- menejer va uning fazilatlari;
- menejer reytingi;
- boshqarishda kirishuvchanlik
va qaror qabul qilish;
- boshqarish funktsiyalari;
-
xodimlarni boshqarish;
- ishlab chiqarishni boshqarish;
-
samaradorlikni boshqarish;
- o'z-o'zini boshqarish;
- hududiy boshqarish va hokazolar.
Bu fanning mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv ob'ekti orasidagi o'zaro munosabat bo'lib,
uning asosiy vazifasi o'quvchilarga boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik san'ati sirlarini
o'rgatishdan iborat.
Fanni o'qitishdan maqsad talabalarga boshqarish muammolariga nisbatan qiziqish, amaliy
tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq uyg’otishdan iborat. Chunki, hozir boshqarish asoslarini
o'rganayotgan talabalar kelgusida boshqarish tizimining xodimlari, kichik, o'rta va katta
jamoalarning rahbarlari, korxona va firmalar iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik faoliyatining turli
tomonlarini boshqarish bo'yicha loyihalar, tadbirlar ishlab chiqishga da'vat etilgan mutaxassislar
bo'lib etishadilar.
Boshqarish tizimini takomillashtirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish ham ularning
zimmasida bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: