O‘zbekiston bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi


Download 152.83 Kb.
bet48/55
Sana24.03.2023
Hajmi152.83 Kb.
#1292050
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55
Bog'liq
pul bank 123

jihatidanemission, tijorat, investitsion, ipotekali va
jamg‘arma banklar sifatida tasniflanadi. Emission banklar
mamlakat iqtisodiyotiga pullarni emissiya qilish,
shuningdek, kredit muassasalari faoliyatini tartibga solish
va pul-kredit siyosatini amalga oshirish bilan
shug‘ullanadi. Bunday vazifani hozirgi paytda mamlakat
Markaziy banklari bajaradi. Markaziy banklar bevosita
mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatmaydi va tijorat
faoliyati bilan shug‘ullanishi ta’qiqlanadi.
Tijorat banklari mamlakat bank tizimi va kredit
muassasalari tarkibidagi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
moliyaviy muassasalar hisoblanadi. Ular banklar bajarishi
mumkin bo‘lgan barcha operatsiyalarni bajaradi.
Investitsion banklarning asosiy faoliyati passiv
operatsiyalari natijasida shakllantirgan moliyaviy
mablag‘larini asosiy ulushini qimmatli qog‘ozlarga
investitsiya qilishdan iborat bo‘ladi. Mamlakatda
investitsion banklar faoliyat yuritishi uchun qimmatli
qog‘ozlar bozori rivojlangan va yetarli darajada investitsion
muhit yaratilgan bo‘lishi lozim.

Banklar bajaradigan operatsiyalarining tabiati
jihatidanuniversal va ixtisoslashgan banklarga bo‘linadi.
Universal banklar banklar bajaradigan barcha
operatsiyalarni bajaradi. Bunga misol sifatida tijorat
banklarini keltirish mumkin. Ixtisoslashgan banklar esa
iqtisodiyotning ma’lum tarmog‘iga xizmat ko‘rsatish va shu
tarmoqni rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi.
Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillarida qator
ixtisoslashgan banklar (O‘zmevasabzavot, Zaminbank,
Yengilsanaot, G‘allabank, Paxtabank) tashkil etildi. Milliy
iqtisodiyotning rivojlanishi va bozor munosabatlarining
chuqurlashuvi natijasida ushbu banklar universal
banklarga aylantirilib, bir-biriga qo‘shib yuborildi yoki
universal tijorat banklariga aylantirildi.


Download 152.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling