O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus


Vaqtli matbuot nashrlarining klassifikatsiyasi


Download 371.04 Kb.
bet8/42
Sana12.11.2020
Hajmi371.04 Kb.
#144075
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
Bog'liq
bibliografiya

Vaqtli matbuot nashrlarining klassifikatsiyasi


Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari ishiga alohida e’tibor bilan qaraladi, chunki ayni shu to‘rtinchi hokimiyat deb yuritiluvchi vositalar ommani dunyo miqyosidagi va mamlakatimiz ichidagi siyosiy ahvol, madaniy-ma’rifiy yangiliklar, voqealar, fan, texnika taraqqiyoti, kashfiyot va ixtirolar bilan tanishtiradi, kishilarni ularda faol ishtirok etishga jalb qiladi, badiiy, estetik didining shakllanishiga yordam beradi. Vaqtli matbuot nashrlari ommaviy axborot vositalari va, umuman, axborot resurslari orasida alohida o‘rin tutadi. Mamlakatimizda 120 dan ortiq nomda o‘zbek, qozoq, tojik, rus tillarida gazeta va jurnallar turli yoshdagi iste’molchilarga mo‘ljallanib nashr etiladi. Nashrning har bir chiqishida uning nomi, qachondan boshlab chiqa boshlagani, sanasi, tartib raqami, ta’sischi tashkilot nomi, muharrir ism-sharifi, bosishga ruxsat etilgan sana, har bir chiqish soni uchun javobgar shaxs, nashrning indeks raqami, tahririyat va bosmaxona nomi, manzili, telefon va faks raqami, bahosi ko‘rsatiladi.

Gazetalarning chiqish sonlari va vaqti turlicha: haftalik, kunlik, bir haftada bir necha marta chiqadigan gazetalar. Masalan, „Afandi“, „Oila va jamiyat“, „Ma’rifat“, „Òàøêåíòñêàÿ íåäåëÿ“, „Vatanparvar“, „O‘zbekiston Adabiyoti va san’ati“, „Darakchi“ gazetalari haftalik, „Òoshkent oqshomi“, „Âå÷åðíûé Òàøêåíò“, „Xalq so‘zi“, „Íàðîäíîå ñëîâî“ gazetalari kunlik. Gazetalar hududiy qamrab olish darajasiga ko‘ra respublika, viloyat, shahar yoki tuman gazetalariga, mazmuniga ko‘ra universal va ixtisoslashtirilgan gazetalarga ajratiladi. „Ma’rifat“ va „Ó÷èòåëü Óçáåêèñòàíà“ gazetalari o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan va ixtisoslashgan. Gazetalar kundalik voqealar, sanalar, muhim yangiliklar haqida axborot beradi, shuning uchun undagi ma’lumotlar tez eskiradi va tezkor tarqatishni talab qiladi.

„O‘zbekiston ovozi“ gazetasi O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasining ijtimoiy-siyosiy gazetasi. Haftada 3 marta nashrdan chiqadi, uning rus tilidagi nashri—„Ãîëîñ Óçáåêèñòàíà“ haftada bir marta chiqariladi. Gazetaning dastlabki soni 1918- yil 21iyunda „Ishtirokiyun“ („Êîììóíèñò“) nomi bilan nashrdan chiqqan. 1920- yildan „Qizil bayroq“, 1922- yildan „Òurkiston“, 1924-yildan „Qizil O‘zbekiston“, 1964- yildan „Sovet O‘zbekistoni“, 1991- yildan „O‘zbekiston ovozi“ nomi bilan nashr etilmoqda. A. Avloniy, A. Qodiriy, H. Olimjon, G‘. G‘ulom, A. Qahhor, Oybek, M. Shayxzoda, Zulfiyalar gazeta tahririyatida ishlaganlar. Gazeta hayotimizning barcha sohasiga oid, ichki va tashqi siyosatga oid materiallarni chop etadi.

„O‘zbekiston adabiyoti va san’ati“—O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimidagi haftalik ijtimoiy-siyosiy gazeta. U 1956- yil 4- yanvardan „O‘zbekiston madaniyati“ nomi bilan haftada 2 marta chiqa boshlagan. 1981- yildan 8 sahifada chop etiladi. Sahifalarida adabiyot va san’at masalalari, shunga bog‘liq hayotimizning barcha jabhasi, ma’naviy merosimizga oid tadqiqotlar, adabiy tanqid va adabiyotshunoslik, kitob va kitobshunoslik, nashriyotchilik ishiga oid, ma’naviy ehtiyojga, iymon-e’tiqodga oid, kino san’ati, musiqa, dizaynga oid materiallar ham berib boriladi.

„Kitob dunyosi“ — O‘zbekiston respublikasi matbuot va axborot agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan oyda 1 marta chiqadigan axborot-ma’lumot gazetasi. U 2001- yil 8- dekabrdan nashr etiladi.



Jurnallar—universal va ixtisoslashgan mazmunga ega bo‘ladi. Jurnallar kitobxonlar guruhi, maqsadi va boshqa belgilariga ko‘ra turlanadi. Ular ilmiy, kasbiy, ishlab-chiqarish, ilmiy-ommabop, adabiy-badiiy deb ham ajratiladi.

Ilmiy jurnallar turli bilim sohasidagi ilmiy ishlar, ilmiy tadqiqot ishlari natijalari haqidagi asosiy axborot beruvchi manba bo‘lib, mutaxassislar va olimlarga, ilmiy xodimlarga bag‘ishlanadi. „Òafakkur“, „Ijtimoiy fikr“, „Fan va turmush“ jurnali ilmiy jurnallardir. „Fan va turmush“ O‘zFAning ilmiyma’rifiy, ommabop jurnali bo‘lib, turli davrlar vazifasidan kelib chiqqan holda turlicha nomlangan. 1933 —1935- yillar „Sotsialistik ilm va texnika“, 1939—1941- yillarda „Sotsialistik Fan va turmush“ deb nashr etilgan. 1941- yil iyulidan 1957yil fevraligacha ma’lum bir sabablarga ko‘ra nashr etilmagan. 1957- yildan „Fan va turmush“ deb nashr etiladi. Jurnalga dastlab ko‘zga ko‘ringan olimlar, ijodkorlar, birinchi jurnalistlar, ya’ni Otajon Hoshim, Q. Niyoziy, I. Islomov, I. Mo‘minov, M. O‘rozboyev, Y. Òo‘raqulovlar muharrirlik qilganlar. Jurnal rangli illustratsiyalangan holda nashr etiladi. „Ibn Sino“ (Avitsenna) —Ibn Sino Xalqaro jamg‘armasining ilmiy-amaliy jurnali 2000- yildan boshlab Òoshkentda bir yilda 4 marta o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etiladi. Jurnalning vazifasi— Ibn Sino shaxsiga oid, uning mashaqqatli hayot yo‘li, ilmiyijtimoiy faoliyati, sermazmun va ko‘pqirrali ijodi, sinoshunoslik sohasidagi ishlar, izlanishlar, ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari bilan jurnalxonlarni tanishtirib borish. Jurnal 1000 nusxada nashr etiladi. „O‘zbekiston tarixi“ O‘zbekiston FA Òarix institutining ilmiy-tarixiy jurnali bo‘lib, 1998- yili asos solingan. Uning 1- soni 1999- yil yanvarda chiqdi. Har uch oyda 1 marta rus va o‘zbek tilidagi materiallar nashr etiladi. Jurnal tarixchi mutaxassislar, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, talabalari va O‘zbekiston tarixi bilan qiziquvchi kitobxonlarga mo‘ljallangan. „O‘zbekiston davlatchiligi tarixidan“, „Tarixiy shaxslar“, „Tarixiy atamalar“, „Tarixshunoslik“ kabi ruknlarda ilmiy maqolalar berib boriladi.

Kasbiy ishlab chiqarishga oid jurnallar mutaxassis amaliyotchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, shu kasb doirasidagi materiallar haqida axborot beradi. „O‘zbekiston matbuoti“, „Kitob dunyosi“, „Ibn Sino“, „Biblioteka“, „Áèáëèîòåêîâåäåíèå“, „Bibliografiya“, „Klub“, „KPR“ kabi jurnallar maxsus jurnallardir.

„Inson va qonun“ —O‘zbekiston respublikasining huquqiy, ijtimoiy ommabop jurnali Adliya vazirligi tomonidan 1996- yil yanvardan boshlab nashr etiladi. Avval oyda bir marta, 1998yil yanvaridan mustaqil haftalik gazeta sifatida nashr etilgan. Asosiy vazifasi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish, aholini O‘zbekiston va jahon qonunchiligidagi o‘zgarishlar bilan tanishtirib, tushuntirib, sharhlab borish, jinoyatchilik ildizlarini ochish va bu ishga keng jamoatchilikni jalb etishdan iborat.

„O‘zbekiston matbuoti“—O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi ta’sis etgan 2 oyda bir marta chiqadigan ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-siyosiy jurnal. Dastlab „Turkiston matbaachisi“ („Òóðêåñòàíñêèé ïå÷àòíèê“, 1918 — 24- y.) nomi bilan o‘zbek va rus tillarida yaxlit holda oyda 2 marta, 1928 — 38-yillarda uning o‘rniga o‘zbek tilida „Muxbirlar yo‘ldoshi“, 1939—1941- yillarda „Bolshevistik matbuot“, 1924—

25- yillarda rus tilida „Íàø ðàáêîð“, 1927-28- yillarda „Òðèáóíà ðàáêîðà“, 1952—1964- yillarda o‘zbek va rus tillarida „Mahalliy matbuot xodimlariga yordam“ („ ïîìîùü ðàáîòíèêàì ìåñòíîé ïå÷àòè“), 1965 — 68- yillarda „O‘zbekiston matbuoti“ („Ïå÷àòü Óçáåêèñòàíà“), 1969—1990yillarda „Muxbir“ („Êîððåñïîíäåíò“), 1991- yildan boshlab yana „O‘zbekiston matbuoti“ nomi bilan chiqa boshladi. Jurnalda respublika ommaviy axborot vositalari, axborot agentliklari, nashriyotlar, bosmaxonalar, kitob savdosi, ijodiy uyushmalar faoliyati haqida materiallar beriladi.

„O‘zbekiston tibbiyot jurnali“ —O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar bo‘limlari, Òoshkent shahar Sog‘liqni saqlash Bosh boshqarmasi bir yilda 6 marta o‘zbek va rus tillarida nashr qiladigan ilmiy-amaliy jurnal. 1922- yildan „Turkiston tibbiyot jurnali“, „O‘rta Osiyo tibbiyot jurnali“, 1926-yildan „O‘zbekiston tibbiyot jurnali“ nomi bilan chiqqan. 1941—53-yillarda vaqtincha nashr etilmagan. Jurnalning vazifasi O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni, ilmiy-amaliy yutuqlarni targ‘ib qilish, epidemiologiya, sanitariya, ekologiya, dorishunoslik masalalari va sog‘lom turmush tarzini yoritib, targ‘ib qilish „O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi“ning 1- soni 1922- yil „Yangi qishloq“ nomi bilan Òurkiston Maorif xalq komissarligining organi sifatida nashr etilgan. 1925 —71- yillarda „Dehqon“, „Qishloq xo‘jaligi turmushi“, „Paxta uchun kurash“, „O‘zbekiston sotsialistik qishloq xo‘jaligi“, „O‘zbekiston kolxoz-sovxozlar ishlab chiqarishi“ nomi bilan o‘zbek va rus tillarida nashr etilgan. 1971-yildan hozirgi nomda nashr etiladi. Unda qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlari, fermer xo‘jaliklari faoliyati, qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnologiyalar bilan takomillashtirish, qishloq turmush tarziga oid materiallar berib boriladi. 1991- yildan O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligining agrar-iqtisodiy, ilmiy-ommabop jurnali hisoblanadi. „O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar“ („Îáùåñòâåííûå íàóêè â Óçáåêèñòàíå“) — O‘zFAning ijtimoiy-gumanitar fanlar masalalarini yorituvchi ilmiy jurnali. Bir yilda 6 marta o‘zbek va rus tillarida yaxlit holda nashr etiladi. 1957 —60- yillar „O‘zbekiston FA axboroti. Ijtimoiy fanlar seriyasi“, 1960- yil oktabridan hozirgi nomda nashr etiladi. Unda iqtisodiyot, falsafa, huquq, sharqshunoslik va tarix fanlari bo‘yicha materiallar e’lon qilinadi. „Ilmiy axborot“, „Fan yangiliklari“, „Tarix sahifalari“, „Tarixnavislik“, „Manbashunoslik“ rukni ostida ilmiy maqolalar berib boradi. Yilning eng oxirgi sonida yil davomida nashr etilgan maqolalarning mavzular va sohalar bo‘yicha ro‘yxati beriladi.

Adabiy-badiiy, adabiy-ijtimoiy jurnallar turli-tuman mavzularga oid materiallardan tashkil topadi va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallanadi. Ular kitobxonlarni mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlar mualliflarining eng yangi asarlari, tarjima asarlari bilan tanishtiradi. „Sharq yulduzi“, „Guliston“, „Teatr“, „Sanam“, „Saodat“, „Jahon adabiyoti“ kabi jurnallar shular jumlasidandir.

„Muloqot“ jurnali—O‘zXDP Markaziy kengashiga qarashli milliy, ijtimoiy-siyosiy va tarixiy-badiiy jurnal. 1991- yil yanvardan nashr etiladi. Jurnal sahifalarida ijtimoiy-siyosiy, siyosiy-madaniy, iqtisodiy-ma’naviy-ma’rifiy hayot yoritiladi. „Sharq yulduzi“ — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining adabiy-badiiy va ijtimoiy jurnali. 1932- yil iyun-iyul oyida „O‘zbekiston sho‘ro adabiyoti“, 1935- yil yanvardan „Sovet adabiyoti“, „O‘zbekiston adabiyoti va san’ati“ nomi bilan chiqqan. Ikkinchi jahon urushi yillarida moddiy imkoniyat bo‘lmaganligi sababli nashr etish to‘xtatilgan.1946- yildan boshlab „Sharq yulduzi“ nomi bilan chiqa boshlagan. Unda o‘zbek, qardosh xalqlar, xorijiy adabiyot namunalari, adabiyotshunoslikka oid materiallar nashr etiladi. Jurnalga Oybek, A. Qahhor, Uyg‘un, A. Muxtor, H. G‘ulom, Mirmuhsin, O‘. Hoshimov, O.Muxtorlar muharrirlik qilganlar. 2005-yildan Minhojiddin Mirzo muharrirlik qilmoqda.



Download 371.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling