O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish qo’mita toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
signallarga spektrial ishlov berishning tezkor algoritmlarining dasturiy kompleksini yaratish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3. Aloqa tizimlarida mehnat muhofazasiga oid ishlarni tashkil etish
- Shaxsiy kompyuterda ishlash jarayonidagi texnika xavfsizligi
TDBNavigator komponenti. MB jadvalida ma’lumotlarni surish, o’chirish, yozuvni siljitish va taxrirlash uchun Data Controls komponentalar palitrasida maxsus TDBNavigator komponentasi mavjud. Bu komponentani formadagi MB jadvaliga quyidagi tartibda o’rnatish mumkin.
1.MB jadvali formasi ekranga chaqiriladi. 2.Data Controls komponentalar palitrasidadan TDBNavigator komponentasi formaga joylashtiriladi.
49
3.TDBNavigator komponentalar xossasidan DataSourse xossasi DataSourse1 nom bilan o’rnatiladi.
4.Menyudan File=>Save Project As buyrug’i berilib, oldin forma keyin loyiha saqlanadi.
5.Loyihani ishga tushirish uchun F9 tugmasi bosiladi. Natijada jadvali ma’lumotlarni surish, o’chirish, yozuvni siljitish va taxrirlash kabi tugmachalarga ega bo’lgan quyidagi formaga ega bo’lamiz [10,13]. Signallarga spektrial ishlov berishning tezkor algoritmlarining dasturiy kompleksining asosiy formasi qo’yidagi rasmda keltirilgan (15-rasm).
14-rasm. Dasturning asosiy oynasi Yaratilgan dastur 4 ta qismdan iborat bo’lib, bularga signallarni kiruvchi
Signalning kiruvchi qiymatlari dasturning qo’yidagi qismiga kiritiladi(15- rasm).
15-rasm. Signalning kiruvchi qiymatlarini saqlovchi oyna 50
Dasturning qo’yidagi qismi signalning 2 ning darajasidagi signalning sonini ifodalaydi va dasturda avtomatik ravishda signalning kiruvchgi qiymatlari soni oshadi (16-rasm).
16-rasm. Signalning kiruvchi qiymatlarini sonini ko’rsatish qismi Dasturda tezkor Uolsh-Adamar keltirish algoritmi yordamida hisoblashning N=8 uchun 3 qadamdan iborat hisoblashning grafigi qo’yidagi rasmda keltirilgan (17-rasm). Bunda signalning kiruvchi qiymati N=8 sifatida, x=[0:1/N:1-1/N] nuqtalarida y=0.35*sin(x)+0.5*sin(1.5*pi*x) funksiyaning qiymatlarida Uolsh- Adamar keltirish yordamida hisoblash qo’yidagi natijalarni beradi. Tezkor Uolsh-Adamar keltirish hisoblash algoritmini Kuli-T’yuki algoritmi yordamida hisoblashning 1 – bosqichida olingan qiymatlar{-0.2649, -0.3411, 0.2205, 0.5793, 0.2649, 0.6301, 0,4161, -0.1805} 2-bosqichda olingan qiymatlar {-0.0444, 0.2382, -0.4854, -0.9204, 0.681, 0.4496, - 0.1512, 0,8106} 3-bosqichida olingan qiymatlar {0.0242, -0.03531, -0.1757, 0.054375, 0.141325, 0.028925, 0.0824, -0.1202}
51
Uolsh-Adamar almashtirish alghoritmida N 2 hisoblash amallari bo’lsa, Tezkor Uolsh-Adamar almashtirish hisoblash algoritmining qiyinchiligi N*log 2 N ga teng. 18-rasm. N=8 uchun Tezkor Uolsh-Adamar algoritmi hisoblash grafi N=16 nuqta uchun dasturda hisoblash etapi 4 etapga ajraladi buni qo’yidagi rasm da ko’rishimiz mumkin (19-rasm).
19-rasm. N=16 uchun Tezkor Uolsh-Adamar almashtirish grafi 52
Bundan tashqari dastur orqali bosh tezkor almashtirish algoritmlarini N ning xoxlagan qiymatida (Tezkor Fure almashtirish, Tezkor Uolsh-Peli almashtirish, Tezkor Xaara almashtirish, Tezkor Arrasimon almashtirish)larni ham hisoblash mumkin. 3.3. Aloqa tizimlarida mehnat muhofazasiga oid ishlarni tashkil etish Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish zonalari havo muhitining ob-havo sharoitini havoning quyidagi ko’rsatkichlari belgilaydi: 1.havoning harorati,t,C bilan o’lchanadi. 2.havoning nisbiy namligi,f% bilan aniqlanadi. 3.havo bosimi, P,mm sim.ust yoki Pa bilan o’lchanadi. 4.Ish joylaridagi havo harakati,tezligi,V,m/s bilan o’lchanadi. Bulardan tashqari ob-havo sharoitiga ta’sir qiluvchi ishlab chiqarish omillari ham mavjud, bular har xil mashina-mexanizmlar va ishlov berilayotgan materiallar yuzalaridan tarqaladigan issiqlik nurlari ham havo haroratini oshishiga olib keladi. Bu omillar ta’siridan hosil bo’ladigan ishlab chiqarish zonasidagi havo muhitini sanoat mikroiqlimi deb yuritiladi [5]. Ob-havo omillari har biri ayrim holda yoki bir nechasi birlikda insonning mehnat qilish qobiliyatiga, sog’ligiga juda katta ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarish sharoitida ob-havo omillarining deyarli hammasi bir vaqtda ta’sir qiladi. Ba’zi sharoitlarda bunday ta’sir ko’rsatishfoydali bo’lishi, masalan sovuq sharoitda quritish natijasida kamaytirilishi mumkin, ba’zi vaqtlarda esa, bir-biriga qo’shilishi natijasida zararli ta’sir darajasi ortib ketishi mumkin,masalan nisbiy namlik va haroratning ortib ketishi inson uchun o’g’ir sharoit vujudga keltiradi. Bundan tashqari, ish joylaridagi havo harakatini oshirish harorat yuqori bo’lgan vaqtda ijobiy natija beradi, harorat past bo’lgan vaqtda esa, salbiy natija beradi. Bundan ko’rinib turibdiki, ob-havo omillari ba’zi bir hollarda inson uchun ijobiy va ba’zi bir hollarda esa, salbiy ta’sir ko’rsatib, inson organizmi tashqi muhitga moslashuvini buzib yuborishi mumkin. Tashqi muhitga moslashuv-bu inson organizmining fiziologik va kimyoviy jarayonlar asosida tana haroratining bir xil chegarada (36-37C) saqlab turish qobiliyati demakdir.
53
Ob-havo sharoitining doimo o’zgarib turishi tana haroratining o’zgarmasligini saqlash, inson hayotining asosi bo’lgan orgaizmdagi biokimyoviy jarayonlarning meyyoriy sharoitini ta’minlaydi. Tana haroratining yuqorida ko’rsatilgan darajadan ortib ketishi issiqlash,sovushi esa, sovush deb ataladi. Isssiqlash va sovushhayot faoliyatini buzuvchi halokatli holat vujudga keltirishi mumkin.
Shuning uchun ham inson organizmida tashqi muhit bilan moslashuvi fiziologik mexanizmi mavjud bo’lib, u markaziy nerv sistemasining nazorati ostida bo’ladi.Bu fiziologik mexanizmning asosiy vazifasi organizmda modda almashinuvi natijasida ajralib chiqayotgan issiqlining ortiqchasini tashqi muhitga chiqarib, issiqlik balansini saqlab turishdir. Tashqi muhitga moslashuv ikki xil: fizik va kimyoviy bo’lishi mumkin.Kimyoviy tashqi muhitga moslashuv organizmning issiqlash davrida modda almashinuvini kamatirishi va sovushi natijasida modda almashinuvini oshirishi mumkin. Ammo kimyoviy tashqi muhitga moslashuv tashqi muhitning keskin o’zgarishi borasida fizik tashqi muhitga moslashuvga nisbatan ahamiyati katta emas. Asosan tashqi muhitga issiqlikni almashtirihda fizik tashqi muhitga moslashuvning ahamiyati katta. Organizmning tashqi muhitga issiqlik chiqarishi uch yo’l bilan o’tishi mumkin:
1.Odam tanasining umumiy yuzasida infraqizil nurlanish orqali (radiatsiya orqali havo almashinuvi); 2.Tanani o’rab turgan havo muhitini isitish (konveksiya); 3.Terining terlab,bug’lanishi va nafas olish yo’llari orqali suyuqliklarning bug’lanishi natijasida. Meyyoriy sharoitda,kuchsiz havo harakati bo’lgan holatda harakatsiz odam organizmi radiatsiya yo’li bilan organism ishlab chiqarayotgan issiqlikning 45%,konveksiya natijasida 30% va terlah orqali 25% yo’qotishi aniqlangan. Bunda teri orqali umumiy issiqlikning 80%dan ortig’i,nafas olish a’zolari orqali 13% va taxminan 5%i issiqlik ovqat,suv va havoni isitishga sarflanadi. 54
Radiatsiya va konveksiya orqali issiqlikni yo’qotish, faqat tashqi muhit harorati tana haroratidan kam bo’lgan hollarda bo’lishi mumkin. Shuni aytib o’tish kerakki, tashqi muhit harorati qncha past bo’lsa issiqlik yo’qotish shuncha kuchli bo’ladi. Tashqi muhit harorati tana haroratidan yuqori yoki teng bo’lsa,u holda issiqlik ajratish terlab bug’lanish hisobiga bo’ladi. 1 gramm terni bug’latish hisobiga 2,5 kJ (0,6 kkal) issiqlik yo’qotilishi mumkin. Organizmdan chiqadigan terning miqdori tashqi muhit haroratiga va bajariladigan ish kategoriyasiga bog’liq, harakatsiz organizmda tashqi muhit harorati 15 C ni tashkil qilsa, terlash juda kam miqdorni (soatiga 30 ml ) tashkil qiladi.Yuqori haroratlarda esa (30 C va undan yuqori), ayniqsa og’ir ishlarni bajarganda organizmning terlashi juda ortib ketadi.Masalan issiq sexlarda, og’ir ishlarni bajarish natijasida terlash miqdori soatiga 1-1,5 litrga yetadi va bu miqdor terni bug’lanishi uchun 2500-3800 Kj (600-900 kkal ) issiqlik sarflanadi. Shuni aytib o’tish kerakki, terlash yo’li bilan issiqlik sarflash faqatgina tana yuzasida ter bug’langandagina amalgam oshadi. Terni bug’lanishi esa havoning harakatiga va nisbiy namligiga, kiygan kiyimining materialiga bog’liq. Isiqlik yo’qotish faqat terlash yo’li bilan amalgam oshirilayotgan sharoitida havoning nisbiy namligi 75-80 foizdan ortiq bo’lsa, terning bug’lanishi qiyinlashadi va organizm tashqi muhitga moslashuvi buzilishi natijasida issiqlik yuz berishi mumkin. Issiqlikning birinchi belgisi tana haroratining ko’tarilishidir. Kuchsiz issiqlash tana haroratining yengil ko’tarilishi, haddan tashqari ter chiqishi, kuchli suvsash, nafas olish va qon tomirlarning urishini tezlashishi bilan chegaralanishi mumkin. Agar kuchli issiqlash yuz bersa, unda nafas olish qiyinlashadi, qattiq bosh og’rig’i tutadi va bosh aylanadi, nutqi qiyinlashadi Tashqi muhitga moslashishning bu xildagi buzilishi va tana haroratining keskin ko’tarilishi issiqlik gepatermiyasi deb ataladi [5,14]. Issiqlashning ikinchi belgisi terlash natijasida inson oraganizmining ko’p miqdorda tuz yo’qotishi natijasida kelib chiqadi. Bu holat teri xujayralarida
55
tuzning kamayishi orqasida, terining suvni ushlab qolish qobiliyati susayganligidan kelib chiqadi. Ichilayotgan suv tinmay suv bo’lib chiqib ketganligi sababli, organism kuchli chanqoqlik sezadi, ichilgan suvning tezda chiqib ketishi chanqoqlikni yana kuchaytiradi va suv bilan zaharlanish holatini vujudga keltirishi mumkin. Bunda organizmning paylarida qaltirash paydo bo’ladi,kuchli terlash va qonning quyuqlanishi kuzatiladi. Bu holat qaltirash kasalligi deb yuritiladi. Keyin issiq urish vujudga keladi, tana harorati 40-41 C ga ko’tarilib, odam xushini yo’qotadi va qon tomirlarining urishi kuchsizlashadi. Bu vaqtda organizmdan ter chiqishi butunlay to’xtaydi, qaltirash kasali va issiq urish o’lim bilan tugashi mumkin. Sanoat korxonalarida olib botilayotgan gigienik chora-tadbirlar natijasida ishlab chiqarishsharoitida qaltirash kasalligi va issiq urish deyarli yo’qolib bormoqda. Issiq sexlarning hammasida organizn yo’qotgan tuzni tiklash uchun maxsus ichimliklar tashkil qilingan. Inson organizmga faqatgina yuqori harorat ta’sir ko’rsatib qolmasdan balki uzoq vaqt past harorat ta’sirida bo’lish ham asosiy fiziologik jarayonlarning buzilishiga, ish qobiliyatining susayishiga va organizmning kasallanishiga olib keladi. Past harorat ta’sirida qon tomirlari torayadi, uzoq vaqt ta’sir qilish natijasi esa kapilyar qon tomirlarining faoliyati buziladi (birinchi belgilari sifatida oyoq va qo’l panjalarining achishib og’rishi, quloq va burunning achishishini keltirish mumkin) shundan keyin butun organizmning sovuqqa qotishi seziladi . Tashqi nerv sistemalarining sovuq qotishi natijasida suyak sistemalarida radikulit, oyoq qo’l va bel bo’g’inlarida hamda paylarda revmatizm kasalligi, shuningdek plevrit, bronxit va boshqa shamollash bilan bog’liq bo’lgan yuqumli kasalliklar kelib chiqish mumkin. Odam organizmiga sovuqning ta’siri, ayniqsa havo harakati kuchli bo’lib,havoning nisbiy namligi yuqori bo’lgan vaqtda kuchli bo’ladi. Chunki, sovuq haroratdagi nam havo issiqlikni yaxshi o’tkazadi va konveksiya orqali issiqlik yo’qotishni kuchaytiradi [14]. Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik meyyorlari: 56
Ishlab chiqarish mikroiqlimi meyyorlari mehnat xavfsizligi standartlari sistemasi “Ish zonasi mikroiqlimi” bilan asosan belgilangan. Ular gigienik va texnik iqtisodiy negizlarga asoslangan. Sanoat korxonalari xonalarining xarakteri, yil fasllari va ish kategoriyasiga qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakatining ish joylari uchun ruxsat etilgan me’yorlari belgilangan. Ish kategoriyalari quyidagicha belgilanadi: yengil jismoniy ishlar (1- kategoriya)-o’tirib, tik turib yoki yurish bilan bog’liq holda bajariladigan, biroq muntazam jismoniy, zo’riqish yoki yuklarni ko’tarish talab qilmaydigan ishlar, energiya sarfi soatiga 150 kkal (172 J.s)ni tashkil etadi.Bunga tikuvchilik korxonasi, aniq asbobsozlik va shu kabi korxonalar kiradi. O’rtacha og’irlikdagi jismoniy ishlar (II-kategoriya)-soatiga 150-250 kkal (172-293 J.s) energiya sarflanadigan faoliyat turlari kiradi. Bunga doimiy yurish va o’g’ir bo’lmagan (10 kg gacha) yuklarni tashish bilan bog’liq bo’lgan ishlar kiradi. Masalan, yigiruv-to’qish ishlari, mexanik –yig’uv, payvandlash sexlaridagi ishlar shular jumlasidandir. Og’ir jismoniy ishlar (III-kategoriya) - muntazam jismoniy zo’riqish, xususan og’ir yuklarni (10 kg dan ortiq) muttasil bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish va ko’tarish bilan bog’liq ishlar kiradi. Bunda energiya sarfi soatiga 250 kkal (293 Js) dan yuqori bo’ladi. Bunday ishlar temirchilik, quyuv va boshqa qator sexlarda bajariladi. Shaxsiy kompyuterda ishlash jarayonidagi texnika xavfsizligi Kompyuter bilan ishlaganda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak: 1. Ishdan oldin: - ish joyini to’g’ri tashkil qilish; - kuchlanish kabellarini, ulovchi o’tkazgichlarni, rozetka, shtepsel vilkalarini sozligini tekshirish; - mashinani shunday o’rnatish kerakki, tebranish (vibrasiya) va chayqalish turlari bartaraf etish imkoni bo’lsin; 57
- mashinaning hamma bloklarini sozligini va kompyuterni butun ishga tayyorlik darajasini tekshirish; 2. Ish mobaynida: - kompyuterda begona shaxslarni ishlashiga yo’l qo’ymaslik; - begona buyumlarni mashinaning ishlayotgan bloklariga tushib qolmasligini nazorat qilib turish; 3. Ishdan sung: - ish joyini tartibga keltirish: Ish mobaynida quyidagilar taqiqlanadi: - kiyimning yuqori cho’ntaklarida begona metall
buyumlar, ayniqsa
o’zining tarkibida magnitlangan temirga
ega bo’lgan
buyumlarni saqlash; - malakasi ikkinchi toifadan past bo’lgan shaxslarni xonada bir o’zi ishlashi; - mashinaning tok oqib o’tadigan qismlariga teginish; - manbaga ulangan kompyuterdan platalarni olish va qo’yish, shuningdek ajralishli yoki bog’lanishli ulanishlarni ajratish yoki ulash; - tarmoqqa ulangan kompyuterning ustki qopqog’ini yechish; - axborotni tasvirlovchi modul (monitor) qopqog’ini ochish, chunki elektron —nur trubkaga yuqori kuchlanish beriladi; - ventilyasion tirqishlarni berkitish; - malakaviy mas’uliyatga ega
bulmagan foydalanuvchilarga kompyuterda paydo bo’lgan nosozliklarni sozlashga ruxsat berish; - boshqa nominalga ega bo’lgan saqlagichlarni ishlatish; - nosoz mashinalar bilan ishlash; - ish vaqtida uzoq tanaffuslarga mashinani yoqiq, holda tashlab ketish; Kiritish/chiqarish qurilmalari (monitor, klaviatura, va sichqoncha) ergonomik ekspluatasiya va sog’liqni asrash uchun mo’ljallangan. Shuningdek, kiritish/chiqarish qurilmalarini nosoz ishlashi, qo’lni noto’g’ri qo’yish yoki to’g’ri o’tirmaslik, uzoq vaqt uzluksiz klaviatura yoki sichqoncha orqali axborot kiritish inson tanasining zo’riqishiga va charchashiga olib kelishi mumkin. Ko’zni
58
zo’riqishiga, mushaklarda asab tizimini susayishiga, bo’g’imlarda og’riq paydo bo’lishiga ham sababchi bo’ladi. Bu holat quyidagi maslahatlarga amal qilinganda sezilarli darajada kamayishi mumkin. Ish joyida monitor shunday joylashishi kerakki, yorug’lik iloji boricha yuqoridan burchak ostida tushishi kerak. Monitor derazaga nisbatan yoni bilan turishi, ish stoli esa, yorituvchi qurilmalar orasida turishi kerak. Ko’zni zo’riqtiradigan, to’g’ri (ko’rish maydoniga tushayotgan yorug’lik manbai) va qaytgan (ekrandan qaytgan yorutlik) yorug’likdan iloji boricha himoyalanish kerak. Buning uchun ish joyini o’zgartirish kerak. Monitordagi tasvirning yoritilganligi, ravshanligi va kontrasti bajarilayotgan ishga va xonaning yoritilganligiga bog’liq holda sozlanishi kerak. Monitor, hujjatlar va klaviatura shunday joylashishi kerakki, ularni yorug’lik manbasiga nisbatan joylashganligiga bog’liq bo’lgan yuzalaridagi ravshanlik 1:10 nisbatdan oshib ketmasligi kerak (1:3 nisbat tavsiya etiladi). Klaviatura va sichqonchani shunday joylashtirish zarurki, ularning ekspluatasiyasida sezilarli kuchlanishlar paydo bo’lmasligi kerak. Klaviaturani tananing yuqori qismiga nisbatan parallel ravishda, sichqonchani esa, aynan klaviatura sathida joylashtirish kerak. Stol cheti bilan klaviatura orasi 5—10 sm bo’lishi kerak. Monitorni shunday joylashtirish kerakki, undagi tasvirni boshni yoki tanani burmasdan ko’rish mumkin bo’lsin. Monitorgacha bo’lgan masofa 70 sm dan oshmasligi zarur (optimal masofa 30 sm). Hujjatlashtirish qurilmalari va tez—tez ishlatib turilmaydigan texnik vositalar operatordan o’ng tomonda, maksimal erishish zonasida joylashtirish, aloqa vositalari esa chap tomonda o’ng qo’lni yozish uchun bo’sh qoldirish maqsadida joylashtirish tavsiya etiladi. Hujjatgacha bo’lgan masofa huddi monitor uchun mo’ljallangan masofadek bo’lishi kerak. Stol yoki stulning balandligi operatorning bo’yiga qarab moslashtiriladi. Stulning suyanchig’i umurtqa pog’onasini bel qismiga tegib turadigan va operator to’g’ri o’tira oladigan bo’lishi kerak. 59
O’tirganda oyoqlarning bukilgan burchagi 90° va undan yuqorini tashkil qilishi zarur. Axborot kiritish vaqtida qo’lning tirsakdan to kaftgacha bo’lgan qismi pol bilan parallel bo’lishi, yelkalar esa erkin holda bo’lishi kerak [14].
60
Ushbu bitiruv malakaviy ishda Signallarga spektrial ishlov berishning tezkor algoritmlari uchun dasturiy kompleksini yaratish va dasturini tahlil qilish, o’rganish va amaliyotga qo’llash bo’yicha masalalar qaraladi. Bitiruv malakaviy ishda qo’yilgan ushbu masalaning yechimini olish uchun qo’yidagilar amalga oshirildi: 1. Signallar va ularning xarakteristikalari, Signallarga raqamli ishlov berish va uning imkoniyatlari 2. Signallarning qo’llanilish sohalari 3. Diskret Fure almashtirish algoritmi va uning Teskari Diskret Fure almashtirish algoritmlari o‘rganildi. 4. Diskret Fure almashtirishning tezkor algoritmi(Kuli-Tyuki algoritmi) va uning teskari algoritmini o‘rganish hamda hisoblash grafigi qurildi . 5. Diskret Fure almashtirish va Tezkor Fure almashtirish algoritmlarining hisoblash qiyinchiligini tahlil qilindi. 6. Uolsh – Adamar keltirish algoritmi iva uning teskari algoritmlarini o‘rganildi. 7. Tezkor Uolsh-Adamar almashtirish va uning teskari algoritmini o‘rganildi hamda hisoblash grafigi qurildi. 8. Uolsh – Adamar keltirish algoritmi va Tezkor Uolsh-Adamar algoritmlarining hisoblash qiyinchiliklarini tahlil qilindi. 9. Xaara keltirish algoritmi va uning teskari algoritmini o‘rganildi. 10. Tezkor Xaara keltirish algoritmini va uning teskari algoritmini o‘rganildi hamda hisoblash grafigi qurildi. 11. Xaara keltirish algoritmi va Tezkor Xaara keltirish algoritmlarining hisoblash qiyinchiliklarini tahlil qilindi. 12. Yuqorida keltirilgan spektrial keltirish algoritmlarining dasturiy kompleksini yaratildi. Bugungi kunda real vaqt tizimlarida signallarni filtrlash, siliqlash, siqish va tanish masalalarini hisoblashda qo’llaniladigan spektrial keltirishlarning tezkor
61
algoritmlari tezkor Fur’e almashtirish, tezkor Xaara almashtirish, tezkor Uolsha - Adamar almashtirshlar o’rganiladi va dasturiy majmuasi telekommunikatsiya tizimlarida, radio-televedeniya, Multimediali masalalarni tezkor hisoblashda va signallarga va tasvirlarga raqamli ishlov berish fanlarini o’zlashtirishda talabalarga katta yordam beradi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling