O‘zbekiston bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi


Valyuta va depozit siyosati


Download 152.83 Kb.
bet55/55
Sana24.03.2023
Hajmi152.83 Kb.
#1292050
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
pul bank 123

Valyuta va depozit siyosati. Markaziy bank valyuta
siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta kursining
xorijiy mamlakatlar valyutasi kursiga bo‘lgan nisbatining
barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. Markaziy bank
o‘zining vakolati doirasida hukumat bilan hamkorlikda
davlatning valyuta munosabatlari bo‘yicha siyosatining
asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Mamlakatda valyuta
siyosatining joriy va kelgusi davrdagi holati yuzasidan
rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi. Bularning ichida
eng asosiylari sifatida mamlakatning to‘lov balansi,
hukumatning valyuta munosabatlari bo‘yicha ichki va
tashqi pul-kredit siyosati va milliy valyutaning chet el
valyutasiga nisbatan kursini aniqlashning tartibini
ta’kidlash mumkin.Markaziy bank valyuta siyosatini olib borishda quyidagi
asosiy vazifalarni bajaradi:Vakolatli tijorat banklarining o‘zlari va mijozlarinomidan chet el valyutalarini sotish va sotib olishning
miqdorini, ya’ni ochiq valyuta pozitsiyalarini belgilaydi.

Muomala uchun zarur bo‘lgan naqd pullar
miqdorini aniqlash asoslari
Naqd pul muomalasini tartibga solishning asosiy
vazifasi, bu – muomalaga chiqarilishi yoki olinishi lozim
bo‘lgan naqd pul miqdorini aniqlashdan iboratdir. Ushbu
vazifa muomala uchun zarur naqd pul mablag‘lariga
bo‘lgan talabni aniqlash orqali amalga oshiriladi.
Ma’lumki, naqd pullar kichik hajmdagi chakana va
uyushmagan savdo hamda naqd pulli xizmatlar uchun
to‘lovlarda qo‘llaniladi. Yoki, naqd pul aylanmasining
umumiy pul aylanmasidagi ulushi yuqorida ko‘rsatilgan
naqd pulli to‘lovlarning jami to‘lovlardagi ulushi bilan
aniqlanadi.Demak, naqd pulga bo‘lgan talab umumiy pul
massasiga bo‘lgan talabning bir qismidir. Lekin, umumiy
pul massasiga nafaqat tovarlar va xizmatlar hajmi, balki
pulning aylanish tezligi va bank foiz stavkalarining darajasi
ham ta’sir etadi.
Download 152.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling