘yicha xabardorligini o‘rganish, shu paytgacha mavzu bo‘yicha bilgan ma’lumotlari, so‘roqning dolzarbligini aniqlash;

  • qidiruv manbasini modellashtirish—so‘roq mazmuniga mos manbalarni aniqlash (o‘quv adabiyotlari, ommaviy nashrlar, ma’lumotnoma nashrlar va b.);

  • qidirishning mukammal yo‘lini tanlash—manbalar orasidan eng zarurini va so‘roqqa mosini ajratib olish;

  • qidirish dasturini amalga oshirish—so‘roqqa javob beruvchi axborotni olish, agar ma’lumot yozma ravishda talab etiladigan bo‘lsa, uni tayyorlash. Murakkab mavzudagi ma’lumotlar nusxasi saqlab qolinadi.

Kitobxonlarning bibliografik va axborot madaniyatini takomillashtirish uchun ish so‘ngida, albatta, axborot manbalarini ko‘rsatish lozim.

Òurli xil so‘roqlarni bajarish xususiyatlari


Mavzuli so‘roqlarni bajarish — „mavzu“ tushunchasi juda keng, u ma’lum bir masalani, savolni, muammoni, biror kishining hayoti va ijodini, o‘lka va mamlakat haqidagi ma’lumotni anglatishi mumkin. Mavzuli so‘roqlar, asosan, sistemali katalog, kartotekalar va ma’lumotlar bazasi va banki, bibliografik qo‘llanmalar yordamida bajariladi. Bularga qo‘shimcha ravishda kitob ichi va jurnal ichi ro‘yxatlari, nashrning o‘zi —kitob, gazeta, jurnal, davomli nashrlar, to‘plamlar va boshqa hujjatlar ham ko‘rib chiqiladi. Masalaning hal etilgani shunda ko‘rinadiki, ro‘yxatlardan, albatta, 2 — 3 ta hujjat tavsiya etilishi kerak. Masalan, maktab o‘qituvchisiga Oybek ijodi haqida ma’lumot kerak bo‘lsa, notanish bo‘lgan yangi ilmiy maqolalar tavsiya etiladi, o‘quvchiga yozma ish yozish uchun esa uning yoshiga moslab yozuvchi ijodiga oid ommabop nashrlar, talabaning ilmiy referat bajarishi uchun esa ilmiy xarakterdagi asarlar tavsiya etiladi. Bu so‘roqlarni bajarishda alifbo katalogidan tashqari sistemali va elektron katalogdan foydalanish zarur, ularda kalitli so‘zlar yordamida turli mavzular bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxatini olish mumkin. Mavzuli so‘roqni bajarishda so‘roq bilan bajariladigan ma’lumotning o‘zaro mantiqiy bog‘liqligini belgilab olish kerak. Agar kitobxon so‘rog‘i juda keng qamrovli bo‘lsa, uni suhbat davomida aniqlashtirib, ixchamlashtirib olish mumkin. O‘lkashunoslikka oid so‘roqlarni bajarishda, albatta, o‘lkashunoslik kartotekasidan, o‘lkaga oid qo‘llanmalardan, nashrlarning o‘zidan foydalanish zarur. Aniqlovchi bibliografik ma’lumotlarni bajarishning metodikasi va yutug‘i kitobxonning tayyorgarlik darajasiga, bibliografik tavsifning qay darajada kitobxonga tushunarli va tanish ekanligiga bog‘liq. Bunday so‘roqlar ko‘proq kitobxon tomonidan asar muallifining ism-sharifi, asar nomi, muallif asarining boshqa muallif nomi bilan atalgandagi holatida, muharrir, tarjimon yoki tuzuvchining muallif o‘rnida berilishida, asar nomining noto‘g‘ri aytilishida, hali nashr qilinmagan asarni so‘raganda, jurnal yoki gazeta maqolasini alohida nashr sifatida so‘raganda yuz beradi. Bunday so‘roqlarni bajarish uchun, avvalo, so‘roqning mazmuni, maqsadi aniqlanadi, bibliografik elementlari to‘ldiriladi. Keyin axborotni qidirish dasturi ishlab chiqiladi, katalog va kartotekadan to qo‘llanmagacha bo‘lgan axborot manbalari tanlanadi, vaqtli matbuot va ma’lumotnoma nashrlar tanlanadi. Agar qidirilayotgan hujjat kitoblar orasida bo‘lmasa, uni jurnallar orasidan, so‘nggi sonida chiqadigan adabiyotlar ro‘yxatidan qidirish kerak.

Manzilli bibliografik so‘roqni bajarish juda tez va murakkab qidirishsiz amalga oshadi. Hujjat haqidagi to‘la va aniq bibliografik ma’lumotga ega bo‘lgan bibliograf katalog va kartotekalarga, elektron katalogga murojaat qiladi yoki kitobxonning o‘zini qidirish jarayoniga jalb qiladi. Elektron katalog orqali buni qidirish juda tez va oson amalga oshadi. Òegishli hujjatni muallif familiyasi, sarlavhasi, nashr yili, nashriyot nomi, kalitli so‘z yordamida qidirish va kutubxonaning qaysi bo‘limida joylashganligini bilish mumkin. Faktografik so‘roqni bajarishda, albatta, ma’lumotnoma nashrlardan foydalaniladi. Buning uchun kutubxona xodimi ma’lumotnoma nashrning xususiyatlarini, mazmunini, ahamiyatini, yordamchi apparatlarini yaxshi bilishi zarur.


Badiiy adabiyot va adabiyotshunoslikka oid MBX


Badiiy adabiyot ko‘pchilikni qiziqtirgani uchun ham unga oid so‘roqlar ko‘p uchraydi. Bibliografik qidirish tajribasidan ma’lumki, bunday so‘roqlar juda xilma-xil va ularni quyidagicha guruhlashtirish mumkin: yozuvchilar va ularning asarlari; sarlavhasi bilan kitobxonga ma’lum bo‘lgan badiiy asar; aniq bir mavzuga oid badiiy asar; aniq bir janrga oid badiiy asar; aniq milliy adabiyot namunasi; adabiyot nazariyasi va tarixi bilan bog‘liq adabiyotshunoslikka oid asar; o‘lkashunoslik xarakteridagi adabiy so‘roq; faktografik so‘roq.

Ularning har birini bajarishda so‘roq maqsadini, axborot talabgorining tayyorgarlik darajasini, qidirish manbasini, xususiyatini bilish, ulardan foydalanish malakasini egallagan bo‘lishi shart. Qidirishning asosiy manbasi kataloglar, jurnal va to‘plamlardagi maqolalar yoki umumiy kartotekadagi tegishli bo‘limdir.

Bibliografik qidirish jarayonida kitobxonlarning o‘zlariga ma’lum bo‘lgan asarlarni sarlavhasi bilan so‘rash hollari ko‘p uchraydi. Bunday paytda badiiy asarlarning sarlavhalar kartotekasidan foydalaniladi. Aniq bir mavzuga oid yozuvchilarning asarlarini qidirishda mavzuli bibliografik so‘roq bajariladi. Bunda bibliografik so‘roqning xronologik va milliy chegarasi, ko‘pincha, qiyinchilik tug‘diradi. Aniq janrga oid so‘roq bilan kitobxon murojaat qilsa, bu ham mavzuli bibliografik so‘roq kabi bajariladi. Qidirish manbasi sifatida umumiy katalog, boshqa turdagi bibliografik kartotekalar, ma’lumotlar bazasi, badiiy asarlar kartotekasi, tavsiya va boshqa bibliografik qo‘llanmalar tavsiya qilinadi. Milliy adabiyot namunalari so‘ralganda yana umumiy katalogga murojaat qilinadi yoki elektron katalogdan foydalaniladi. KBK jadvali asosida milliy adabiyotlar guruhlashtiriladi, hamda boshqa xalqlar adabiyoti, masalan, qozoq, qirg‘iz, tojik, nemis, ingliz adabiyoti tegishli bo‘limlarda joylashtiriladi. Shuning uchun kutubxonalarda mavjud an’anaviy va elektron katalog yordamida kitobxon so‘rog‘i bajariladi. Shu kabi boshqa so‘roq turlari ham tegishli manbalar yordamida ijro etiladi.


Download 371.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling