O’zbekiston : milliy tiklanishdan -milliy yuksalish sari
Download 17.62 Kb.
|
Anvarova Maftuna 4-modul
Anvarova Maftuna . Esse yozish Mavzu: “O’zbekiston : milliy tiklanishdan -milliy yuksalish sari” Xar qanday millat yaralibdiki tinimsiz rivojlanishga, yuksaklikka intiladi. O’zbek millati kecha yoki bugun vujudga kelgan millat emas , bizning bir necha asrlik tarixga ega ekanligimiz xech kimga sir emas. O’zbek millati xar doim o’zining xurriyatini himoya qilib kelgan va har qaysi zamonda erkin yashashga intilgan. Bizning erkimizni cheklagan davlatlarga esa xalqimiz munosib qarshi chiqa olgan. Millatning mard o’g’loni , O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov 1991-yilning 31-avgustida O’zbekistonni mustaqil davlat deya e’lon qilishining o’zi bizning eng katta qadamimiz bo’ldi. Albatta bungacha 1989-yilda o’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xam mustaqillik uchun bir turtki edi desak mubolag’a bo’lmaydi. Mustaqillikdan keyin O’zbekiston Milliy tiklanish yo’liga o’tdi. Mustaqillik yillarida milliy istiqlol g’oyasi xalqimizning milliy tiklanishiga xizmat qildi. G’oyaviy kurashlarda bizga as qotdi.Shu o’rinda Birinchi Prezidentimizning “Fikrga qarshi fikr , g’oyaga qarshi g’oya , jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyillari diniy ekstremizmg aqarshi kurashish uchun ma’rifiy usul sifatida tadbiq etishi xam O’zbekistonning milliy tiklanish yo’liga kirganligidan dalolat beradi. 2017-yildan boshlab Oʻzbekiston oʻz taraqqiyotining yangi – Milliy yuksalish bosqichiga kirdi. Konstitutsiyamizga asoslangan, xalqimizning tub manfaatlariga javob beradigan Oʻzbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi amalda. Keyingi yillarda erishilgan yuksak marralar xalqimizni baxtli qilishga qaratilgan islohotlar samaralarini yaqqol koʻrsatmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida oldimizga qoʻygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai boʻladigan milliy gʻoyani rivojlantirishimiz zarurligi alohida taʼkidlandi. 2019-yil 8-aprel kuni Prezidentimizning Oʻzbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy gʻoyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi farmoyishi qabul qilindi. Mazkur hujjat qabul qilinishining zarurati nimalarda namoyon boʻladi? Rivojlangan mamlakatlarda milliy gʻoya davlat maqsadlarini xalq maqsadlariga uygʻunlashtiradi. “Bir hudud – bir xalq” eʼtiqodini shakllantirib, mamlakatlar aholisini birlashtirgani, umumiy maqsad yoʻlida safarbar qilganiga misollar koʻp. Ularning aksarida milliy gʻoya milliy qadriyatlarga bogʻlab singdirilganini koʻramiz. Masalan, “Tarix – sintoizm – konfutsiylik – samuraylik irodasi” qadriyatlari negizida yapon milliy gʻoyasi ishlab chiqildi. Odamlarga ishonch, ragʻbat berildi. Maktabning tarbiyaviy ishlar tizimi, gʻoyasi isloh qilindi. Uyushgan millatning juda qattiq mehnati oʻlaroq, dunyo “Yapon moʻjizasi”ning guvohi boʻldi. Xitoyda ham milliy zaminga – Konfutsiy taʼlimotiga murojaat qilindi. Konfutsiy merosidan diniy taʼlimot emas, balki axloqiy (xulq uchun) asos sifatida foydalandi. Yoshlar tarbiyasi “Ona Vatanga xizmat qilish va sodiq boʻlish” gʻoyasi asosida tashkil etildi. Yoshlarga shaxsiy va milliy manfaatlarni uygʻun tutish oʻrgatib borildi. AQSHda davlat mafkurasi yoʻq, deb hisoblanadi. Ammo amerikaliklarning maʼnaviyatini oʻrgangan olimlar AQSH kabi mafkuralashgan davlatni topish qiyin, deyishadi. AQSHda mafkura vazifasini “Amerika orzusi” (American Dream) bajarmoqda. U Amerika davlatining oliy qadriyatlari yigʻindisi, millatning maʼnaviy onasi deb tushuniladi. “Amerika orzusi”ning asosiy tushunchalarini shaxs erkinligi, erkin tadbirkorlik, demokratiya, muvaffaqiyatga erishishga qaratilgan mehnat tashkil qiladi. Amerikaliklar mafkura boʻlmasa, davlat boshqaruvida tizimlilik boʻlmaydi, tizimsiz esa samarali siyosat boʻlishi mumkin emas, deb hisoblashadi. Shu bois, amerikalik davlat arboblaridan biri U.Sefayr “Agar Amerika tuzumi – skelet boʻlsa, amerikancha orzu – uning qalbidir“ degan edi. Janubiy Koreyada ham milliy gʻoya xalqning milliy oʻzligiga va yoshlar tarbiyasiga qurildi. Maktabda milliy gʻoya yoshlar ongiga urf-odatlar, axloqiy ideallar orqali singdirib borildi. Yoshlarni hayotga tayyorlashda oila, maktabgacha taʼlimga alohida eʼtibor qaratildi. Hozir ham koreys oilalarida umumiy byudjetning ellik olti foizi bolaning taʼlim-tarbiyasi, inson kapitali – Human Capital uchun sarflanmoqda. Mamlakatimizda milliy gʻoyaga yangi davr, millatimiz tarixining yangi bosqichi talablaridan kelib chiqqan real talablar qoʻyilmoqda. Ilgari milliy gʻoyani tushunish va tushuntirishda noqulayliklar uchrab turar edi. Masalan, odamlarning quloqlari milliy gʻoya davlat va xalq birligi tarannumini eshitardi. Lekin koʻzlarimiz hokimliklar, vazirlik va idoralarning oldidagi temir panjaralarni koʻrar edi. Xalq davlat organlariga xizmat qilishi kerak, degan notoʻgʻri qoida amalda edi. Fuqaro hokimiyatga emin-erkin kirolmas, dardini aytolmas edi. Chunki amalda xalqdan davlatni ajratuvchi temir panjara bor edi. Panjaralar kesib tashlandi. Lekin ayrim amaldorlarimiz ongida bu panjara haligacha turibdi. Tafakkurdagi temir panjaralarni qoʻporib tashlash qiyin kechyapti. Milliy gʻoya ana shunday vaziyat talablaridan kelib chiqib yangilanmoqda. Ilgari milliy gʻoya ijtimoiy-gumanitar, maʼnaviy-maʼrifiy masala, deb tushunildi. Bugun uning iqtisodiy-siyosiy poydevori – Oʻzbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi bor. Taktikasi – har yilning bosh Dasturi, mablagʻi, ijrochilari bor. Demak, yangi davrda milliy gʻoya gumanitar masala boʻlib qolmaydi. Chunki uning natijasiga qaratilgan iqtisodiy tizim ishlamoqda. Milliy gʻoya roʻyobi uchun demokratik muhit hal qiluvchi rol oʻynaydi. Demokratiya – toʻgʻrilik, rostlik, adolat, qonuniylikning sharti. Nohaqdan – haqni, zolimdan – mazlumni, zoʻravondan – ojizni himoya qilishga xizmat qiladi. Shu haqda jar soladi. Jamoatchilik nazoratini ishga soladi. Chunki milliy gʻoya aholining bir toifasi emas, hamma yaxshi yashasin, hayotdan rozi boʻlsin, deydi. Mamlakatda adolat, qonuniylik buzilar ekan, demokratiya ham, milliy gʻoya ham quruq shiorlar boʻlib qoladi. Xalq norozi boʻladi. Xalq norozimi, demak, milliy gʻoya oʻz bongini urmayotgan, vazifasini bajarmayotgan boʻladi. Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan islohotlar milliy gʻoya xalqimizning kuch-qudratiga aylanishi uchun sharoit yaratdi. Endi gap milliy gʻoyani har bir oʻzbekistonlikning niyatiga va harakatiga aylantirishda. Yaxshi fikr yaxshilikka, yomon fikr yomonlikka yoʻl ochadi. Axborot maydonini nuqul negativ kontent egallab olmasligi uchun pozitiv, yaxshi, nekbin mazmun, mavzular bilan mutanosib toʻldirishga alohida eʼtibor qaratmogʻimiz zarur. Negaki, biz kattalar ham, bolalarimiz ham har kuni yaxshi-yomon fikrlardan taʼsirlanamiz. Bir-birimiz bilan ijtimoiy tarmoqda tortishamiz, aytishamiz, urishamiz. Lekin biz bularning negativ fikrlardan boshlangan gʻoyalar kurashi ekanligini anglamaymiz. Milliy gʻoyamizning bosh gʻoyasi “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”. Yuksalish – harakatni talab qiladi. Demak, milliy gʻoyamiz harakatlar mafkurasi boʻladi. Milliy gʻoya odamlarga islohotlar kim uchun, nima uchunligini, ahamiyatini tushuntiradi. Yotganni – oʻtqazadi, oʻtirganni – turgʻizadi, turganni – yurgizadi, yurganni – yugurishga undaydi. Tushuntiradi. Chunki shularni tushunmagan odamlar birlashmaydi, koʻr-koʻrona, yuzaki ishlaydi. Biri ishlasa, ikkisi tomoshabin boʻladi. Tushunganlar birlashib, ixtiyoriy, zavq bilan ishlaydi. Natijada hayotidan rozi boʻladi. Gʻoyaviy birlik odamlarning qaysi xatti-harakatlarida koʻrinadi? Oʻzaro mehribon, hamfikr va bir- birini qoʻllab-quvvatlayotganida, ishda, oʻqishda, innovatorlikda, tadbirkorlik, ilm, ijodda faolliklarida va buni milliy gʻoyaga bogʻlab tushunishlarida, oila, ishxona, real va virtual hayotda oʻzaro ahilliklarida namoyon boʻladi. Shu bilan birga, milliy gʻoya roʻyobiga xalaqit beruvchi buzgʻunchi gʻoyaga qarshi tez va uyushishlarida. Masalan, 2019-yil aprel-may oylarida davlat tili boʻyicha boshlangan xeshteg bizning birlasha olishimizni koʻrsatdi. Baxtli, hayotdan rozi boʻlishiga ishonchida, soʻz va amal birligida ham milliy gʻoya yaqqol koʻzga tashlanadi. Milliy gʻoyamizning mohiyatini bitta soʻzda aytish mumkin boʻlsa, bu soʻz – rozilik. Bu fikr davlatimiz rahbarining xalqimiz bilan samimiy suhbatlarida takror va takror taʼkidlab, tushuntirilmoqda. Zero, milliy gʻoya roʻyobi xalqning muayyan vaqt va makonda oʻzini baxtli deb his qilishida, bu esa uning shukronalarida – hayotdan roziligida namoyon boʻladi. Aslida bu jarayon boshlanib ketdi. 2018-yilda Jizzax viloyatining Mirzachoʻl tumanida odamlarning hayotdan roziligini aks ettiruvchi hayotiy misollar bunga dalil. 74 yoshli mehnat faxriysi Umar ota Umirov shunday deydi: “Gagarinimiz 45 yil buzildi. 45 kunda tuzildi. Yangi shahar qurildi. Ilgari Mirzachoʻl edi, Mirzaobod boʻldi. Shaharni opkelib, qoʻndirib qoʻyishdi. Agar qayta tugʻilish nasib etsa, xudodan yana Mirzachoʻlda tugʻilishni soʻrayman“. Mehnat faxriysi Buvsara ona: “MRTga tushay deb Jizzaxga borib edim. “Nega ovora boʻlib yuribsiz? MRTning zoʻri Mirzachoʻlda-ku, deyishdi jizzaxlik doktorlar. Ishonmadim. Qaytib kelsam, toʻgʻri ekan“. Milliy gʻoya har bir oʻzbekistonlikning, oddiy odamlarning mana shunday shukronasiga vosita boʻladi. Mamlakatimizda rozilik, baxtiyorlik foizi borgan sari oshib boraveradi. Ertaga odamlar bugungidan yaxshiroq baxtni orzu qiladi. Bu esa milliy gʻoyamizni boyitadi, yangilaydi. Demak, xalqimizning oʻz hayotidan rozilik darajasi – milliy gʻoyamiz roʻyobining darajasini koʻrsatadi. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasi” va “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqildi. Buning innovatsionligi nimada? Ilgari “Oʻzbekistonning 1-18 yoshdagi bolalari qanday maʼnaviy talablarga javob berishi kerak?”, “Bu yilgi natijalar bormi? Boʻlsa, qani?”, degan aniq savol qoʻyilmagan. Natija nasiya boʻlgan. Davlatimiz rahbari “Maʼnaviyat – eng taʼsirchan qurolimizdir”, degan qatʼiy fikrni bildirdi. Bu – bejiz emas. Chunki “Biz nima uchun oʻzgarishimiz, birlashishimiz, kurashishimiz kerak?”. Bu savolga yakdil gʻoyaviy javobi yoʻq jamiyat – quroli yoʻq qoʻshinga oʻxshab qoladi. Maʼnaviyat va maʼrifat, mafkuraviy tarbiya Oʻzbekistonning turli millat, din, kasb, yoshlarga mansub xalqini gʻoyaviy qurollantiradi. Islohotlar nima uchun, kim uchun kerakligini xalqqa uning orzulari bilan bogʻlab uqtiradi, koʻrsatadi. Tushungan xalq – gʻoya bilan qurollangan xalqqa aylanadi. Har birimizdan Vatanning bir oʻgʻil-qizi sifatida oʻz lavozimimizga munosib boʻlib ishlash va yashash burchini eslatadi. Oʻz milliy gʻoyasini anglagan xalqni toʻxtatib boʻlmaydi. Download 17.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling