O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi o. T. Husanov konstitutsiyaviy huquq
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
konstitutsiyaviy huquq (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22.2. O‘zini o‘zi boshqarish organlari, ularning vazifasi
- 22.3. Fuqarolar yig‘inlari ishini tashkil qilish
- 22.4. Fuqarolar yig‘inlari raisi (oqsoqoli)
- 22.5. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan munosabati
- NAZORAÒ SAVOLLARI
- SUD HOKIMIYATI 23.1. Mustaqil sud hokimiyati, uning tizimi
- 23.2. Konstitutsiyaviy sud, uni tashkil qilish tartibi va vazifasi
BOSHQARISH ORGANLARI 22.1. O‘zini o‘zi boshqarish tushunchasi O‘zini o‘zi boshqarish fuqarolar faoliyatining bir yo‘nalishi hisoblanadi. O‘zini o‘zi boshqarish jahon davlatchiligi va jamiyat rivojlanishi tajribasida uchraydigan muhim institut bo‘lib, u xorijiy mamlakatlarda mahalliy boshqaruv, deb yuritiladi. Bu faoliyatni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi, deb yuritilishi O‘zbekistonga xos xususiyatdir. O‘zini o‘zi boshqarish, Konstitutsiya va qonunlar asosida mamlakatning tarixiy, milliy xususiyatlariga tayangan holda aholi (jamoa) manfaatidan kelib chiqib, mahalliy ahamiyatga ega masalalarni mustaqil hal etish maqsadida faoliyat ko‘rsatadigan fuqarolar faoliyatining tashkiliy tizimidir. O‘zini o‘zi boshqarish bilan o‘zini o‘zi boshqarish organlari bir-biridan farq qiladi. O‘zini o‘zi boshqarish tashkiliy tizimdan iborat faoliyat bo‘lsa, o‘zini o‘zi boshqarish organlari shu faoli- yatni amalga oshiruvchi tuzilmalar (tashkilotlar) hisoblanadi. O‘zini o‘zi boshqarish faoliyati orqali fuqarolar davlat va jamoat ishlarida ishtirok etadi yoki boshqacha qilib aytganda, o‘zini o‘zi bosh- qarish fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarida ishtirokini ta’min- lovchi muhim vositalardan biridir. Bu Konstitutsiyaning 32-modda- sida ham o‘z ifodasini topgan. Unga asosan, fuqarolar jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda o‘zini o‘zi boshqarish orqali ishtirok etadi. Bizning Konstitutsiyamiz o‘zini o‘zi boshqarish masalasiga faqat fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini belgilash bilan yondashgan. Aslida o‘zini o‘zi boshqarish ancha keng tuzilma bo‘lib, bir necha harakatlarni o‘z ichiga oladi. Jumladan, referendum (umum- xalq ovozi) ham ayrim mamlakatlarning Konstitutsiya va qonun- larida o‘zini o‘zi boshqarish hisoblanadi. 222 Yoki jamoat birlashmalari faoliyatini amalga oshirish, davlat tashkilot, korxona, muassasalaridagi jamoatchi tashkilotlar ham o‘zini o‘zi boshqarish hisoblanadi. O‘quv yurtlaridagi ota-onalar qo‘mitalari, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlari ham o‘zini o‘zi boshqarish ko‘rinishidir. Kasb-hunar ta’limi muassasalarida, jumladan, Òoshkent yuri- dik kollejida tashkil qilinadigan «Vasiylik Kengashi» ham jamoat boshqaruvi hisoblanadi 1 . Shunday qilib, o‘zini o‘zi boshqarish aholi tomonidan turli Kengash, qo‘mita va boshqa tuzilmalar orqali amalga oshiriladi. O‘zini o‘zi boshqarish bevosita demokratiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib, xalq hokimiyatini ro‘yobga chiqarish vositasidir. Jamiyat demokratlashib borgan sari o‘zini o‘zi boshqarish kuchayib boradi. U fuqarolik jamiyatining asosiy sharti va muhim instituti hisoblanadi. O‘zini o‘zi boshqarish faoliyati kollegialchilik, oshkoralik, turli fikrlilikka asoslanib, unda barcha fuqarolar teng asosda ishtirok etishadi. Bu o‘zini o‘zi boshqarish organlarini tuzishda, ularning tashkiliy tuzilmalar ishida ishtirok etishida ko‘rinadi. Biron-bir yo‘l bilan o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida ishtirok etishni cheklash, to‘sqinlik qilish mumkin emas. 22.2. O‘zini o‘zi boshqarish organlari, ularning vazifasi Amaldagi Konstitutsiyamizda o‘zini o‘zi boshqarish organlari haqida alohida modda bo‘lib, uning qoidalari o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining Konstitutsiyaviy darajada hal qilinganligini ko‘rsatadi. O‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining jamiyatdagi, fuqarolar manfaatini ifodalashdagi va xalq hokimiyatchiligini amalga oshirishdagi roli hisobga olinib, ularga Konstitutsiyaviy maqom berilgan. Konstitutsiyaning 105-moddasida «Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi», deb belgilab qo‘yildi. 1 Qarang: O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining Vasiylik kengashi to‘g‘risida namunaviy Nizom. Ò., 2006, 1-modda. 223 Konstitutsiya normasining mazmuniga e’tibor bersak, birin- chidin, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari — bu fuqa- rolar yig‘inidir. Ikkinchidan, fuqarolar yig‘ini doimiy ishlovchi organ, faqat ular har ikki yarim yilda raislarini (oqsoqolni), rais maslahatchilarini saylashadi. Uchinchidan, fuqarolar yig‘ini shaharcha va qishloqlarda, shuningdek, shahardagi mahallalarda faoliyat ko‘rsatadi. Fuqarolar yig‘ini faoliyat ko‘rsatadigan hu- dud — shaharcha va qishloqlar, uning mahallalari, shahar mahal- lalari. Shaharcha va qishloqlarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tashkil qilinishi munosabati bilan Konstitutsiya qabul qilingunga qadar, qishloq va shaharchalarda faoliyat ko‘rsatgan davlat hokimiyati organlari — qishloq va shahar xalq deputatlari Kengash- lari va ularning ijroiya qo‘mitalari faoliyat ko‘rsatmaydigan bo‘ldi. Natijada, qishloq va shaharchalarda avvallari davlat hokimiyati organlari bajarib kelgan ishlarni bajarishni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z zimmasiga oldi. Bu o‘zini o‘zi bosh- qarishga bo‘lgan katta hurmat va ishonch bo‘lib, hokimiyatni amal- ga oshirishda fuqarolarning bevosita ishtirokini yanada kengaytiradi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati, vazifasi, 1993-yil 2-sentabrdagi, 2013-yil 22-aprelda yangi tahrirda qabul qilingan «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi 1 Qonun bilan tartibga solinadi. Qonunlarda va boshqa dasturiy hujjatlarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yuklatilgan vazifalarni bir necha guruhga bo‘lib ko‘rsatish mumkin. Bular: • fuqarolarga jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda qatnashish huquqini amalga oshirishda ko‘maklashish; • o‘z hududlarida ijtimoiy va xo‘jalik vazifalarini hal qilish, ommaviy madaniy tadbirlarni o‘tkazish; • Davlat hokimiyati organlariga O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, Prezident va hukumat hujjatlarini, xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning qarorlarini bajarishda yordamlashish maqsadida fuqarolarni birlashtirish 2 . 1 O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2013-yil. 17-son, 219-m. 2 Î. Husanov. Mustaqillik va mahalliy hokimiyat. Ò., «Sharq», 1996, 64— 65-betlar. 224 «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonunda ana shu vazifalarni bajarish imkoniyatini beruvchi vakolat- lar ko‘rsatib qo‘yilgan. «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi yangi tahrirda qabul qilingan qonun, o‘zini o‘zi boshqarish organ- larini jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, tadbirkorlik faoliya- tini qo‘llab-quvvatlash sohasidagi vakolatlarini ancha kengaytirdi. 22.3. Fuqarolar yig‘inlari ishini tashkil qilish Fuqarolar yig‘inlari qishloq, shaharchalarda ularning mahal- lalarida faoliyat ko‘rsatadi. Qonunga asosan, fuqarolar yig‘ini o‘zini o‘zi boshqarish or- ganlari bo‘lib, ularning faoliyatida mahalla, shaharcha va qishloq hududida doimiy yashovchi barcha o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fu- qarolar ishtirok etadi. Fuqarolar yig‘ini o‘zini o‘zi boshqarish organlari demo- kratizm, oshkoralik, ijtimoiy adolat, insonparvarlik, masalalarni hal qilishda mustaqillik, jamoatchilik asosidagi o‘zaro yordam prinsiðlarida tashkil qilinadi va faoliyat ko‘rsatadi. Bu organning faoliyatidagi demokratizm hududdagi barcha fuqarolarning organ faoliyatida bir xil huquqlarda ishtirok etishi, hech kimning huquqi cheklanmasligi, masalalar muhokamasida qatnashish, o‘z fikrini erkin aytish, qaror qabul qilishda o‘z xohishicha ovoz berish imko- niyatiga egaligida ko‘rinadi. Oshkoralik barcha masalalar aholi yoki ularning vakillari ishtirokida kollegial ravishda hal qilinishi, ko‘riladigan masalalar haqida xabarlarning oldindan tarqatilishi, qabul qilingan hujjatlarni barchaga yetkazishda ko‘rinadi. Fuqarolar yig‘ini faoliyatidan barcha xabardor bo‘lib turadi. Ijtimoiy adolat hududdagi barcha fuqarolarning manfaati, ularning ish joyi, mulkiy ahvolidan qat’i nazar, teng himoya qilinishida, yordamga muhtojlarga alohida g‘amxo‘rlik qilinishida, ularni qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilishida namoyon bo‘ladi. Insonparvarlik shaxs manfaati, fuqaro manfaati ustun qo‘yili- shida, fuqarolarning sha’ni, qadr-qimmati joyiga qo‘yilishida, yoshlarning axloqiy tarbiyasiga, oilada yaxshi muhit bo‘lishiga e’tiborda ko‘rinadi. 225 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z vakolati doirasida mahalliy ahamiyatga molik masalalar: obodonlashtirish, atrof-muhitni saqlash, hududda turli xizmatlar ko‘rsatish masala- larida mustaqil qaror qabul qiladi. Ularning vakolatlariga taalluqli masalalarni hal qilishga hech kim va hech qanday organ aralash- maydi. O‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati jamoatchilikka asoslangan. Unga tegishli ko‘p masalalar jamoatchilik asosida haq olinmasdan amalga oshiriladi. Mahalla hududida yashovchi barcha fuqarolar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida o‘z imkoniyatiga qarab, xolisona ishtirok etadi, ularni moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlaydi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahallalarda faoliyat ko‘rsatadi, mahallalarda tuziladi, shuning uchun bu organ- ni tashkil qilishga mahalla tizimidagi tashkiliy ishlar ta’sir qiladi. Mahallalarni tuzish, tugatish, qo‘shib yuborish, chegaralarini belgilash fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tashabbusi bilan mahalliy davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Fuqarolar yig‘ini o‘z faoliyatini yig‘ilishlarda amalga oshiradi. Fuqarolar yig‘ini zaruratga qarab, lekin yilning har choragida (uch oyda) bir marta chaqiriladi. Fuqarolar yig‘inida barcha aholining (18 yoshga to‘lgan) yar- midan ko‘pi ishtirok etsa, u vakolatli bo‘ladi. Fuqarolar yig‘inini chaqirish imkoniyati bo‘lmasa, fuqarolar vakillarining yig‘ilishi o‘tkaziladi. Vakillar normasi tegishli hokim tomonidan belgilanadi. Vakillar yig‘ilishi unda vakillarning uchdan ikki qismi hozir bo‘lganda vakolatli hisoblanadi. 22.4. Fuqarolar yig‘inlari raisi (oqsoqoli) Konstitutsiya va «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylash to‘g‘risida»gi qonunga binoan, umum- e’tirof etilgan saylov prinsiðlari asosida, 18 yoshga yetgan fuqa- rolar tomonidan 2,5 yil muddatga fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari saylanadi. Saylov yashirin yoki ochiq ovoz berish orqali o‘tkaziladi. Saylov Oliy Majlis Senati tomonidan tayinlanadi. Senat Kengashi tomonidan, saylovni tashkil qilish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiya tuziladi. 226 Viloyatlarda, Toshkent shahrida, tuman va shaharlarda, tegishli Kengashlar tomonidan, fuqarolar yig‘iniga amaliy yordam ko‘rsatish uchun saylov davriga komissiyalar tuziladi. Har bir mahallada fuqarolar yig‘ini tomonidan ishchi guruhlari tashkil etiladi. Komissiyalar va ishchi guruhlarning vazifa va fakolatlari yuqorida tilga olingan qonun bilan belgilab qo‘yilgan. Fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi. Ular O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi, qoida tari- qasida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, besh yil shu hududda doimiy yashagan bo‘lishi, turli tashkilotlarda ish tajribasi va hayotiy tajribaga ega bo‘lishi, aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi kerak. Saylovda hududdagi barcha aholi yoki ularning vakillari ovoz beradi. Ovoz berishda ishtirok etganlarning yarmidan ko‘proq ovoz olgan nomzod rais etib saylangan hisoblanadi. Maslahatchilar ham shu tartibda saylanadi. Fuqarolar yig‘ini raisining vakolati quyidagi hollarda muddatidan oldin tugatiladi: — u o‘z vakolatini zimmasidan soqit qilganda (o‘z xohishiga ko‘ra); — fuqarolar yig‘ini qaroriga asosan; — rais muomalaga layoqatsiz deb topilsa; — unga nisbatan sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bo‘lsa. «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonunning 14-moddasida fuqarolar yig‘ini raisining vakolatlari belgilangan. Uning bir qism vakolatlari fuqarolar yig‘inini ishini tashkil qilishiga, boshqa vakolatlar esa, o‘zini o‘zi boshqarish organini ayrim vazifalarini doimiy ravishda boshqarishga qaratilgan. Rais fuqarolar yig‘ini nomidan harakat qiladi. Raisni saylash vaqtida uning maslahatchilari ham qonunga asosan saylanadi. Rais maslahatchilari raisga o‘z vazifasini bajarishga yordam beradi va raisning topshiriqlarini bajaradi. 22.5. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan munosabati Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida ishtirokini ta’minlovchi usullardan va xalq hokimiyatchiligini amalga oshirish vositalaridan biridir. Ular o‘z faoliyatini mustaqil ravishda amalga oshiradi. 227 O‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. Ularning mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmasligi «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonunda aniq ko‘rsatilgan. 7-moddaga asosan (yet- tinchi xatboshi), «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi». Lekin fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari maqsadi, vazifasida umumiy- liklar bor. Ularning hammasi jamiyatning tuzilmasi hisoblanadi. Shunday ekan, ular o‘rtasida hamkorlik bo‘lishi va munosabat to‘g‘ri tashkil qilinishi zarur. Shuning uchun ham «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonunning 4-moddasi «Hokimiyat vakillik organlari va hokimlarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro munosabatlari», deb nomlanib, unda mahalliy davlat hokimiyat organlariga yuklatilgan vazifalar belgilab qo‘yilgan. Unga asosan, «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli hududda o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirishga ko‘maklashadilar, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini yo‘naltirib turadilar». Davlat hokimiyati bilan o‘zini o‘zi boshqarish organlari muno- sabati o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini mahalliy davlat organlari tomonidan yo‘naltirib turishga qaratilgandir. Ko‘maklashish deganda, o‘zini o‘zi boshqarish organlarini tashkil qilish, ularni mablag‘ bilan ta’minlash, ularni faoliyat yuritishi uchun zarur hujjatlar, uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’min- lash, xodimlarni o‘qitish, malakasini oshirish nazarda tutiladi. Yo‘naltirish deganda, hududdagi o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini umumiy maqsad va vazifalarni hal qilishga jalb qilish ko‘zda tutilgan. Mahalliy davlat organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining munosabati o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyat ko‘rsatadigan hududlarini tashkil qilishda mahalliy davlat organlarining ishtirokidan vujudga keladi. Mahallalarni tuzish, qo‘shib yuborish, bo‘lish va tugatish, chegaralarni belgilash va o‘zgartirish fuqarolarning o‘zini o‘zi bosh- qarish organlarining tashabbusi bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. 228 NAZORAÒ SAVOLLARI Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati organlarida ro‘yxatga olinadi. Shundan so‘ng ular yuridik shaxs hisoblanadi. Fuqarolar yig‘ini raisi, tegishli tuman, shahar hokimi bilan kelishilgan holda fuqarolar yig‘ini tomonidan saylanadi. Fuqarolar yig‘inini chaqirishda ham hokim tashabbus ko‘rsatishi mumkin. Shu holatlar mahalliy hokimiyat organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining munosabatini ko‘rsatadi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga fuqarolik jamiyati qurishda katta ishonch bilan qaralmoqda. Hozirgi davlat qurilishi va boshqaruvini erkinlashtirishda asosiy vazifalardan biri sifatida hokimiyat vakolatlarini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkazish belgilangan 1 . Prezi- dentimiz Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida jamiyatning rivojlanish strategiyasi haqida so‘zlagan nutqida o‘zini o‘zi bosh- qarish organlari, fuqarolar yig‘inlarining roli hamda vakolatlarini amalda kuchaytirish muhim vazifa ekanligini qayd qildi 2 . 1. O‘zini o‘zi boshqarish nima? 2. O‘zini o‘zi boshqarishda fuqarolar ishtiroki qanday? 3. O‘zini o‘zi boshqarish organlari qaysi organ? 4. O‘zini o‘zi boshqarish organlarining vazifasi nimalardan iborat? 5. Fuqarolar yig‘inlarining ishi qanday tashkil qilinadi? 6. Fuqarolar yig‘inlarining organlari qanday tashkil qilinadi? 7. Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqoli) va maslahatchilarini saylash tartibi qanday? 8. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan mahalliy davlat hoki- miyati organlarining munosabati nimaga asoslanadi? 1 I.A. Karimov. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. Ò., «O‘zbekiston», 1999, 17-bet. 2 I.A. Karimov. Bizning bosh maqsadimiz — jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. Ò., «O‘zbekiston», 2005, 39-bet. 229 23-bob. SUD HOKIMIYATI 23.1. Mustaqil sud hokimiyati, uning tizimi Konstitutsiyada belgilangan hokimiyat bo‘linishi prinsiðiga asosan (11-modda), sud mustaqil hokimiyat tizimi hisoblanadi va o‘zining aniq vazifasiga ega. Konstitutsiyaning XXII bobi «O‘zbekiston Respublikasining sud hokimiyati» deb nomlangan. Undagi normalarga asosan, sud ilgarigi sobiq tuzumdagi kabi faqat huquqni muhofaza qiluvchi organ emas, mustaqil hokimiyat tarmog‘i hisoblandi. Uning mustaqilligi Konstitutsiyaning 106-moddasida «O‘z- bekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi», deb belgilab qo‘- yilgan. Konstitutsiyada sudning mustaqilligi belgilanib, shundan keyin ana shu mustaqillikka amalda erishish uchun ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi. Sud sohasini isloh qilish tadbirlari belgilandi. Sud tizimini isloh qilish natijasida sud tizimi sezilarli o‘zga- rishlarga uchradi. Konstitutsiyaning 107-moddasi birinchi qismi sud hokimiyatini amalga oshiruvchi sud organlari tizimini belgilagan. Unga asosan, O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlash, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respub- likasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy va ma’muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tuman, shahar ma’muriy sudlardan iborat. Natijada avvalgi sud tizimidan Oliy xo‘jalik sudi chiqarilib, uning vazifasi Oliy sudga yuklandi. U joylarda iqtisodiy masalalarni hal qilish uchun iqtisodiy sudlar, ma’muriy masalalarni hal qilish uchun ma’muriy sudlar tuzlishi belgilandi. 230 Bulardan tashqari, Konstitutsiyaning 111-moddasiga kiritilgan o‘zgarishga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy Kengashi tashkil qilinib, u sudyalar hamjamiyatining organi bo‘lib, Respublikada sud hokimiyatining mustaqilligi Konstitutsiyaviy prinsiðiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadi. Sudyalar Oliy Kengashini tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi. Shu moddada favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmasligi, sudlar ishini tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun bilan belgilanishi ko‘rsatilgan. «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilingan. Konstitutsiyaga asosan O‘zbekiston sud tizimi, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpo- g‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy va ma’muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tuman, shahar ma’muriy sudlardan iborat. 23.2. Konstitutsiyaviy sud, uni tashkil qilish tartibi va vazifasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, sud tizimidagi alohida vazifa va vakolatlarga ega mustaqil sud tarmo- g‘idir. 2017-yil 31-maydagi qonunga asosan, Konstitutsiyaviy sudni faoliyatiga taalluqli Konstitutsiya normalariga jiddiy o‘zgar- tirishlar kiritilib, Konstitutsiyaviy sudni tashkil qilish tartibi tako- millashtirildi, vazifa va fakolatlar aniqlashtirildi. Konstitutsiyaviy sud qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat xarajatlarini Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi. Konstitutsiyaviy sud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oliy Majlisning Senati tomonidan Sudyalar Oliy Kengashi tavsiya etgan siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislar orasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakilini qo‘shgan holda saylanadi. Konstitutsiyaviy sud o‘z tarkibidan sud raisi va uning o‘rinbo- sarlarini saylaydi. 231 Konstitutsiyaviy sudga quyidagi vazifalar yuklangan: — Respublika qonunlarini, Oliy Majlis palatalari qarorlarini, Prezident Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlarini, hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarini, respublikaning davlarlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarini Respublika Konstitutsiyasiga mosligini aniqlash; — O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan qaror, kons- titutsiyaviy qonunlarning xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarni Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlash; — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining O‘zbekiston Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston qonunlarini O‘zbekiston qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berish; — O‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlariga sharh berish; Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling