Mustaqilligimiz tufayli milliy an’ana va qadriyatlarimiz tiklanib bormoqda. Ajdodlarimizning ma’naviy me’rosini , qadimiy qo’lyozmalarni o’rganish uchun arab yozuviga asoslangan eski o’zbek yozuvini bilish hozirgi zamon talabidir.
O’tmishda o’tgan buyuk bobokalonlarimizni
bizga qoldirgan ilmiy
va madaniy me’roslarini biz o’rganishimiz va o’rgatishimiz
ham farz, ham qarzdir. Ular juda ko’p
va bebaho , aksariyatlari sobiq ittifoq davrida yurtimizdan olib chiqib ketilgan bo’lib ayni paytda Davlatimiz tomonidan Xalqaro hamjamiyat va mutasaddi tashkilotlar bilan kelishilgan holda ajdodlarimiz qalamiga mansub bo’lgan ilmiy me’roslarni nusxalarini yurtimizga olib kelinmoqda. Xorijiy mamlakatlar muzeylarida shuningdek Fransiyaning “Luvr” muzeyi, Sankpeterburgning “Ermitaj” muzeyi, Misrning “Iskandariya” kutubxonasida va boshqa joylarda saqlanayotgan yurtimizga tegishli durdona asarlar mavjud. Ularni yurtimizga qaytarishda yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning sayi xarakatlari bilan amalga oshirilmoqda.
Bundan tashri UNESCO xalqaro tashkiloti ro’yxatidagi vatanimizning har bir tarixiy me’moriy obidalari va maqbaralari peshtoqidagi yozilgan Xattotlik san’ati namumalarini o’rganilib ular haqida alohida albomlar chop etilmoqda. Bulardan maqsad shuki milliy ma’naviy me’roslarimizni asrab avaylash va ularni kelajak avlodga bus butun yetkazishdir.