1-BOB. MENEJMENT FANINING PREDMETI, OBYEKTI VA METODI
1.1. Menejment fanining mazmuni va mohiyati
1.2. Menejment obyekti va subyekti
1.3. Menejment fani foydalanadigan usul (metod)lar
1.1. Menejment fanining mazmuni va mohiyati
Menejment - bu inglizcha so’z bo’lib, ingliz tilining Oksford lug’atida berilgan ta'rifga binoan
u:
- boshqaruv hokimiyati va san'ati;
- resurclarni boshqarish bo’yicha alohida mohirlik va ma'muriy ko’nikmalar tushuniladi.
Boshqacha so’z bilan aytganda, menejment - bu boshqaruv, ya'ni resurslarni, odamlarni
boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko’paytirish jarayonidir. Shu
nuqtai nazardan boshqaruv-bu o’ziga xos yuksak san'at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu
tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir.
Bugungi kunda menejment va boshqaruv to’g’risida quyidagi umum qabul qilingan fikrlar
mavjud:
Boshqaruv
- Yuksak san'at va mahoratni talab
qiluvchi tanlov
- Mustaqil fan
- Faoliyat turi, funktsiya
- Jarayon
- Tashkilotlarni boshqaruvchi kishilar
- Boshqaruv apparati yoki organi
Menejment
Har qanday faoliyatning ijobiy natija berishi, eng avvalo tanlovni to’g’ri bajara olishga, ma'qul
va ishonchli qarorni qabul qila olishga hamda bu qarorning bajarilishini nazorat qila olishga bog’liq.
Masalan, yuqori foyda olish quyidagi uchta jihat bo’yicha to’g’ri tanlovni va ishchan qaror qabul
qilishni talab qiladi (1-chizma).
hаrаjат
Nаf
Bahо
Do'stlaringiz bilan baham: |