1-chizma. Yuqori foyda olishning uch sharti
Harajat – bu mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotish hamda ish haqi to'lashga sarflanadigan
mablag’lar yig’indisidir. Harajat tarkibiga:
- mahsulot (xizmat) tannarxi;
- ma'muriy harajatlar;
- ijara va foiz to'lovlari;
- ish haqi;
- soliqlar kiradi.
Bozor iqtisodiyotida tanlash qoidasi yanada jiddiylashtiriladi. Zero, ishlab chiqarish (xizmat)
uchun resurslar to’g’ri tanlangandagina va ulardan samarali foydalangandagina harajatlar yuqori
foyda keltirishi mumkin.
Naf – bu mahsulot (xizmat)ning iste'molchilarga qanchalik ijobiy natija keltirishidir. Haridor
harid qobiliyati doirasida eng nafli molni tanlashga intiladi. Shundagina u qoniqadi. Ammo
tovarning nafliligi qancha yuqori bo'lsa, uning narxi ham shuncha baland bo'ladi. Bu esa, o'z
navbatida haridorning sotib olish qobiliyatini pasaytiradi.
Baho – bu tovar va xizmatlarning pulda ifodalangan qiymatidir. Baho ikkita asosiy vazifani
bajaradi:
- resurslar iste'molini cheklash imkonini beradi;
- ishlab chiqarish uchun turtki bo'lib xizmat qiladi.
Ma’lumki, biror ashyo (resurs yoki tovar) qancha kamyob bo'lsa, uning narxi shuncha baland
va binobarin, uni sotib olmoqchi bo'lganlar shuncha kam bo'ladi. Iqtisodchilar buni narxning
Do'stlaringiz bilan baham: |