O‘zbekiston bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi


Kreditning funksiyalari va tamoyillari


Download 152.83 Kb.
bet40/55
Sana24.03.2023
Hajmi152.83 Kb.
#1292050
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55
Bog'liq
pul bank 123

Kreditning funksiyalari va tamoyillari
Kreditning mohiyati uning funksiyalarida yanayam
yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Kreditning funksiyalari turli
iqtisodiy adabiyotlarda turlicha va miqdorda keltiriladi.
Ayrim adabiyotlarda iqtisodchi–olimlar kreditning
funksiyalarini beshta ekanligigini ta’kidlashsa47,
ayrimlarida uning funksiyalari ikkitadan iboratligi
ta’kidlanadi48.
Iqtisodchi – olimlarning kredit funksiyalari haqidagi
fikrlariga, shuningdek, kreditning tovar–pul munosabatlari
va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi ishtirokiga tayangan
holda, uning qayta taqsimlash (1), muomala jarayonini
tezlashtirish (2), pullarni muomalaga chiqarish va
naqdlashtirish (3) hamda pul kapitalini jamg‘arish va
markazlashuvini jadallashtirish (4) funksiyalarini
bajarishini ta’kidlash mumkin.
Kreditning funksiyalari ichida qayta taqsimlash
funksiyasi asosiy funksiyalardan biri hisoblanadi. Kredit
ushbu funksiyasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarining
taqsimlangan daromadlarining vaqtinchalik
foydalanilmagan qismini tegishli fondlarga jalb qiladi. Jalb
qilingan mablag‘lar iqtisodiyotning qo‘shimcha resurslarga
ehtiyoji mavjud tarmoqlariga qayta taqsimlanadi.

Kreditning shakllari va turlari
Iqtisodiy adabiyotlarda, iqtisodchi olimlar va
mutaxassislar tomonidan kreditning turlari va shakllari
xususida turlicha fikr yuritiladi va talqin etiladi. Masalan,
O‘zbekistonlik olima, professor Sh.Abdullaeva kreditning
shakllari xususida aniq fikrlarni bayon etmagan bo‘lsada,
uning turlarini “qisqa muddatli kreditlash” va “uzoq
muddatli kreditlash”dan iborat ekanligini ta’kidlaydilar50,
xuddi shuningdek, rossiyalik iqtisodchi olimlar ham kredit
shakllari bo‘yicha turlicha fikrlarni ilgari suradilar. Shu
bois, ushbu paragrafda kreditning turlariga atroflicha
to‘xtalishga qaror qildik.
Kreditning turlari asosan uning mohiyatini aniqroq
tushunish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, ta’kidlash
joizki, kreditning nafaqat turlari va shakllari o‘rtasida,
balki tasniflanishi ham ulardan ajralgan holda o‘rganilishi
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Kredit an’anaviy ravishda qator belgilarga qarab
tasniflanishi mumkin. Xususan, kredit qarzdor va kreditor
toifasi bo‘yicha (1), kreditni taqdim etish muddatiga qarab
(2) va kreditni berish shakllariga (3) qarab tasniflanadi.


Download 152.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling