O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus


Ilmiy-yordamchi bibliografik qo‘llanmalar


Download 371.04 Kb.
bet21/42
Sana12.11.2020
Hajmi371.04 Kb.
#144075
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42
Bog'liq
bibliografiya

Ilmiy-yordamchi bibliografik qo‘llanmalar


Ilmiy-yordamchi bibliografik qo‘llanmalar ilmiy tadqiqot ishida yordam berish maqsadida tayyorlanadi va olimlarga, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilariga, ilmiy tashkilot va muassasalarning rahbarlariga, shu soha mutaxassislari va talabalarga mo‘ljallanadi. Ilmiy-yordamchi bibliografiyalarga mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlarda nashr etilgan asarlar olinadi. Unga kitoblar, gazeta-jurnal, to‘plamlardagi maqolalar, standartlar, nizomlar, patentlar, dissertatsiyalar, hisobot va boshqa materiallar kiritiladi. Materiallarni qamrab olishning to‘laligi turlicha: ayrim bibliografiyalarda axborot iloji boricha to‘la keltiriladi, boshqalarida esa tanlangan holda olinadi. Buning uchun bir-birini to‘ldirib boruvchi, o‘zida mustaqil bibliografik nashrlar (bibliografik ko‘rsatkichlar, ma’lumotnomalar, sharhlar)dan tashqari nodavriy, davriy va davomli ilmiy nashrlarni ham birlashtiruvchi retrospektiv qo‘llanmalar yig‘indisidan tashkil topgan ilmiyyordamchi bibliografiyalar kerak bo‘ladi.

Kundalik ilmiy-yordamchi bibliografik qo‘llanmalar. Bu qo‘llanmalardan yangi hujjatlar haqida tezkor va muntazam axborot berishda foydalaniladi. Ular ilmiy tashkilotlarga, ilmiytadqiqot ishi bilan shug‘ullanuvchilarga fanning, ilmning rivojlanishini muntazam kuzatib borish, o‘rganib borish imkonini beradi. Axborotning tezkorligi va to‘liqligi faqatgina u yoki bu sohada fanning rivojlanishigagina bog‘liq emas, balki yutuqlarning amaliyotga joriy etilayotganiga ham bog‘liq. Bularni to‘la yoritib borish birgina bibliografik nashrda amalga oshib qolmaydi. Buning uchun hujjatlar mazmunini turlicha yo‘nalishda, shaklda ochib berish lozim. Hozirgi paytda keng tarqalgan axborot beruvchi kundalik ilmiy-yordamchi qo‘llanmalar —bibliografik axborot, referativ axborot va sharhli axborotlardir. Ular, asosan, oylik, kvartallik yoki yarim yillik davomli nashrlar ko‘rinishida bo‘ladi.

Bibliografik axborot—hujjatlar haqidagi tezkor xabar (signal), u hujjatlarning bibliografik tavsifi yoki asosiy ma’lumotlar bilangina cheklangan bibliografik ko‘rsatkichdir. Uning vazifasi tezkorlik, katta hajmdagi adabiyotlar haqida to‘la axborot berishdan iborat. Axborot mavzusi muammolar, bilim sohalari, hujjatlarning turlari bo‘yicha ham tartibga solinadi.

Referativ axborot referativ jurnal, ilmiy-axborot to‘plamlari, ekspress-axborotlar kabi nashr turlarini birlashtiradi. Unda axborot-hujjatlar haqidagi ma’lumotlar referatlar shaklida beriladi, hajmi va berilayotgan ma’lumotlar soni bilan boshqa turlardan farq qiladi. Referativ jurnal — bu hujjatlar haqida axborot beruvchi jurnal ko‘rinishidagi vaqtli nashr. U materiallarni to‘la beradi, birinchi galda ilmiy xodimlarga zarur nashrlarni, sohaga oid xorijiy adabiyotlarni tanlashda yordam beradi. Referativ to‘plam—aniq bir sohadagi ilmiy-texnik yutuqlarni aks ettiruvchi materiallarni yig‘uvchi vaqtli yoki davomli referativ nashr. Unda nashr etilmagan asarlar haqidagi axborot ham beriladi. Ekspressaxborot — vaqtli referativ nashr bo‘lib, u xorijda va mamlakatimizda nashr etilgan va etilmagan hujjatlarni aks ettiruvchi haftalik yoki oylik nashr. U materiallar haqida tanlangan asosda ma’lumot beradi, mazmun keng yoritiladi, maqsadi iste’molchilarga tezkorlik bilan ma’lumot berish.

Sharhli axborot —bir yoki bir necha bibliografik sharhni o‘zida jamlagan, qaysidir fan sohasi, texnika yoki madaniyat sohasidagi yutuqlar, rivojlanish va an’analarni aks ettirgan manbalarni tahlil qilish va umumlashtirishga oid bo‘ladi. Sharhli axborot referativ jurnallar, referativ to‘plamlar va boshqa axborot nashrlari asosida tayyorlanadi. Ilmiy tadqiqotlar mazmunini, metodikasini, natijalarini chuqur tahlil qilish ko‘p vaqt, malaka va kuch talab qiladi. Shuning uchun hozirgi paytda bunday sharhlar pullik xizmat ko‘rsatish turiga kiritilgan.

Retrospektiv ilmiy-yordamchi bibliografik qo‘llanmalar. Ularning maqsadi turli xil hujjatlarda aks etgan fan, texnika, madaniyat yutuqlaridan, ma’naviy boylikdan kompleks foydalanishga yordam berishdan iborat. Umumlashtiruvchi, yakunlovchi vazifani bajarish bilan bunday qo‘llanmalar jiddiy tadqiqot ishlari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Unga ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar —oddiy asardan to memuar asargacha, kundaliklar, ilmiy tadqiqotlarni olib borish metodikasiga oid asarlar tanlab olinadi. Retrospektiv bibliografiyaning rivojlanishi kundalik bibliografiyalarning rivojiga, avtomatlashgan tizimdan qay darajada foydalanilayotganiga bog‘liq. Bu yo‘nalishda tarmoqlararo, tarmoq, mavzuli va muammoli-mavzuli ko‘rsatkichlar, ilmiy muassasalarning, ayrim olimlarning asarlari ko‘rsatkichi, biobibliografik ko‘rsatkichlar, lug‘atlar, mamlakatshunoslik va o‘lkashunoslik xarakteridagi ko‘rsatkichlar, nashrlarning ayrim turlariga oid ko‘rsatkichlar (dissertatsiyalar, qo‘lyozmalar va h. k.) tuziladi.

Professional ishlab chiqarishga oid bibliografik qo‘llanmalar


Turli sohadagi amaliyotchilarga mo‘ljallangan maxsus bibliografik qo‘llanmalar ishlab chiqarish va kasbiy faoliyat davomida uchraydigan har xil muammolarni hal etishda, bibliografik axborotga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishda yordam beradi. Professional ishlab chiqarishga oid bibliografik qo‘llanmalarning talabgorlari oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli ishlab chiqarish va boshqa sohadagi mutaxassislardir. Bu ko‘rsatkichlar xarakteriga ko‘ra ham ilmiy-yordamchi, ham tavsiya ko‘rsatkichlariga o‘xshab ketadi, ya’ni ular oraliq o‘rinda turadi. Ishlab chiqarishga va kasbiy malakaga oid adabiyotlarning ko‘plab nashr etilishi mutaxassislar uchun ko‘plab turda bibliografik qo‘llanmalar tayyorlashni taqozo qiladi. Ular doimo amaliy ahamiyatga, mutaxassisga zarur bo‘lgan sohada tanlangan axborotni olish imkoniyatini beruvchi tavsiyaga ega bo‘ladi.

Bunday qo‘llanmalarning talabgorlari —sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasidagi mutaxassislar, fermer xo‘jaligidagi rahbarlar, loyihachilar, konstruktorlar, zootexnik, veterinarlar va boshqalar, shuningdek, ishlab chiqarish sohasidan tashqarida maorif, madaniyat va san’at, tibbiyot xodimlari ham shu soha adabiyotlariga murojaat qiladilar.

Keyingi yillarda savdo, biznes, tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi bilan bibliografik qo‘llanmalar xarakteri va yo‘nalishida o‘zgarish ham yuz berdi. Endilikda ular uchun alohida ko‘rsatkichlar tuzish talab etilmoqda. Viloyat kutubxonalari qoshida tashkil etilgan „Huquqiy axborot markazlari“ (tadbirkorlar, savdo xodimlari uchun) bibliografiyaning turli xil kichik shakllarida axborot varaqalari, bulletenlari, sharhlar tayyorlab tarqatadi. Bibliografik qo‘llanmalarning tiði mavzusi kabi mutaxassisning ishlab chiqarish va amaliy faoliyati xususiyatiga mos keladi. Bular bibliografik sharhlar va ko‘rsatkichlar bo‘lib, ular ilmiy-amaliy jurnallar sahifalarida beriladi va asarlarning sarlavhalari va mavzusi ko‘rstkichlaridan iborat.

Mutaxassislar uchun tuzilgan bibliografik qo‘llanmalarning o‘ziga xos metodik xususiyati: maqsadga qaratilgan bibliografik tanlash; ma’lumot-bibliografiya apparatiga egaligi. Òanlangan hujjatlar amaliy xarakterga ega bo‘ladi, so‘nggi yillarda nashr etilgan zamonaviy texnika va texnologiya, asboblarni modernizatsiya qilish, ishni tashkil etishning zamonaviy shakllariga oid bo‘ladi.

Maorif va ma’naviyatga oid bibliografik qo‘llanmalar muhim, ular professor va o‘qituvchilarga hamda kutubxona xodimlariga mo‘ljallanadi. Adabiyotlar ma’ruzalarga, mashg‘ulotlarga, suhbatga tayyorlanishda yordam beradi. Bu yo‘nalishda muhim va unutilmas voqea va sanalar taqvimi, bibliografik sharhlar, ma’lumotnomalar, metodik tavsiyalar keng tarqalgan.


Download 371.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling