O‘zbekiston bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi


tajribasi va undan O‘zbekiston amaliyotida ijodiy


Download 152.83 Kb.
bet45/55
Sana24.03.2023
Hajmi152.83 Kb.
#1292050
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55
Bog'liq
pul bank 123

tajribasi va undan O‘zbekiston amaliyotida ijodiy
foydalanish imkoniyatlari
Rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida kredit
bahosini shakllantirish bankning jalb qilingan resurslari
qiymati, kredit riski darajasi, kredit amaliyoti xarajatlari,
Markaziy bankning pul-kredit siyosati, kreditga bo‘lgan
talab va taklif, raqobat kabi omillar tahliliga asoslanadi.
Rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida kredit bahosini
belgilash turli bosqichlarda va chuqur tahlillar asosida olib
boriladi. Chunki kredit bahosini bunday chuqur tahlil
qilishdan asosiy maqsad bank kredit operatsiyalarining
samaradorligiga erishish va bankning strategik
maqsadlarini amalga oshirish hisoblanadi.

Qiymat plyus” modeli. Tijorat banklarida kredit


bahosi shakllanishining oddiy modeli “Qiymat plyus” bo‘lib,
bunda bank tomonidan jalb qilinadigan mablag‘lar va
kredit amaliyoti bo‘yicha bankning operatsion xarajatlari
hisobga olingan holda kredit bahosi shakllantiriladi.
Mazkur model bo‘yicha kredit bahosining shakllanishida
quyidagi komponentlar hisobga olinadi va ularning
yig‘indisi sifatida umumiy qiymat aniqlanadi:
– bank uchun qarz oluvchini kreditlash maqsadida jalb
qilingan mablag‘lar qiymati;
bank operatsion xarajatlari, shu jumladan kredit
boshqarmasi xodimlarining oylik ish haqlari, kreditni
rasmiylashtirish, hisobvaraq ochish, kredit monitoringi va
kreditni so‘ndirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar;
– bajarilmasligi mumkin bo‘lgan majburiyatlar riski
darajasiga to‘lov (bankning risk ustamasi);
– kredit bo‘yicha bank marjasi yoki bankning oladigan
minimal daromadi.

Baho yetakchiligi” modeli. “Qiymat plyus” modelida


keltirilgan kamchiliklar kredit bahosini shakllanishining
boshqa bir modelini, ya’ni “Baho yetakchiligi” (baho
liderligi) modelining paydo bo‘lishiga olib keldi. 1930
yillardagi buyuk depressiya davrida AQShning eng yirik
banklari “Praym-rayt” (gohida u bazaviy yoki ma’lumot
stavkasi deb ataladi) nomi bilan mashhur bo‘lgan kreditlar
bo‘yicha unifikatsiyalashgan foiz stavkasini hamda qisqa
muddatli kreditlar bo‘yicha kreditga layoqatliligi yuqori
ishonchli mijozlarga taklif qilinadigan eng past stavkani
o‘rnatish tartibini joriy etdilar.

Qiymat–foyda” modeli asosida kredit stavkasini


o‘rnatish. AQShda bank amaliyotida tijorat banklarining
barcha xarajatlarini va kreditlash faoliyatida yuzaga
keladigan risklarni qoplay oladigan hamda bank uchun
yetarli daromadni ta’minlaydigan kredit bahosi
shakllanishining murakkab modellari ishlab chiqilib
amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Shunday modellardan biri
“Qiymat–foyda” modeli hisoblanadi. Bu modelga muvofiq,
bank zarur moliyaviy resurslarni jalb qilishi, kreditlash
amaliyoti xarajatlarini qoplashi va natijada yetarli foydaga
erishishi ko‘zda tutiladi.
“Qiymat–foyda” modeli bo‘yicha kredit foizini belgilash
alohida amaliy ko‘rsatkichlar asosida hisob-kitob qilib
ko‘rsatilgan.
Tijorat banklarida mijozlarni toifalarga ajratish va unga
mos ravishda kredit bahosini shakllantirish bir qator
afzalliklarga ega:
- birinchidan, tijorat banklari yirik mijozlarini
kreditlash kichik kredit kreditlarga nisbatan kam xarajatli
bo‘lib, yuqori daromad keltirishni ta’minlaydi;


Download 152.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling