O‘zbekiston bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi


Mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash va


Download 152.83 Kb.
bet51/55
Sana24.03.2023
Hajmi152.83 Kb.
#1292050
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
pul bank 123

Mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash va
bozor mexanizmlari samaradorligini oshirish lozim.
Tijorat banklarining xo‘jalik subyektlariga kreditlarni
berishda, mijozlarning naqd pullarga bo‘lgan talabini
qondirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bularning
barchasi banklarning iqtisodiyotdagi rolini yanada oshirish
lozimligidan dalolat beradi.Banklarning iqtisodiyotdagi rolini oshishi yoki
pasayishiga nafaqat ularning sayi harakatlari, balki milliy
iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi va
raqobatbardoshligi bevosita ta’sir qiladi. Chunki, banklar
milliy iqtisodiyotdan ajralgan holda, alohida subyekt
sifatida samarali faoliyat yuritishi mumkin emas.

Markaziy banklarning vujudga kelishi
Mamlakat bank tizimining asosiy bo‘g‘ini Markaziy
bank hisoblanadi. Markaziy bank bevosita mijozlarga bank
xizmatlarini ko‘rsatmaydi, ayrim davlat tashkilotlari
bundan mustasno. Barcha mamlakatlarda Markaziy
banklarning bajaradigan vazifalari va funksiyalari deyarli
bir xil bo‘lib, ular turli mamlakatlarda turli nomda
yuritilishi mumkin. Xususan, hozirgi kunda, bizga
ma’lumki, dunyoning turli mamlakatlarida ushbu banklar
“markaziy bank”, “xalq banki”, “emission banki”, “milliy
banki”, “zaxira banki”, “davlat banki” tarzida yuritiladi.
Masalan, AQShda Federal zaxira tizimi, Angliyada
Angliya banki, Yevropada Yevropa Markaziy banki,
O‘zbekistonda Markaziy bank, Qozog‘istonda Milliy bank va
hokazo. Markaziy banklarning vujudga kelish tarixiga
e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ular mamlakatda pul
muomalasini tartibga solib turuvchi moliyaviy muassasa
sifatida vujudga keldi.Ma’lumki, dastlabki banklar, yanada aniqroq qilib
aytadigan bo‘lsak, tijorat banklari mustaqil ravishda qog‘oz
pullarni emissiya qilgan. Har bir tijorat banki muomalaga
o‘zining “banknota”larini (bank bileti) chiqarishgan. Oldingi
bo‘limdan ma’lumki, banknota bu ushbu bankning unda
ko‘rsatilgan mablag‘larini xohlagan vaqtda real pulga
almashtirib berilishini kafolatlovchi majburiyati
hisoblanadi.


Download 152.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling