O‘zbekiston 2023 yilda 4,5 mlrd dollar tashqi qarz olishni rejalashtirmoqda Bu – 2022 yilda ko‘zda tutilgan, lekin amalga oshmagan maqsadli ko‘rsatkich bilan teng


Bu yilgi davlat qarzining katta qismi pensiya va tabiiy gaz subsidiyasi uchun sarflanishi maʼlum qilindi


Download 28.62 Kb.
bet3/5
Sana09.06.2023
Hajmi28.62 Kb.
#1467664
1   2   3   4   5
Bog'liq
tashqi qarz

Bu yilgi davlat qarzining katta qismi pensiya va tabiiy gaz subsidiyasi uchun sarflanishi maʼlum qilindi 


O‘zbekiston 2023-yil uchun 4,5 milliard AQSH dollari miqdorida tashqi qarz olishni rejalashtirgan. Shundan budjetni qo‘llab-quvvatlashga 2 milliard dollar, investitsiya loyihalariga 2,5 milliard dollar ajratilishi ko‘zda tutilgan.
AOKAda 29-mart kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi rahbariyati hamda jurnalistlar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Muloqotda vazir o‘rinbosari Dilshod Sultonov davlat qarzi va budjet taqchilligi bilan bog‘liq savollarga javob qaytardi.
Budjet taqchilligi — 3,9 foiz
Dilshod Sultonovning aytishicha, 2022-yilda davlat budjeti daromadlari 202 trillion so‘mni, xarajatlari esa 236,5 trillion so‘mni tashkil qilgan.
“O‘tgan yili yalpi ichki mahsulotga nisbatan budjet defitsiti 3,9 foiz yoki 35 trillion so‘m bo‘ldi. Taqchillikning 24,4 trillion so‘mi ichki va tashqi qarz hisobiga, 4,7 trillion so‘mi budjetdan tashqari mablag‘lardan, 4,5 trillion so‘mi davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lardan qoplab berildi”, — dedi u.
Vazir o‘rinbosari axborotiga ko‘ra, 2023-yilning 1-yanvar holatida O‘zbekiston davlat qarzi 29,2 milliard AQSH dollarini (YIMga nisbatan 36,4 foiz) tashkil qilgan.
“Shundan 25,9 milliard dollari davlat tashqi qarzi, 3,3 milliard dollari ichki qarzdir. Bu o‘rtacha deb hisoblanadi. Eng yuqori chegaramiz YIMga nisbatan 60 foiz qilib belgilangan”, — deydi vazirlik rasmiysi.
Pensiya va gazga 29 trillion so‘m
Dilshod Sultonov jurnalistlar savollariga javob qaytarar ekan, joriy yilda jalb qilinadigan davlat qarzlarining 29 trillion so‘mi pensiya va tabiiy gaz subsidiyasiga sarflanishini aytdi.
“Tashqi qarzning 3 milliard dollardan ortiq qismi budjetni qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi. Masalan, bu yilgi ikkita yirik xarajatni aytib o‘taman. Birinchisi, gaz narxi uchun beriladigan subsidiyaga 14,5 trillion so‘m sarflash belgilangan. Tabiiy gaz va elektr energiyasi sohasida aholi va yuridik shaxslar uchun tariflar 2019-yil avgustdan beri o‘zgarmay kelmoqda. Shuning uchun xarajatlarning bir qismi gaz narxidagi tafovut bilan bog‘liq. Bir kub metr gazni qazib olish narxi 550 so‘m bo‘lsa, aholiga sotayotgan narximiz 380 so‘mdan bo‘lmoqda. Ikkinchisi, pensiya jamg‘armasiga beradigan transfertimiz 15 trillion so‘m bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda. Sababi aholi faollik bilan soliq to‘lashga kirib kelmayapti. Ko‘pchilik oylikni yashiradi, soliq to‘lamaslikka harakat qiladi va oylikni past ko‘rsatadi. Shuning hisobiga pensiyaning taqchilligi katta bo‘lyapti”, — dedi vazir o‘rinbosari.
Maʼlumot uchun, 2023-yilda O‘zbekiston nomidan va respublika kafolati ostida tashqi qarzni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 4,5 milliard AQSH dollari etib belgilangan. Shundan davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun 2 milliard dollar, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga 2,5 milliard dollar yo‘naltirish rejalashtirilgan.
“Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunga asosan, joriy yilda 19,2 trillion so‘m mablag‘lar davlat qarzining asosiy qismini to‘lashga sarflanadi. Qonunni qabul qilish jarayonida 2023-yilda O‘zbekiston uchun daromadlardan tashqari jami 56,4 trillion so‘m mablag‘ga talab yuzaga kelishi hisobga olingan. Shuning 23,8 trillion so‘mi tashqi qarz, 17 trillion so‘mi ichki qarz jalb qilish, 10 trillion so‘mi davlat aktivalarini xususiylashtirish, 5,6 trillion so‘mi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va banklarga avvalgi yillarda berilgan budjet ssudalari va depozitlarni qaytarish hisobidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan.

Download 28.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling