O‘zbekiston bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi


Download 152.83 Kb.
bet42/55
Sana24.03.2023
Hajmi152.83 Kb.
#1292050
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55
Bog'liq
pul bank 123

Bank kreditikreditning eng rivojlangan shakli bo‘lib,
ushbu kredit tijorat banklari tomonidan vaqtincha bo‘sh
pul mablag‘larni jalb qilish hisobiga, qo‘shimcha moliyaviy
resurslarga ehtiyoj tug‘ilgan yuridik va jismoniy shaxslarga
beriladi. Kreditning shakllari tarkibida bank krediti asosiy
ulushga ega bo‘lib, jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul
mablag‘lar asosan banklarda jamlanadi. Buning natijasida,
banklar ushbu mablag‘lar hisobidan foyda topish
maqsadida, ularni iqtisodiyotning turli sohalariga bank
krediti shaklida joylashtiradi.
Bank kreditining boshqa kredit shakllariga qaraganda
afzalliklari juda ko‘p bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyekt
istagan paytda va miqdorda kredit olish uchun bankka
murojaat qilishi mumkin. Bank krediti pul shaklida
namoyon bo‘ladi, shu bois bu sharoitda kreditning obyekti
bo‘lib pul kapitali hisoblanadi. Bank krediti qarz oluvchiga
pul shaklida berilishi tufayli tijorat kreditining hajmini
chegaralashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Pul shaklida olingan
kredit qarz oluvchi tomonidan korxona ishlab chiqarish
faoliyatining istagan jarayoniga yo‘naltirish imkoniyatini
beradi.

Ist’emol (ipoteka) krediti asosan aholiga yashashi
uchun zarur bo‘lgan buyumlarni (uy, mashina, televizor,
muzlatgich, mebel va boshqalar) olishga beriladi. Iste’mol
krediti pul va tovar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Pul
ko‘rinishidagi iste’mol krediti bank muassasalari
tomonidan jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar
asosida savdo tashkilotlarining hisobiga o‘tkazib beriladi.
O‘zbekistonda keyingi yillarda iste’mol krediti
hisoblangan ipoteka krediti juda tez sur’atlar bilan
rivojlanib bormoqda. Ipoteka krediti iqtisodiyotning
markazlashgan tuzumi sharoitida mavjud bo‘lmagan. Bu
holat o‘sha davrda nashrdan chiqqan lug‘atlarda ham
e’tirof etilgan. Xususan, 1988 yilda mamlakatimizda
nashrdan chiqqan O‘zbekiston sovet ensiklopediyasida
ipotekaga “Ipoteka (yun), uzoq muddatli kredit olish uchun
ko‘chmas mulk (yer, imoratlar)ni garovga qo‘yish.
Sotsialistik mamlakatlarda yo‘q.”57, deb ta’rif berilgan. Agar
ushbu ta’rifning “sotsialistik mamlakatlarda yo‘q” degan
jumlasiga e’tibor qaratadgan bo‘lsak, haqiqatda ham
markazdan rejalashtirish tuzumi sharoitida ushbu kredit
turining amal qilmaganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin.


Tijorat krediti – kreditning boshqa turlariga nisbatan
tarixan juda qadimda paydo bo‘lgan. Uning vujudga kelishi
bevosita tovarlarni ishlab chiqarish va ularning
realizatsiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Tijorat
kreditining obyekti bo‘lib – savdo kapitali hisoblanadi.
Tijorat krediti sotuvchi tomonidan sotib olingan
tovarlarning to‘lovini ma’lum muddatga kechiktirish orqali
amalga oshiriladi. Xalqaro bank amaliyotida ushbu
kreditni vekselli kredit sifatida ta’kidlaydi. Veksel tijorat
kreditining “quroli” hisoblanib, asosan barcha tijorat
kreditlari veksel yordamida amalga oshiriladi. Bunda sotib
oluvchi korxona sotuvchidan olgan tovarlar yoki ko‘rsatgan
xizmatlari uchun unga vekselni taqdim etadi. Veksellar
odatda ma’lum muddatlarga (3 oy, 6 oy va 12 oy) sotib
oluvchi tomonidan chiqarilgan bo‘lib, ushbu muddatdan
kechiktirmasdan qo‘shimcha foiz to‘lovlari bilan to‘lanishi
lozim.


Download 152.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling