O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus


Download 371.04 Kb.
bet6/42
Sana12.11.2020
Hajmi371.04 Kb.
#144075
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
bibliografiya

Umumiy tushuncha


Bibliografik faoliyatning natijasi—hujjatlar haqidagi ma’lumotlar yig‘indisi — bibliografik axborot deyiladi. Bibliografiyaning asosiy obyekti hujjatdir.

Hujjatlardagi asosiy xususiyat unda berilayotgan axborotning ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligida, bu uning yaratilayotgan tarixiy davr, shart-sharoit bilan uzviy bog‘liqligida ko‘rinadi.

1964- yil „hujjat“ so‘zi axborotning moddiy tashuvchisi sifatida belgilab berildi. Hozirgi paytda „hujjat“ deganda axborot bilan bog‘liq, kishilar tomonidan ularni to‘plash, foydalanish, uzatish, saqlash va hisobga olish bilan bog‘liq moddiy obyekt tushuniladi. „Hujjat“ so‘zi ahamiyatiga ko‘ra keng tushuncha. Hujjatlarda real hayot voqeliklari, faktlari va barcha ma’lumotlar o‘z aksini topadi, hujjatda u yaratilayotgan davrning ma’lum bir qirrasi haqidagi axborot to‘planadi.

„Hujjat“ termini qog‘oz, kinolenta, turli xil ko‘rinishdagi tasmalar, elektron disklar ko‘rinishidagi axborot tashuvchi materialni anglatadi. Davr o‘tishi bilan, taraqqiyot natijasida yangi-yangi axborot eltuvchilar qo‘shilib boraveradi. Har bir axborot eltuvchi yoki axborot resurslari o‘ziga xos xarakterga va xususiyatga ega va u axborotni tayyorlashda hisobga olinadi. Shunga ko‘ra belgilari, ahamiyati, mazmuni va shakliga ko‘ra turlanadi.



Axborot iste’molchisi — inson. Uning maqsadi mustaqil bilim olish, o‘quv malakasini oshirish, ilmiy bilim olish va ilmiy salohiyatini oshirish, ishlab chiqarish malakasini oshirish va boshqalar. Yuqori darajada axborot-kutubxona va bibliografik xizmat ko‘rsatish uchun kitobxonlar ilmiy asoslangan holda klassifikatsiya qilinishi lozim. Klassifikatsiya asosiga insonning professional ishlab chiqarish faoliyati, egallab turgan lavozimi, ma’lumot darajasi, yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, o‘qish madaniyati darajasi, bibliografik qo‘llanmalardan foydalana olish qobiliyati, ruhiy va boshqa xususiyatlari olinadi. Chunki inson— kitobxon ham bibliografiyaning obyektidir. Hujjat va axborot iste’molchisi mazmun mohiyatiga ko‘ra matbuot asari (kitob, nashr) va kitobxon (bibliografik axborot iste’molchisi) tushunchalaridan farqlanadi. Ilmiy axborot faoliyati faqatgina matbuot asari bilan emas, balki barcha ko‘rinishdagi axborot resurslari (elektron resurslar) bilan bog‘liq. Bibliografiya esa, matbuot asari (kitob, gazeta, jurnal) bilan ishlaydi. Kitob, gazeta va jurnallar tarixan insoniyat bilimining manbayi, uning bilimlarini aks ettiruvchi, to‘plovchi va saqlovchi vosita hamda inson bilimini oshirish va ruhiy ta’sir vositasi bo‘lib kelgan. Kitobning o‘rnini hech narsa bosa olmaydi. Ammo keyingi paytda boshqa axborot tashuvchi resurslar ham bibliografik faoliyat doirasiga singib bormoqda. Demak, kitob-kitobxon tizimi ham bibliografiyaning obyektidir. Bu keyingi paytda hujjat-axborot iste’molchisi tizimi bilan boyidi.

Bosma mahsulotlarni klassifikatsiya qilish


Nashrlar qurilishiga ko‘ra kitob, jurnal, gazeta, varaqaga, belgisiga ko‘ra matnli, notali, kartografik va izonashrga bo‘linadi. Eng muhim belgisi nashrning davomiyligi yoki chiqishining xarakteridir. Bunga ko‘ra nodavriy (bir martalik), vaqtli va davomli nashrga bo‘linadi. Bir marta nashr etilgan asar nodavriy deyiladi, zarur bo‘lgan holda qayta nashr etilishi mumkin, bunda, albatta, qayta nashr etilgani haqidagi ma’lumot ko‘rsatiladi. Qayta nashrda u muallif tomonidan to‘ldirilishi, qisqartirilishi, tuzatilishi, o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin va bu, albatta, ko‘rsatiladi. Bunga kitob, risola, varaqalar kiradi. Kitob—48 sahifadan ortiq bo‘lgan matnli nashr. Risola esa 48 sahifagacha bo‘lgan matnli nashr. Varaqalar 1 sahifadan 4 sahifagacha hajmda bo‘ladi. Vaqtli bo‘lmagan nashr bir jildlik yoki bir necha jildlik bo‘ladi. Ko‘p jildlik nashr bir maqsadga, bir mavzuga yoki bir yo‘nalishga, bir xil poligrafik bezatilishga ega bo‘lgan bir necha kitobdan iborat bo‘ladi. Vaqtli nashrlar—gazeta, jurnal, to‘plam va bulletenlar bo‘lib, ularning xususiyati nashrdan chiqishda ma’lum bir tartibda ketma-ketlikka egaligidir. „Periodika“—vaqtli so‘zi grekchadan olingan bo‘lib, yana boshlangan, qaytayotgan degan ma’noni anglatadi. Davomli nashrlar —to‘plangan materialning hajmiga ko‘ra muntazam bo‘lmagan tartib raqamiga ega bo‘ladi. Unda biror- bir tashkilot yoki muassasaning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga oid ma’ruzalar, xabarlar, maqola va boshqa materiallar beriladi. Davomli nashrlar, asosan, „Ilmiy ishlar“, „Ishlar“, „Ilmiy xabarlar“, „Xabarlar“ kabi umumiy nomlar bilan chiqariladi. Har biri alohida tartib raqamiga ega bo‘ladi. Masalan, Madaniyat instituti ilmiy ishlar to‘plami har yili nashr etiladi va ular soni 30 taga yetdi. Davriy nashrlar ma’lum bir davrda chiqish raqami bilan chiqariladi. Ana shunday nashrlardan biri—„Qizil kitob“ yo‘qolib borayotgan yoki yo‘qolish xavfida bo‘lgan noyob o‘simlik va hayvon turlarini qayd etib boruvchi va ular haqida ma’lumot beruvchi ma’lumotnoma xarakteridagi davlat hujjati. Unda avval o‘simlik yoki hayvon haqida ma’lumot beriladi, yo‘qolib borishiga sabab va omillar haqida, yo‘qolishining oldini olish uchun tavsiyalar beriladi.

1948- yil tashkil topgan Òabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish Xalqaro ittifoqi kamyob va yo‘qolib ketish xavfida bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlarining ro‘yxatini tuzish g‘oyasini bajarishga kirishdi. Òurlarni saqlab qolish bo‘yicha maxsus komissiya tuzilib, 1966-yildan tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlikda Xalqaro qizil kitobning dunyo va alohida mintaqalar florasiga bag‘ishlangan nashrlari bosila boshlandi. O‘zbekistonning noyob o‘simlik va hayvonlari to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar 1974- yil ta’sis etilgan qizil kitobda berila boshlandi. O‘zbekistonning „Qizil kitob“i 1978- yili ta’sis etildi. Birinchimarta O‘zbekiston „Qizil kitob“ining faunaga bag‘ishlangan qismi 1983-yil nashrdan chiqdi. Unga umurtqali hayvonlar — baliqlar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilarning 63 ta turi kiritilgan. 1984-yili ilk marta o‘simliklar olamining kamyob, yo‘qolib ketayotgan 163 turi haqida mukammal ma’lumotlar berildi. Kitobga kiritiladigan o‘simlik va hayvon turlari Òabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi taklif etgan tasnifga ko‘ra 4 ta guruhga ajratiladi:



  1. Yo‘qolgan yoki yo‘qolish arafasida turgan jiddiy muhofazatalab etuvchi turlar;

  2. Yo‘qolib yoki kun sayin soni kamayib borayotgan, maxsusmuhofazaga muhtoj turlar;

  3. Kamyob, bevosita yo‘qolish xavfi bo‘lmasa-da, kichikmaydonlarda kamdan-kam uchraydigan muhofazaga muhtoj turlar;

  4. Muayyan vaqt davomida soni va tarqalgan maydonlaritabiiy sababga ko‘ra yoki inson ta’sirida qisqarib borayotganini nazorat qilib turishni talab qiladigan turlar.

1998-yilda O‘zbekiston florasining yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan 301 ta turining hozirgi holatini tavsiflaydigan nashri qayta bosmadan chiqqan. 2003- yildan keyin O‘zbekiston faunasi turlari maqomini baholashga imkon beruvchi ma’lumotlar to‘planib, yangi soni nashrdan chiqarildi. So‘nggi nashrda sut emizuvchilarning 24, qushlarning 51, sudralib yuruvchilarning 16, baliqlarning 18, halqali chuvalchanglarning 3, moluskalarning 15, bo‘g‘imoyoqlilarning 62 turi va kenja turi kiritilgan. O‘zbekiston faunasi va florasining ba’zi turlari Xalqaro qizil kitobga ham kiritilgan. Unda ajratilgan alohida sahifalarda ularning o‘zbekcha, ruscha, lotincha ilmiy nomlari, ularning sistematik o‘rni, qisqacha morfologik tavsifi, tarqalishi, yashash muhiti, tabiatdagi soni, ko‘payishi, sonining o‘zgarish sabablari, muhofaza qilish choralari va boshqalar bayon etilgan. O‘simlik yoki hayvon turini qizil kitobga kiritishni tavsiya etish huquqiga muassasalar, davlat va jamoat tashkilotlari, ayrim olimlar ega. Agar muhofaza qilish natijasida yo‘qolib ketish xavfining oldi olingan bo‘lsa va qayta bunday muammo sodir bo‘lmasa, ular qizil kitobdan chiqariladi. Unga kiritilgan turlar davlat qonuni bilan himoya qilinadi va uni buzgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Nashrlarning yana bir turi ruknli nashrlar bo‘lib, ular umumiy mazmunga, yo‘nalishga, kitobxonlar guruhiga, maqsadga ega va umumiy rukn nomi bilan chiqariladi. Ammo har biri alohida muallif, alohida nom, chiqish ma’lumotlariga ega bo‘ladi. Masalan, „XX asr o‘zbek romani“ rukni ostida A. Qodiriyning „O‘tkan kunlar“, „Mehrobdan chayon“, A. Qahhorning „Sarob“, „Qo‘shchinor chiroqlari“, Sh. Rashidovning „G‘oliblar“, Cho‘lponning „Kecha va kunduz“, Oybekning „Navoiy“ va boshqa romanlar nashr etildi. Har bir nashr o‘z kitobxoniga, maqsadiga ega bo‘ladi, aniq masala yoki muammoni hal etishga yordam beradi, ilmiy tadqiqotlar natijasi haqida, davrning ijtimoiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayoti, ishlab chiqarish masalalari, kashfiyotlar, ixtirolar, yangiliklar to‘g‘risida axborot beradi. Maqsadiga ko‘ra nashr hajmi, xarakteri, tuzilishi, nashrning bezatilishi belgilanadi.



Download 371.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling