O‘zbekiston avtomobil yo‘llarini umumiy tarmog‘I


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana20.11.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1788891
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1 slayd



O‘ZBEKISTON AVTOMOBIL 
YO‘LLARINI UMUMIY 
TARMOG‘I.


O'zbekistondagi jami avtomobil yo'llar tarmog'i 184 ming kilometrdan 
ziyod uzunlikda bo'lib, undan 42 ming 676 kilometri umumiy 
foydalanishdagi Avtomobil yo'llari, 116 ming 560 kilometri ichki 
xo'jaliklararo, qishloq, shahar va ovullarning Avtomobil yo'llariga to'g'ri 
keladi. 24 ming 750 kilometr esa idoraviy inspektorlik yo'llari tarmog'i 
hisoblanadi. 
MDH mamlakatlarida transport vositalarining umumiy soni 359720,4 
mingtani tashkil etadi va har yili ortib bormoqda, bu yo'llarni loyihalash, 
qurish, ekspluatatsiya, ayniqsa, og'ir va katta hajmli tovarlar, jumladan, 
avtomobillarning o'qga tushadigan yuklarini hisobga olishni talab 
qiladi. 
1991 yildan Hamdo'stlik davlatlari yo'llarni loyihalash, qurish va 
ekspluatatsiya bo'yicha milliy standartlarni ishlab chiqdilar, ularning 
xususiyatlari va iqtisodiy imkoniyatlarini aks ettirdilar hamda huquqiy 
bazaning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga oldilar. Natijada, hozirgi 
kunda Hamdo'stlik davlatlari yo'l standartlarida yo'l tasnifi, yo'l harakati 
xavfsizligini ta‘minlash, hisobiy yuklardan tortib to geometrik elementlar 
uchun mavjud standartlar bir biridan farq qiladi. 


Bu holat MDH davlatlari hududlaridan o'tuvchi davlatlararo va 
xalqaro yo'nalishlarning shakllanishiga salbiy ta‘sir ko'rsatadi. 
Bunday yo'nalishlar nafaqat zamonaviy og'ir transport vositalari 
uchun, balki xalqaro transport uchun ham o'ziga tortuvchi bo'lishi 
kerak. O'z navbatida, bu ko'p jihatdan yo'llarning texnik va 
ekspluatatsion darajasining o'xshashligi va rivojlangan dunyoda 
bunday yo'llarga qo'yiladigan talablarga mos kelishi bilan bog'liq. 
MDH ning deyarli barcha mamlakatlarida yo'llardagi transport 
vositalarining harakat jadalligi sezilarli darajada oshdi va transport 
vositalarining o'qlarga tushadigan yuklari ko'paydi. Natijada 
yo'llarni o'tkazish qobilyatini ta‘minlash muammosi yomonlashdi, 
yedirilishi tezlashdi. Ta‘kidlash lozimki, yo'llarda yo'l harakati 
xavfsizligi va yuqori tezlik bilan xarakat qilishni ta‘minlash bilan 
bir qatorda zamonaviy yo'l xizmati tuzilmasiga ega bo'lishi lozim.



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling