O‘zbekistoda demokratik jamiyat qurish nazariyasi, amaliyoti va huquq
Download 0.77 Mb.
|
2473 Sosiologiya fan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Post industrial jamiyatda
5. Postindustrial jamiyat. U 3 bosqichda yuzaga keladi:
1) industrial jamiyaggacha bo‘lgan davr; 2) industrial sanoat jamiyati davri; 3) postindustrial jamiyat davri. Postindustrial jamiyati ta’limotiga ko‘ra davlat monopolistik kapitalizm o‘rnini bosadi. Xizmat ko‘rsatish sohasida fan va maorifga e’tibor beradi. Olim, mutaxassis roliga yuksak baho ko‘rsatiladi. Sinflarga munosabati, uning ishlab chiqarishga egaligini inkor qiladi. Jamiyatni boshqarish olimlar va mutaxassislar qo‘liga o‘tishi tarafdori. Sotsial tengsizlik saqlanib qolishini e’tirof etadi. 3. Post industrial jamiyatda intellektual mulk, insonning akl-zakovati, bilimi asosiy o‘ringa chiqib qoldi. XX asr o‘rtalaridan qator G‘arb davlatlari jamiyatning uchinchi boskich – post industrial jamiyatga o‘ta boshladi. Sotsiologiyada bu jamiyat nomi har xil, jumladan «informasion» jamiyat, inson bilimi va informasiya zahiralariga ko‘ra jamiyatning asosiy manbai bo‘lib qoladi. Zamonaviy mikroelektronika va kompyuter texnikasiga asoslanmoqda. Bular ommaviy axborotlarni vujudga keltiradi va qayta ishlab chiqaradi. Kommunokasiya tizimida xo‘jalik tizimi tubdan uzgaradi. Tabiat manbalaridan, ishlab chiqarish, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi qisqaradi, mashina ko‘lami kengayadi, aholi deyarli 50 foiz shu sohani tashkil etadi. Post industrial jamiyat-maishiy xizmat qilish jamiyati deb yuritiladi. Ishlab chiqarish (moliyaviy, bank, sug‘urta, savdo, ilmiy maslahat, dastur) va ni ishlab chiqarish sohalarida xizmatlar (Fan, ta’lim va boshqa) o‘sib boradi. Bunda urbanizasiya jarayoni industirial jamiyatga nisbatan teskari ravishda yuz beradi. Qishloqqa sanoat kirib boradi. Teylor fikriga ko‘ra intellektual omil birinchi o‘ringa chiqadi. Inson yuksak kapital emas. Balki o‘z mohiyatini bilim va iktidorini, qadriyatlarini namoyon qiluvchi ijitmoiy kuchga aylandi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, an’anaviy jamiyatda iqtisodiy maaslalar insonning tabiatga bevosita munosabati orqali hal qilgan bo‘lsa, industrial jamiyatda inson tomonidan yaratilgan sun’iy ishlab chiqarish vositalari iqtisodning asosini tashkil etadi. Shu boisdan bu jamiyat iqtisodiy jamiyatdir. U iqtisodiy munosabatlarni belgilaydi. Hozirgi iqtisodiyot ijtimoiylashib bormoqda. Intellektual salohiyat asosiy o‘ringa chiqa boradi. Zamonaviy jamiyatning paydo bo‘lishi bilan insonning ijitmoiy va siyosiy munosabatlardagi o‘rni yuksalib bordi. U jamiyatlarda o‘zaro munosabatlarning bir-biriga ta’sir etish darajasi va mexnat taqsimotining chukurlashuvi – uning sekinlik bilan yuksak ta’lim va tajribaga, shuningdek, yuqori kasbiy malakaga asoslanishi, ijitmoiy munosabatlarni qonunlar, me’yorlar, shartnomalar asosida muvofiqlashtirish rasmiy tizimining yaratilishi, dinning davlat va boshqaruvdan ajratilishi, ijtimoiy institutlarning ko‘payishi va rivojlanishi kabi omillar natijasida insonlararo munosabatlar yuksalib,siyosiy institutlarni nazorat etish,inson huquq vaerkinliklarini himoya etish, jamiyatda tenglik o‘rnatish imkoniyatlari paydo bo‘ldi.XX asrga kelib eng takomillashgan va zamonaviy kishilik birliklari fuqarolik jamiyati, deb atala boshlandi. Fuqarolik jamiyati g‘oyasi oliy maqsad sifatida bir necha asrlardan beri yashab kelmoqda. Fuqarolik jamiyati shunday jamiyatki, unda aholining Biron-bir guruhi boshqa bir guruhni o‘ziga bo‘ysundira olmaydi, shuningdek, erkaklar bilan ayollarni bir-biri bilan boglab turuvchi ko‘plab ijtimoiy, fuqaroviy, diniy, iktisodiy, madaniy aloqa va munosabatlar yanada rivojlanadi. B ug‘oya 80 – yillarda avj olgan demokratiyalashtirish jarayoni natijasida alohida mazmun kasb eta boshladi va u totalitar davlatlarga qarama-qarshi bo‘lgan ijitmoiy andoza sifatida talqin qilina boshlandi. Fuqarolik jamiyati shaxs uchun keng imkoniyatlar yaratib, unda har bir shaxs boshqalar iblan birlashishi yoki boshqalar bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsata olishi mumkin. Fuqarolik jamiyati shu tarzda inson ulug‘vorligini yuksaklikka ko‘taradi. Hozirgi zamon rivojlangan mamlakatlarida barpo etilgan fuqarolik jamiyatlari to‘g‘risidagi tasavvurlardan kelib chiqadigan bo‘lsak, u holda fuqarolik jamiyati bu: birinchidan, jamiyat hayoti faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va ma’navity sohalarida ixtiyoriy ravishda shakllangan, boshlang‘ich nodavlat tizimlarini o‘z ichiga qamrab olgan insoniy birlikdir; ikkinchidan, jamiyatdagi iqtisodiy, ijitmoiy, oilaviy, milliy, ma’naviy, axloqiy, diniy, ishlab chiqarish, shaxsiy va nodavlat munosabatlar majmuasidir; uchinchidan, erkin individlar, ixtiyoriy ravishda shakllangan tashkilotlar va fuqarolarning turli davlat organlari tazyiqlari yoki bir qolipga solishlaridan qonunlar vositasida himoyalangan jamiyat bo‘lib. Unda ular o‘zligini namoyon qila olishlar uchun doimiy imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. Shu bilan bir qatorda, hozirgi davrda fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari shakllandi. Bular asosan quyidagilardan iborat: Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling