O‘zbekiston avtomobil yo‘llarini umumiy tarmog‘I
AVTOMOBIL YO‘LLARI TO‘G‘RISIDA
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
1 slayd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Document Outline
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va ularning xavfsizlik mintaqalaridan foydalanish O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 dekabrdagi 342-son qarori hamda “Avtomobil yo‘llari va yo‘l servisi obektlarini joylashtirish uchun ajratiladigan yer maydonlarining normalari” ShNQ talablari asosida amalga oshiriladi. Ajratilgan mintaqadagi yer uchastkalari atrof-muhitni muhofaza qilish va harakat xavfsizligi qoidalari talablarini ta'minlash sharti bilan servis obektlarini joylashtirish uchun vaqtincha foydalanishga belgilangan tartibda berilishi mumkin. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega: umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridan muttasil, yil davomida, xavf-xatarsiz, erkin va qulay sharoitlarda harakatlanish; avtomobil yo‘l sharoitlari to‘g‘risidagi barcha axborotlarni olish; avtomobil yo‘llaridagi nosozliklar tufayli yetkazilgan zararni belgilangan tartibda undirib olish; avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalariga asosan belgilangan tezlikda harakatlanish; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarning majburiyatlari: O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi, “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar hamda yo‘l harakati qoidalariga amal qilish; avtomobil yo‘li va undagi sun'iy inshootlarga ziyon yetkazmaydigan, harakat xavfsizligi talablariga javob beradigan, texnik jihatdan soz mashina va transport vositalaridan foydalanish; avtomobil yo‘lini va ajratilgan mintaqani ifloslantirmaslik va ularga shikast yetkazmaslik; Avtomobil yo‘lining elementlari shikastlanishiga yo‘l qo‘yganda belgilangan tartibda shikastlangan elementlarni va ularni tiklash ishlari qiymatini qoplash; avtomobil yo‘llarida va yo‘l inshootlarida harakat xavfsizligiga zid nosozliklar va buzilishlar haqida yaqindagi yo‘l tashkilotlari yoki ichki ishlar organlariga zudlik bilan xabar berish; avtomobil yo‘lidan uy hayvonlarini olib o‘tishda, uy hayvonlari aravalarini avtomobil yo‘li bo‘ylab harakatlanish vaqtida yo‘l harakati qoidalarining ushbu ishtirokchilarga taalluqli bandlariga qat'iy rioya qilish; avtomobil yo‘lidan piyodalarni avtomobil yo‘li bo‘ylab harakatlanish vaqtida yo‘l harakati qoidalarining ushbu ishtirokchilarga taalluqli bandlariga qat'iy rioya qilish; Avtomobil yo‘lidan bir sathda harakatlanuvchi boshqa turdagi transport vositalari (temir yo‘l transporti, tramvay, trolleybus)ni avtomobil yo‘li bo‘ylab harakatlanish vaqtida yo‘l harakati qoidalarining ushbu ishtirokchilarga taalluqli bandlariga qat'iy rioya qilish; Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar yuklatiladi. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga tutash bo‘lgan yer uchastkalarining mulkdorlari (foydalanuvchilari): Avtomobil yo‘liga qo‘shiladigan va shoxobcha yo‘llarni texnikaviy jihatdan soz holatda saqlashlari; Ajratilgan mintaqadagi dov-daraxtlarni asrash va saqlashga ko‘maklashishlari; avtomobil yo‘liga tutash butalarni parvarish qilishlari va imoratlarni soz holatda saqlashlari; avtomobil yo‘llarida uy hayvonlarining harakatlanishini oldini olishga qaratilgan choralarni ko‘rishlari; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga tutash bo‘lgan yer uchastkalarida qurilish, rekonstruksiya ishlarini amalga oshirishdan oldin tegishli yo‘l tashkilotlaridan texnik shart olishlari lozim; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘liga tutash yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari va ulardan foydalanuvchilar avtomobil yo‘li o‘qidan 50 metrdan kam bo‘lgan masofada toshlar, shox-shabba, konstruksiyalar va boshqa materiallar to‘planishiga yo‘l qo‘ymasliklari shart. Document Outline
Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling