O‘zbekiston bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi


Denominatsiya va nullifikatsiyaning mohiyati


Download 152.83 Kb.
bet37/55
Sana24.03.2023
Hajmi152.83 Kb.
#1292050
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55
Bog'liq
pul bank 123

Denominatsiya va nullifikatsiyaning mohiyati
hamda ularni qo‘llash tartibi
Denominatsiya o‘z mohiyatiga asosan milliy pul
birligidagi ortiqcha nollarni olib tashlab muomalaga yangi
pullarni chiqarishdan iborat. Denominatsiya usulida
Rossiya (3 dona nolni olib tashladi) va Turkiya (liradan 6
dona nolni olib tashladi) xukumatlari foydalanishdi.
Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib
turish o‘z mohiyatiga asosan mamlakatda mahsulotlar,
bajarilgan ishlar, ko‘rsatiladigan xizmatlarga bo‘lgan narxnavolarni
o‘sib borishini cheklash va pul tizimini
barqarorlashtirish maqsadida davlat tomonidan aniq
chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Ushbu choratadbirlar
ikki yo‘nalishda olib boriladi:

Deinflyatsion siyosat. Ushbu siyosat mamlakatda
pulga bo‘lgan talabni pul-kredit va moliya mexanizmlari
yordamida tartibga solib turiladi. Deinflyatsion siyosat
davlat xarajatlarini qisqartirish, kreditlar uchun foiz
stavkalarini oshirish, soliq yukini kuchaytirish (soliqlar
soni va ularni foiz stavkalarini ko‘tarish) va pul massasini
cheklashni o‘z ichiga oladi. Shuni ta’kidlash lozimki,
deinflyatsion siyosat mamlakatdagi iqtisodiy o‘sishni
sekinlashuviga sabab bo‘ladi.


Daromadlar siyosati. Ushbu siyosat olib borishda
davlat tomonidan mahsulotlar, ko‘rsatilgan xizmatlar,
bajarilgan ishlarga bo‘lgan narx-navo va ish haqi ustidan
birdaniga nazorat yuritiladi hamda ularni o‘sishini ma’lum
chegarasi o‘rnatiladi yoki butunlay “muzlatib” qo‘yiladi.
Daromadlar siyosati o‘z mohiyatiga ko‘ra qat’iy siyosat
hisoblanadi va u aholi o‘rtasida norozilikni kelib chiqarishi
mumkin. Lekin inflyatsiya bilan kurashishda ayrim
mamlakatlarda daromadlar siyosatidan foydalaniladi.
Xalqaro amaliyotda rivojlanayotgan mamlakatlarda
inflyatsiyaga qarshi kurash olib borish tajribasida biz
ta’kidlab o‘tgan ikki yo‘nalishdan oqilona birgalikda
foydalanilgan.


Download 152.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling