O‘zbekiston bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi


Download 152.83 Kb.
bet43/55
Sana24.03.2023
Hajmi152.83 Kb.
#1292050
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55
Bog'liq
pul bank 123

Xalqaro kredit bu mamlakatlar, banklar, yuridik
shaxslar tomonidan boshqa mamlakatlarga, banklarga,
kompaniya va tashkilotlarga beriladigan kreditdir. Bu –
xalqaro iqtisodiy aloqalar doirasida pul kapitalining valyuta
va tovar moddiy qimmatliklari ko‘rinishida qaytarishlik,
muddatlilik va to‘lovlilik asosida beriladigan harakatidir.
Xalqaro kreditning subyektlari sifatida ikkita mamlakat,
turli davlatlarning yuridik yoki jismoniy shaxslari
maydonga chiqadi.
Xalqaro kreditning subyektlari mulkiy shakliga qarab
davlat, aralash mulk va shaxsiy mulklarga guruhlanadi.
203
Xalqaro kreditlar kreditor mamlakatning milliy valyutasida
yoki uchinchi mamlakatning valyutasi (AQSh dollari,
evro)da berilishi mumkin.

Kredit bahosi va uning funksiyalari
Kredit bahosi kreditorning ssudadan foydalanganligi
uchun qarzdordan oladigan foiz to‘lovi yoki foiz stavkasi
bo‘lib, moliya-pul bozoridagi talab va taklif asosida bank
tomonidan o‘rnatiladi64. Kredit foiz stavkasining quyi va
yuqori chegarasi bo‘lib, uning yuqori chegarasi kreditdan
foydalanish natijasida olinadigan o‘rtacha foyda miqdoridir.
Kredit foiz stavkasining quyi chegarasi bankning kredit
berishdan olishi mumkin bo‘lgan minimal foydasi
hisoblanadi. Chunki foiz stavkasi quyi chegarasining
bo‘lmasligi mablag‘ egalarining mablag‘larni
joylashtirishidan manfaatdor bo‘lmasligini anglatadi.
Banklarda kredit bahosi darajasiga jalb qilingan
mablag‘lar bahosi, kredit amaliyoti bo‘yicha bankning
operatsion xarajatlari, kredit riski bo‘yicha ustama va
bankning marjasi ta’sir ko‘rsatadi. Banklar faoliyatida
kredit marjasini ko‘p uchratish mumkin. Iqtisodiy
adabiyotlarda kredit marjasi bankdan yoki kredit
muassasidan olgan kredit summasi va uni qaytaradigan
summasi o‘rtasidagi farqi sifatida ifodalanadi.


Download 152.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling