O‘zbekiston avtomobil yo‘llarini umumiy tarmog‘I
Xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari – O‘zbekiston Respublikasining
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
1 slayd
Xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari – O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro shartnomalariga muvofiq xalqaro avtomobil yo‘llari tarmog‘iga kiradigan yo‘llardir; davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari – O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari va tumanlarining ma'muriy markazlari, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar, madaniyat hamda sanoat markazlari o‘rtasida transport qatnovini ta'minlaydigan, mazkur markazlarni esa, xalqaro ahamiyatga molik yo‘llar bilan, aeroportlar, temir yo‘l stansiyalari, portlar va kema to‘xtash joylari, shuningdek qo‘shni davlatlar bilan bog‘laydigan yo‘llardir; mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari – tumanlarning ma'muriy markazlarini shaharchalar, qishloqlar va ovullar bilan, shuningdek davlat ahamiyatiga molik yo‘llar bilan bog‘laydigan yo‘llardir. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va ularga ajratilgan mintaqalarda harakat xavfsizligining ta'minlanganligi va to‘g‘ri tashkil etilganligi, harakat xavfsizligi talablariga zid kamchiliklar va noqonuniy qurilishlar bo‘lmasligi, mahalliy hokimliklar, Qurilish vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari, yo‘l tashkilotlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari Qo‘mita tarkibidagi viloyat yo‘l tashkilotlari va korxonalari ixtiyorida bo‘lib, ularni ta'mirlash va saqlash ushbu yo‘l tashkilotlari va korxonalari tomonidan amalga oshiriladi. Temir yo‘llarni kesib o‘tish joylarini, osma ko‘priklarni, parom kechuvlarini, tramvay yo‘llarini hamda avtomobil yo‘llaridagi boshqa inshootlarni ta'mirlash va saqlash mazkur inshootlar qaysi yuridik shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘li va yo‘l inshootlarini joylashtirish uchun ajratilgan mintaqa avtomobil yo‘li yerlaridir. Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘li va u egallab turgan yer davlat mulki hisoblanadi. Avtomobil yo‘llarining toifalari “Avtomobil yo‘llari” ShNQga asosan toifalanadi va 5 ta toifaga bo‘linadi. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari uchun xavfsizlik mintaqasi, yo‘llarning toifalari bo‘yicha qurilish uchun ajratilgan yer tasmasi chegarasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yo‘llarida xavfsizlikni ta'minlash va tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 342-son qarori hamda “Avtomobil yo‘llari va yo‘l servisi obektlarini joylashtirish uchun ajratiladigan yer maydonlarining normalari ” ShNQ talablaridan kelib chiqib belgilanadi. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘li va u egallab turgan mintaqa yerlariga, avtomobil yo‘l poyi egallab turgan yer, transport chorrahasi, yo‘l o‘tkazgich, sun'iy inshootlar, karerlar, yo‘lga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning xizmat va yotoq binolari, mintaqadagi dekorativ daraxtlar, buta va boshqa daraxtlar, yo‘l infrastrukturasiga kiruvchi inshootlar yerlari kiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling